Get Mystery Box with random crypto!

TARIXLAR SARASI

Telegram kanalining logotibi sara_tarix — TARIXLAR SARASI T
Telegram kanalining logotibi sara_tarix — TARIXLAR SARASI
Kanal manzili: @sara_tarix
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.98K
Kanalning ta’rifi

🌐 Tarixiy maʼlumotlar
📸 Noyob fotosuratlar
📽️ Kamyob tarixiy videolar
✏️ Oʻzbekiston va jahon tarixiga oid eng sara faktlar
❗Post koʻchirilsa, manba (@sara_tarix) koʻrsatilsin!
Реклама: @qitmirda_reklama
Loyihamiz: @qitmir_hazil

Ratings & Reviews

4.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 24

2022-08-29 15:14:05
Mendan keyin xalifalik o‘ttiz yil

Safina roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni: “Mendan so‘ng xalifalik o‘ttiz yildir. Undan keyin podshohliklar bo‘ladi”, deb aytayotganlarini eshitdim. Abu Bakr xalifaligi ikki yil, Umarning xalifaligi o‘n yil, Usmon roziyallohu anhuning xalifaligi o‘n ikki yil va Ali roziyallohu anhuning xalifaligi olti yil davom etdi, dedi. Roviylar sanadidagi Ali ibn Ja'd: Hammod ibn Salamadan: Oxirgi so‘zni Safina aytganmi? deb so‘radim, dedi. Hammod: Ha, deb javob berdi.
Arab xalifaligi 632-1258-yillarda mavjud bo‘lgan.
Choryor xalifalar davri:
Abu Bakr Siddiq 632-634-yillar
Umar ibn Xattob 634-644-yillar
Usmon ibn Affon 644-656-yillar
Ali ibn Abu Tolib 656-661-yillar
Umaviylar 661-750-yillar
Abbosiylar 750-1258-yillar

@SARA_TARIX
2.0K viewsedited  12:14
Ochish/sharhlash
2022-08-28 12:20:12
Namozdagi holatlarning jismoniy foydalari:

Qiyom - Tik turish:

Beldagi og‘riqlarni 25%

Tizzalardagi og‘riqlarni 52% kamayishi.

Kaftdagi og‘riqlarni 32% kamayishi.

Oyoq barmoqlaridagi og‘riqlarning 22% kamayishi.

Rukuʼ holati:

Beldagi og‘riqlarni 18% kamayishi.

Toz bo‘g‘imlaridagi og‘riqlarni 31% kamayishi.

Tizzadagi og‘riqlarni 63% kamayishi.

Kaftdagi og‘riqlarni 32% kamayishi.

Oyoq barmoqlaridagi og‘riqlarning 22% kamayishi.

Sajda holati:

Beldagi og‘riqlarni 24% kamayishi.

Kaftdagi og‘riqlarni 27% kamayishi.

Oyoq barmoqlaridagi og‘riqlarning 13% amayishi.

Tizzadagi og‘riqlarni 53% kamayishi.

Bilaklardagi og‘riqni 28% kamayishi.

Qaʼda holati:

Beldagi og‘riqlarni 37% kamayishi.

Oyoq barmoqlaridagi og‘riqlarning 17% kamayishi.

Tizzadagi og‘riqlarni 53% kamayishi.

Namozning asl foydasi esa Allohning roziligiga erishib, Jannatga yetmoqdir.

Manba: islom.uz

@SARA_TARIX
4.0K viewsedited  09:20
Ochish/sharhlash
2022-08-28 06:13:49 ​​HURRIYAT

