Get Mystery Box with random crypto!

TARIXLAR SARASI

Telegram kanalining logotibi sara_tarix — TARIXLAR SARASI T
Telegram kanalining logotibi sara_tarix — TARIXLAR SARASI
Kanal manzili: @sara_tarix
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.98K
Kanalning ta’rifi

🌐 Tarixiy maʼlumotlar
📸 Noyob fotosuratlar
📽️ Kamyob tarixiy videolar
✏️ Oʻzbekiston va jahon tarixiga oid eng sara faktlar
❗Post koʻchirilsa, manba (@sara_tarix) koʻrsatilsin!
Реклама: @qitmirda_reklama
Loyihamiz: @qitmir_hazil

Ratings & Reviews

4.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 19

2022-09-25 06:13:40 “Har bandaga halol, Musulmonga harom”

Bir paytlar Ahmad Bursada (Turkiya) chashma qurdiribdi va “Har bandaga halol, Musulmonga harom” degan yozuv yozdirib qo‘yibdi.

Tabiiyki, bu voqeaga “nima bu fitna” deb Usmoniylar aralashibdi.



Odamlar yig‘ilib qoziga shikoyat bilan borishibdi. Ahmadni tutib qozining yoniga olib kelishibdi. “Nega fitna chiqarayapsan? Dini islom, aholisi musulmon bo‘lgan katta davlatda sen “savob bo‘ladi” deb chashma qurdiribsan, lekin chashmadan suv ichishni musulmonlarga taqiqlab qo‘yibsan. Esing joyidami seni? Nega bunday qilding” deyishibdi unga. Ahmad:

- Ruxsat bersangizlar, sababini aytaman. Lekin sababi isbot talab qiladi, dalil bo‘lishi shart” desa, qozining jahli chiqib:

- Qanaqa dalil, qanaqa isbot? Sen fitna chiqarding. Musulmon aholi kayfiyatiga putur yetkazding. Qatling vojibdir” debdi. Lekin boshqa tomondan qozining qiziqishi ortib:

- Nimaga bunday qilding, deb so‘rabdi.

- Sababini faqatgina Sultonimga aytaman, degan javob berilgach, yana g‘ala-g‘ovur ko‘tarilibdi. Bo‘lgan voqea Sulton qulog‘iga yetib boribdi. Chashma qurdirgan Ahmadni saroyga keltirishibdi. Sultonning jahli chiqibdi, boshqa tomonidan qiziqishi ustunlik qilibdi.

- Gapir, nima demoqchisan? Bu nimasi bo‘ldiki, sen ham chashma qurdirasan, ham har bandaga halol, musulmonga harom deb ëzdirasan?

- Dalilim bor, ammo isbot talab qiladi, debdi boshini egib turgan Ahmad.

- Agar sen aytayotgan dalil quvvatli bo‘lmasachi?

- Agar unday bo‘lsa, boshim sizning hukmingiz qo‘l ostida.

- Xo‘sh...

“Sultonim, har qanday bir sinagogdan (yahudiylar ibodatxonasi) duch kelgan ravvinni hech qanday tushuntirishlarsiz olib kelishsin. Bir hafta qamoqda saqlang. Nimalar bo‘lishini ko‘ring”.

Ahmadning aytganini qilishibdi. Kamchilik bo‘lgan yahudiylar birlashib “Nima bo‘layapti? Nima bu zulm? Ravvin uchun biz kafilmiz. Nima qilish kerak bo‘lsa, aytinglar, qilamiz. Uning aybi yo‘q. Kerak bo‘lsa, pul to‘laymiz...” deb chiqishibdi. Hatto qo‘shni davlatlardan elchilar kelibdi, maktub ustiga maktub. Bir haftadan keyin Ahmad:

- Sultonim, endi ravvinni qo‘yib yuboravering, debdi. Ravvin qo‘yib yuborilibdi, yahudiylar xursand. Sultonga har qayerdan tashakkurnomalar, sovg‘alar.

“Ayni shu ishni har qanday cherkovdan bitta rohibni olib kelib qiling”, debdi Ahmad. Bir rohibni xuddi shu tarzda turib kelishibdi. Rohib bilan ham shunday holat: talablar, noroziliklar, nima bu zulm deyishlar. Bir haftadan keyin rohib qo‘yib yuborilibdi. Xursandchilik, Sultonga tashakkurnoma va sovg‘alar.

