Get Mystery Box with random crypto!

TARIXLAR SARASI

Telegram kanalining logotibi sara_tarix — TARIXLAR SARASI T
Telegram kanalining logotibi sara_tarix — TARIXLAR SARASI
Kanal manzili: @sara_tarix
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.98K
Kanalning ta’rifi

🌐 Tarixiy maʼlumotlar
📸 Noyob fotosuratlar
📽️ Kamyob tarixiy videolar
✏️ Oʻzbekiston va jahon tarixiga oid eng sara faktlar
❗Post koʻchirilsa, manba (@sara_tarix) koʻrsatilsin!
Реклама: @qitmirda_reklama
Loyihamiz: @qitmir_hazil

Ratings & Reviews

4.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 20

2022-09-21 06:09:05 TAROZI


Bir kuni faqirona kiyingan, ma’yus bir ayol sabzavot do‘koniga kirdi. Do‘kon soxibiga tortinibgina yaqin bordi va eri og‘ir xastalik tufayli biror ishga yaramay, to‘shakka yotib qolgani, yetti bolasi borligi, ularning ochlik azobidan qiynalayotganini aytdi.
Sotuvchi unga ters qarab:
- Ey, tilanchi xotin, darxol do‘konni tark et! - dedi.
Ayol esa bolalarining yemak yeyishga extiyoji borligini aytib yolvorgancha:
- Iltimos, janob, bolalarimni qornini to‘ydirib, odamlarning eshigiga ishlagani jo‘nataman.
Ular pul olib kelgan zaxoti qarzingizni qaytaraman, - dedi.
Do‘kondor ayolning iltijolariga parvo qilmay, uni tanimasligi, doimiy xaridorlaridan emasligini aytib iltimosini rad etdi.
Shu payt do‘kon tashqarisida turgan bir mijoz sotuvchi bilan ayol o‘rtasida bo‘layotgan suxbatni eshitib qoldi va ichkariga kirib do‘kondorga:
- Bu ayolga so‘ragan narsalarini ber, men kafil bo‘laman, qarzini qaytaradi, - dedi.
Uning gapiga ko‘ra sotuvchi ayolga qaradi-da, istamaygina:
- Oladigan narsalaringni ro‘yxat qilganmisan? - deya so‘radi.
Ayol tasdiq ma’nosini berib bosh irg‘adi.
- Unday bo‘lsa uni tarozining bir pallasiga qo‘y-da, ikkinchi pallasiga o‘zing oladigan narsalarni qo‘y. Ro‘yxat qog‘ozingni vazniga teng narsalarni beraman, - dedi.
Ayol bir muddat turdi-da, boshini quyi egib choponining cho‘ntagidan bir qog‘oz parchasi olib tarozining bir pallasiga qo‘ydi.
Shu payt do‘kondor va kafil mijozning ko‘zlari xayratdan katta-katta ochildi.
Tarozining tosh qo‘yiladigan pallasi qog‘oz parchasining og‘irligidan cho‘kib ketgandi.
Do‘kondor kafil mijozga qarab ezg‘in tovushda:
- Ishonmayman...
Ishoniladigan xolat emas... - dedi.
Tarozining maxsulot qo‘yiladigan pallasi keragidan ortiq narsalar bilan to‘ldi.
Do‘kondor va’daga binoan ayol olgan xamma yeguliklarni xaltaga joylab, qo‘liga tuqazdi.
Zudlik bilan nimalardir yozilgan qog‘ozni qo‘liga oldi-da, o‘qidi.
Unda xarid qilinadigan maxsulotlar ro‘yxati emas, quyidagi so‘zlar yozilgandi:
“Allohim! Nimaga extiyojim borligini yolg‘iz O‘zing bilasan.
Shuning uchun o‘zimni Senga taslim etaman.
O‘zingga tavakkal, O‘zing omonat bergan bolalarimning rizqini yetkaz!”.
Do‘kondor tosh kabi qotdi-qoldi.
Ayol unga tashakkur aytib, do‘kondan chiqdi.
Ayolning xaridiga kafillik qilgan mijoz bir dasta pulni do‘kondorga berdi va “Qaytimi kerak emas” dedi. Mijoz do‘kondan chiqib ketayotib tarozi pallalarining singaniga ko‘zi tushdi.
Nima sababdan tarozi pallasi singani va duoning kuchi neqadar zalvorli ekani yolg‘iz Allohgagina ma’lum edi...

Turk tilidan Umida Adizova tarjimasi

@SARA_TARIX
3.9K views03:09
Ochish/sharhlash
2022-09-20 09:53:43
= belgisining paydo boʻlishi.