1955 yil Amerika Qo‘shma Shtatlarida tikuvchi qora tanli ayol Roza Parks ishdan uyga qaytish uchun avtobusga mindi. Unda bo‘sh joy topib o‘tirdi. Birozdan so‘ng bir oq tanli kishi kelib undan turib joy berishini talab qildi. O‘sha paytda Amerika qonunlari ommaviy joylarda qora tanli kishilar oq tanli kishilarga joy berishini taqozo qilar edi.
  Roza bu qonunga xilof qilishga qaror qildi. O‘rnini bo‘shatmadi. Bu esa millionlab qora tanlilarning boshidan qiyinchiliklar ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi.
  Avtobusda oq tanlilar to‘polon ko‘tarishdi. Haydovchi avtobusni to‘xtatdi. Ammo Roza o‘rnidan turmadi. Bir necha daqiqadan so‘ng polisiya keldi. Uni mahkamaga olib ketishdi. Unga jarima belgilashdi. U esa to‘lashdan bosh tortdi. Uni qamoqda qoldirishdi.
   Qora tanli kishilar jamoa transportlariga minishdan bosh tortishdi. 381 kun jamoa transportlariga biror-bir qora tanli minmadi. Natijada 1956 yilda Vashingtondagi oliy mahkama jamoa transportlarida irqiy kamsitilishlarni man qildi. 1964 yilda esa umuman irqiy ajratishlar bekor qilindi.
   Bitta ayol o‘zining saboti bilan tarix yo‘nalishi o‘zgartirib yubordi.
  Roza Parks 2005 yilda vafot etganida Amerika prezidenti Bill Klinton shunday degan edi:
  "U oddiygina birovga joy bermasligi ila bizga hurriyat nima ekanini o‘rgatdi".

Abdulqodir Polvonov

@SARA_TARIX
4.2K views03:13
Ochish/sharhlash
2022-08-27 20:09:27
Kapital shou "Pole chudes" televizion oʻyini gʻoliblari uchun sovgʻalar. Rossiya, 1991-yil.

@SARA_TARIX
3.3K views17:09
Ochish/sharhlash
2022-08-27 16:32:46
Bo‘riday g‘ajirdim byurokratizmni.
Har xil mandatlarga yo‘q menda ixlos.
Qog‘ozbozlikni yo‘q ko‘rgali ko‘zim.
Qurib ketmaydimi har qanday qog‘oz!

Mayakovskiy

@SARA_TARIX
3.7K viewsedited  13:32
Ochish/sharhlash
2022-08-27 05:26:53 Kunlardan bir kuni ustoz o‘quvchi ayollarga:
— Ey qizlarim, bugun men sizlar bilan savol-javob tariqasida bir aqlni sinovchi o‘yin o‘ynamoqchiman. Agar orangizda kim birinchi bo‘lib bunda qatnashmoqchi bo‘lsa, iltimos, doskaga chiqsin!- deya ularni bilimini sinamoqchi bo‘ldi.
Bir payt o‘quvchi ayollardan biri o‘z xohishi bilan doskaga chiqadi. Shunda ustoz doskaga chiqqan o‘quvchi ayolga:
— Senga yaqin bo‘lgan yigirmata insonni doskaga yoz!- deydi.
Shunda o‘sha ayol birma-bir o‘ziga yaqin insonlarni doskaga yoza boshlaydi.
— Otam, onam, turmush o‘rtogim, bolalarim, aka-ukalarim, opa-singillarim, tog‘am, ammam, xolam, qo‘ni qo‘shnilar...,- xullas yigirmata insonni misol qilib yozadi.
— Endi bu yigirmatasini ichidan ikki kishini o‘chirgin!- deydi ustoz.
Shunda o‘sha ayol ikki kishini bu ro‘yxatdan o‘chiradi. Shunda ustoz:
— Endi qolganlar ichidan yana to‘rt kishini o‘chirgin!- deydi.
Shunday qilib birma-bir o‘chiraverib doskada faqat to‘rt kishini ismini qoldiradi. Bular: ota, ona, turmush o‘rtoq va farzandlar...
Shunda butun sinf jimjit bo‘lib, bu hech qanday o‘yin emasligini anglagancha o‘ylanib qolishadi. Shunda ustoz:
— Yana ikki kishini shu ro‘yxatingdan o‘chir!- deya buyruq beradi.
Shunda o‘quvchi ayol qaysi birini o‘chirishga ikkilanib turardi. Ko‘z yoshlari bilan ota-onani bu ro‘yxatdan o‘chiradi. O‘chiradi-yu ko‘z yoshlarini tiyib turolmasdan o‘ksib yig‘lab yuboradi. Buni kuzatib turgan boshqa ayollar ham xayolida nimalarnidir o‘tkazgancha ustozni keyingi savolini kutib turishadi. Doskada esa turmush o‘rtok(er) va farzand yozilgan turardi, xolos. Shunda ustoz:
— Qani, yana bir kishini bu ro‘yxatdan o‘chirgin!- deya buyruq beradi.
Shunda bu ayol yanayam qattiqroq yig‘lay boshlaydi. Ustoz esa bu holatga parvo qilmasdan:
— Men senga yana bir kishini bu ruyxatdan o‘chirgin dedim!- deya gapini takrorlaydi.
Shunda ayol doskaga yaqinlashib ming bir o‘ksik yig‘i bilan o‘z farzandlarini bu ruyxatdan o‘chiradi. Doskada esa yolg‘iz turmush o‘rtog‘i (er) ismi qoladi. Keyin ustoz unga:
— Qani, menga aytchi, ota-onang seni dunyoga keltirdi, ne-ne azoblar bilan katta qildi, lekin sen ularni ismlarini o‘chirding. Va oxirida senga aziz bo‘lgan farzandingni ismini ham o‘chirding. Oxir-oqibat yolg‘iz turmush o‘rtog‘ingni (erni) tanlading. Buni qanday izohlaysan? - deya undan so‘radi.
Ayol o‘quvchi esa ko‘z yoshlarini ro‘moliga artib, shunday javob berdi.
— Ota-ona - bu Allohning takdiri, kuni kelib ular vafot etadilar. Farzandlar esa katta bo‘lgach uylanishadi, turmushga chiqishadi. Va oyoqqa turgach turli bahonalar bilan mendan uzoqlashadi. Men bilan bir umr birga qoladigan inson bu meni turmush o‘rtog‘im (erim) , - deya javob berdi.
Uning bunday javobini hech kim kutmagandi.