Sulton “Bo‘ldimi, tugadimi” debdi Ahmadga.

- Sultonim, yana bitta ish qoldi. Keyin hukm chiqarsangiz bo‘ladi.

- Xo‘sh, nima istaysan yana?

- Sultonim, poytaxt ahli eng yaxshi ko‘radigan olimni minbardan olib qo‘ying”.

Ahmadning aytganini qilishibdi. Eng katta markaziy masjidning imomini ayni Juma xutbasining o‘rtasida olib ketishibdi. Ollohning bir bandasi chiqib “Nima bo‘layapti? Nima qilayapsizlar? Hech bo‘lmasa xutbani tugatguncha kutib tursangizlar bo‘lmaydimi?” deganga o‘xshash gap aytmabdi, hech kim imomni so‘rab surishtirmabdi. Oradan bir hafta o‘tibdi. Imom qayerda, ahvoli nima bo‘ldi, deb hech kim kelmabdi. Hamma xursand. Buning ustiga odamlar orasida qo‘lga olingan imom haqida mish-mishlar tarqab ketibdi. 

- Biz uni odam deb o‘ylab, imom deb yurgan ekanmiz.

- Kim bilsin qanday gunoh qildi ekan bu imom.

- E voh, shuncha payt bilmasdan orqasida namoz qilib yurgan ekanmiz.

Bo‘lib o‘tgan voqealardan Sulton ham, qozi ham xabardor. Sulton Ahmaddan so‘rabdi:

- Xo‘sh, nima qilamiz endi?

- Imomni qo‘yib yuboramiz va undan uzr so‘raymiz.

“To‘g‘ri aytasan” debdi sulton. Imom qo‘yib yuborilibdi. Ahmad Sultonga qarab debdi:

- Ey Sultonim, o‘zingiz ayting, bunday musulmonlarga suv halol qilinadimi?

Sulton achchiq tabassum qilib:

- Bularga hattoki, havo harom, havo, debdi.

@SARA_TARIX
1.9K viewsedited  03:13
Ochish/sharhlash
2022-09-24 18:44:33
Yuriy Nikulin narda oʻynayapti. Boku. 1968-yil.

@SARA_TARIX
1.1K views15:44
Ochish/sharhlash
2022-09-24 15:33:50
Amir Temur darvozasi. Jizzax viloyati. 1968-yil.

@SARA_TARIX
1.8K views12:33
Ochish/sharhlash
2022-09-24 11:31:01
Gitler va generallar 1941 yilda "semiz Gustav" qurolini tekshirishmoqda. Uning og‘irligi 1344 tonna bo‘lgan. Snaryadining og‘irligi 12300 kilogramm. Qurol to'rt qavatli uyning balandligida edi, kengligi 6 metr va uzunligi 42 metr edi. Snaryadni barreldan chiqarib yuborish uchun 1360 kilogramm og'irlikdagi tutunsiz porox ishlatilgan. Otish uzoqligi 45 kilometr.

@SARA_TARIX
2.4K views08:31
Ochish/sharhlash
2022-09-24 11:00:45
Velotsiraptor o'z hayoti davomida 2000 dan ortiq dinozavrlarni o'ldirgan.

Dinozavrlar siz o'ylagandan ham qo'rqinchliroq bo’lgan. Yura davri dunyosi kanalida bir guruh paleontologlar bu jonzotlar qanday qonli vahshiylik qilganliklarini aniq ko'rsatadi va so’zlab berishadi.

Obuna bo'ling, lekin ogoh bo'ling: ko'rganlaringiz sizni hayratda qoldirishi mumkin
2.2K views08:00
Ochish/sharhlash
2022-09-24 10:26:47
Toriq ibn Ziyod

711-yilda 7000 kishilik qoʻshini bilan Gibraltar boʻgʻozini kesib oʻtgan arab sarkardasi Tariq bin Ziyod Ispaniyaga qoʻnishi bilanoq kemalarga oʻt qoʻydi va shu bilan askarlarining qaytish umidini buzdi. U o‘z askarlariga shunday tarixiy so‘zlarni aytdi: “Ortingizda dushmandek dengiz, oldingizda dengizdek dushman. Qayerga qochib ketasiz? Allohga qasamki, senga faqat sadoqat va sabr qoladi. Dushmanning qurol-yarog‘i, texnikasi va ta’minoti juda ko‘p. Sizda faqat qurol sifatida qilich va ozuqa sifatida dushman qo'lidan olajagingiz bordir".

