Get Mystery Box with random crypto!

DONO AYOL Er qo‘pol tarzda ayoliga: - Og‘aynilarim bilan birg | TARIXLAR SARASI

DONO AYOL

Er qo‘pol tarzda
ayoliga:
- Og‘aynilarim bilan birga tushlik qilgani boraman. Senga biron nima kerakmi? - dedi.
Ayol:
- Yaxshi, lekin kech qolmang. Elektr uzilib qoladi, - dedi.
Uning bu gapidan hayron qolib:
- Senga kim aytdi, uni uzilib qolishini? - dedi.
Ayol:
- Men aytyabman... Uydan chiqishingiz bilan, hamma joy qorong‘u bo‘lib qoladi. Uyga kirishingiz bilan hamma joy yorishadi nurga to‘ladi, - dedi.
Ayolning gapidan kayfiyati ko‘tarilgan erning, uydan chiqishi bilan, qaytishni zavq bilan kuta boshladi...

Darhaqiqat «So‘zda sehr bor», deydilar...

@SARA_TARIX