@SARA_TARIX
4.2K views02:26
Ochish/sharhlash
2022-08-26 09:07:25
90-yillarning musiqalari sadosi ostida toʻgʻri raqsga tushish.

Kim qanday oʻynagan?

@SARA_TARIX
4.1K views06:07
Ochish/sharhlash
2022-08-26 04:57:59 Buyuk kemasoz har xil kemalar yasabdi. Qaysidir kema ulkan baquvvat, qaysidir kema o‘rtamiyona, qaysidir kema kichik va nafis...
Kemalarni yasab bitirgan kemasoz kuchli va baquvvat kemalarini to‘fonli va shovqin dengizga.
O‘rtamiyona kemalarni o‘rtacha to‘lqinli dengizga va nimjon, nafis kemalarini esa eng tinch, eng kichik shovqinsiz tinch dengizlariga suzmoq uchun yo‘llabdi...
Buyuk kemasoz ALLOHDIR!!
Yasagan kemalari siz va biz aziz dindosh!!!
Hayot ummoningiz kuchli to‘fondan va har xil sinovlardan tashkil topayotgan bo‘lsa demak siz KEMASOZNING KUCHLI, BAQUVVAT KEMASISIZ!!

Unutmang, Yaratgan toqatingizdan ortig‘iga taklif qilmas.
Demak, siz kuchlisiz. Barcha sinovlarni yengib o‘tib baxt sohiliga omonlikda yeta olasiz.

@SARA_TARIX
4.5K views01:57
Ochish/sharhlash
2022-08-25 15:33:38
Birinchi suvosti kemasi boshqaruv panelining fotosuratlari. 1918-yil.

@SARA_TARIX
4.0K views12:33
Ochish/sharhlash
2022-08-25 04:43:40 DONO AYOL

Er qo‘pol tarzda
ayoliga:
- Og‘aynilarim bilan birga tushlik qilgani boraman. Senga biron nima kerakmi? - dedi.
Ayol:
- Yaxshi, lekin kech qolmang. Elektr uzilib qoladi, - dedi.
Uning bu gapidan hayron qolib:
- Senga kim aytdi, uni uzilib qolishini? - dedi.
Ayol:
- Men aytyabman... Uydan chiqishingiz bilan, hamma joy qorong‘u bo‘lib qoladi. Uyga kirishingiz bilan hamma joy yorishadi nurga to‘ladi, - dedi.
Ayolning gapidan kayfiyati ko‘tarilgan erning, uydan chiqishi bilan, qaytishni zavq bilan kuta boshladi...

Darhaqiqat «So‘zda sehr bor», deydilar...

@SARA_TARIX
4.6K views01:43
Ochish/sharhlash