@SARA_TARIX
2.3K viewsedited  07:26
Ochish/sharhlash
2022-09-24 05:15:52 Qur’oni karim

Muhammad (s.a.v) Qur’on oyatlarini Jabroildan qabul qilar, boshqa musulmonlar u kishidan eshitib, yodlab olardilar. Yozishni biladigan odamlar, jumladan, Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali, Zayd ibn Sobit, Ubay ibn Ka’b xurmoning po‘stlog‘i, yapaloq tosh, katta suyak, teri va shunga o‘xshash
narsalarga Qur’onni yozib borganlar. Payg‘ambarimiz hayotlik chog‘ida yana vahiy tushib qolar, degan umidda Qur’on jamlab kitob shakliga keltirilmagan. Payg‘ambarimizning vafotidan keyin Qur’on kishilarning xotirasida va yozgan narsalarida qoldi. Zayd ibn Sobit, Umar ibn Xattob va boshqalar Qur’oni karimni puxta yod bilishlariga qaramay, bu ishning ishonchli bo‘lishiga harakat qilib, masjidda: «Kimning qo‘lida yozilgan Qur’on bo‘lsa va uni Payg‘ambardan tinglaganiga ikkita guvohi bo‘lsa, bizga olib kelsin, Qur’onni jam qilishga xalifaning buyrug‘i bo‘ldi», deb e’lon qildilar. Ular masjidda o‘tirib, guvohlarni tekshirib, nihoyatda aniqlik bilan 1 yildan ortiq vaqtda Qur’on sahifalarini jamladilar. So‘ng ko‘pchilikka ko‘rsatdilar, hamma rozi bo‘ldi. Shunday qilib, Zayd va Umar mashaqqatli urinishlardan keyin Qur’onni kiyik terisidan ishlangan sahifalarga yozib, Abu Bakrning uyiga qo‘ydilar.

@SARA_TARIX
1.4K viewsedited  02:15
Ochish/sharhlash
2022-09-23 19:08:17
Yapon qilichlari

Qadimgi yapon qilichlari katana deyiladi. Ular samuraylarning asosiy quroli bo‘lgan. Qilichlar chap tomonga taqilgan va samuraylarning o‘zlari ham yo‘lning chap tomonida yurgan. 1942-yilgi Nankin qirg‘inida yaponlar qilich bilan o‘q otar quroldan ko‘ra ko‘proq odam o‘ldirgan. Ikkinchi jahon urushidan keyin Yaponiya AQSH tomonidan egallandi. 1945-1953 yillarda Yaponiyada qilich yasash va u bilan bog'liq jang san'atlari taqiqlangan edi. Ko‘p qilichlar musodara qilinib, yo‘q qilindi, temirchilar tirikchilik qila olmadilar. 1953-yildan boshlab yapon temirchilariga ishlashga ruxsat berildi, ammo qattiq cheklovlar bilan: temirchilar litsenziyaga ega bo'lishi va besh yillik shogirdlik kursidan o'tishlari kerak va faqat litsenziyaga ega ustalarga yapon qilichlarini ishlab chiqarishga ruxsat berilgan, har biriga oyiga faqat ikkita qilich yasashga ruxsat etiladi.

@SARA_TARIX
2.0K viewsedited  16:08
Ochish/sharhlash
2022-09-22 05:40:57
XX asrning eng mashhur kishilari: Uinston Cherchill, Adolf Gitler, Lev Tolstoy, Benito Mussolini, Sergey Yesenin, Iosif Stalin, Albert Eynshteyn va Vladimir Leninlarning ovozlari jamlangan videotasma.

@SARA_TARIX
3.2K views02:40
Ochish/sharhlash
2022-09-21 16:45:07
Futbol fanati koʻzoynagini urib sindirayotgan politsiyachi. Belfast, 1971-yil.

@SARA_TARIX
3.4K views13:45
Ochish/sharhlash