Matematik tenglik belgisi tarixi 16-asrda yashagan Robert Rekordga aloqador. 1557-yilda qayd etilgan ma'lumotlarga ko'ra, uzunligi teng va bir-biriga parallel bo'lgan ikkita segment eng yaxshi matematik tenglikning mohiyatini aks ettiradi.

@SARA_TARIX
3.6K viewsedited  06:53
Ochish/sharhlash
2022-09-20 05:16:47 Bir kishi uylandi. U ayolini juda yaxshi ko‘rar, ardoqlar edi. Kutilmaganda ayolda g‘alati kasallik boshlanibdi. Butun badaniga husnbuzar va yaralar toshib, avvalgi chiroyidan asar ham qolmabdi. Dard borgan sari avj olibdi. Kasallik boshlangan vaqtda er safarda ekan. U qaytayotganida  falokat yuz berib, ko‘zi jarohatlanibdi, ko‘rmay qolibdi.
Shu alfozda er-xotin 40yil birga hayot kechirishibdi. Vaqti-soati yetib, ayol vafot etibdi. Er bir umrlik hamrohini, vafodor, itoatli xotinini yo‘qotganidan qattiq xafa bo‘libdi. 
Ayolni dafn etishgach, barcha 
tarqalibdi. Er ham o‘z uyiga  ketmoqchi bo‘libdi. Shunda 
yonidagi do‘sti: 
– Qayoqqa ketyapsan? – deb so‘rabdi. 
– Uyimga, – javob beribdi er. 
– Qanday qilib ketasan, axir birov yetaklamasa, yo‘lingni topolmaysan-ku! 
– Mening ko‘zlarim ochiq, – 
debdi er. – Faqat shuncha yil  o‘zimni shu holga solib yurdim. Ayolimning kasali oqibatlari meni shunday yo‘l tutishga majbur qildi. U juda yaxshi ayol edi, kasalligidan xabardorligimni bilsa, butun umr qimtinib, o‘ksinib yashardi. Qalbini yaralagim kelmadi. “Erim xunukligimni bilmaydi- 
ku,” deya xotirjam yashashi uchun shunday yo‘l tutgandim. U qirq yil kasalligini umuman o‘ylamay, o‘ksimay yashaganidan xursandman.

@SARA_TARIX
3.7K views02:16
Ochish/sharhlash
2022-09-19 14:16:04
Grigoriy Ivanovich Kotovskiy - rus inqilobichisi, sovet harbiy va siyosiy arbobi, Rossiyadagi fuqarolar urushi qahramoni.

P.s: Yoshligimizda sochimizni taqir qilib oldirsak, Kotovskiy kalla deyishiga sababchi shu odam...

@SARA_TARIX
4.5K views11:16
Ochish/sharhlash
2022-09-19 06:50:28 Kunlarning birida podshohga ikkita burgut polaponlari sovg‘a qilindi. Podshohga burgutchalar juda yoqibdi va ularni yaxshi parvarish qilish uchun maxsus odamlarni tayinlabdi. Har kuni burgutlarning parvoz qilishini sabrsizlik bilan kuta boshlabdi.
Va nihoyat burgutlarning bittasi ucha boshlabdi. O‘z parvozi bilan samolarni quchibdi. Podshohni esa uchmayotgan ikkinchi burgut tashvishga solardi.
Nega uchmayapti ekan a?
Saltanatdagi barcha ovchilar va tabiblarni yig‘ib burgutni uchmayotgani sababini aniqlash va burgutchani parvoz qilishini amalga oshirish haqida topshirma beribdi. Lekin barcha urinishlar zoye ketib, burgut baribir uchmabdi…
Dono vazir podshohga saroydagi bog‘bonni bu ishga jalb qilishni maslahat solibdi. Bog‘bonga vaziyatni tushuntirib podshohning topshirig‘ini yetkazishibdi. Bog‘bon burgut yashayotgan bog‘ tomon yurib ketibdi. Birozdan so‘ng samoda ikkinchi burgut ko‘rinibdi. U qanotlarini qoqib bog‘ uzra mag‘rur parvoz qilibdi.
Podshoh quvonch bilan bog‘bondan so‘rabdi:
- Sen topshiriqni a’lo tarzda bajarding, endi aytchi, xech kim uddalay olmagan ishni qanday uddalading?
Bog‘bon tabassum bilan:
- Podshohim, men deyarli xech narsa qilmadim.
Bor yo‘g‘i burgut qo‘nib turgan shohni kesib tashladim, burgut esa noiloj ucha boshladi…
Hayotingizdagi to‘siq va muammolarni yenga olishingizga o‘zingizga ishonch yo‘q bo‘lsa xech qachon ularni yengga olmaysiz, bir umr shohda “qo‘nib” o‘tiraverasiz...

@SARA_TARIX
4.0K views03:50
Ochish/sharhlash
2022-09-18 17:24:46
"Times" gazetasi rasmiy veb-sayti arxivlarida 1904-yilgi nashrning skanerlangan sahifasi mavjud bo'lib, unda Port-Arturdan turib berilgan muxbirning eslatmasi mavjud.

Eslatmadan parcha:


Rus askarlari "youb tvoy mat" deb g'azablangan qichqiriqlar bilan qarshi hujumga o'tishdi va yana bir marta yaponlar hujumini qaytarishdi. Hujumdan so'ng men rus zobitidan "youb tvoy mat" so'zlari nimani anglatishini so'radim, u shunday javob berdi: "Biz podsho va vatan uchun o'lamiz!"

@SARA_TARIX
3.7K viewsedited  14:24
Ochish/sharhlash
2022-09-18 16:09:45
Бир куни Россия президенти Путин ҳайдовчисига:
- Бугун сен мени ўрнимга ўтир, машинани ўзим ҳайдайман, машина минмаганимга ҳам анча бўлди, деб ўзи машинани минибди. Шофёри орқа уриндиққа ўтирибди.
Путин светофорда Россиядаги энг кучли мафия боссини машинаси орқасидан бориб уриб қўйибди. Шунда мафиознинг жаҳли чиқиб, югурдагига:
- Бор, билиб келчи, қайси аҳмоқ экан!? деса, бир оздан кейин югурдаги ранги оқарган ҳолда мафиозни олдига келиб:
3.3K views13:09
Ochish/sharhlash
2022-09-18 16:07:42
Bo‘lajak Buxoro amiri Sayid Olimxonning Peterburgdagi ta'limi vaqtida olingan fotosurat. 1889-yil.
Valiahd bo‘lganligidan 7 yillik ta'lim 3 yilda tugatilgan.

@SARA_TARIX
3.2K views13:07
Ochish/sharhlash
2022-09-18 10:51:54
Qahva ichish uchun oʻlim jazosi

Usmonlilar imperiyasini 1623-1640-yillarda idora qilgan 17-sulton Murod IV endigina aholi orasida urfga kira boshlagan qahva ichish odatini xavfli nutqlar va fikrlarni uyg‘otadi, ijtimoiy me’yorlarni yo‘q qiladi va hatto qo‘zg‘olonlarga ham hissa qo‘shadi, deb hisoblay boshlagan.

Shuning uchun, 1633-yilda u jamoat joylarida qahva ichish o'lim bilan jazolanishini e'lon qiladi. Afsonaga ko'ra, kechasi u bu jinoiy faoliyatda qo'lga olinganlarni joyida qatl etish uchun shaxsan o'zi katta qilichi bilan Istanbul ko'chalariga chiqib turgan ekan.

Murod, darvoqe, mamlakatda tamaki, afyunni ham man qilgan, barcha tavernalarni (qovoqxonalar) yoptirib tashlagan.

@SARA_TARIX
3.3K views07:51
Ochish/sharhlash
2022-09-18 05:50:14 Bir odam tog‘dan burgutning tuxumini topib uni tovuqning tagiga qo‘yibdi. Burgut tuxumdan chikib tovuqning jo‘jalari bilan yashab ulg‘aya boshlabdi. Burgut xuddi tovuqlarday yashardi, ularday yerda yurar, axlatlarni, yerni titib, kavlab chuvalchang, don-dunlarni topib yer edi.

Oradan bir yilcha vaqt o‘tdi, u bilan birga ochib chiqqan tengdosh jo‘ja xo‘rozlar qichqira boshlashdi. Bir kuni u ham bo‘ynini baland ko‘tarib qichqirmoqchi bo‘lgan edi osmonda mag‘rur, qanotlarini keng yozib uchayotgan ulkan bir qushga ko‘zi tushdi. Hayratini yashira olmay ulkan qushga xavas bilan uzoq tikilib qoldi, o‘sha qushga o‘xshagisi keldi judayam...

So‘ngra yonidagi tovuqdan so‘rabdi.
- Vo ajab... Bu qandayin qush.. Men ham u kabi uchishni xohlayman..
- Bu burgut, osmon xukmdoriku. Sen esa unga qarama. Xavas ham qilma, sen bilan biz oddiy tovuqlarmiz yerda yuramiz.- deb javob beripti tovuq.

Burgut bir xo‘rsinib qo‘yibdida yana axlat titishda davom etibdi...

Qissadan hissani o‘zingiz chiqaring. Hoxlaysizmi yo‘qmi atrofingizdagi muhit... atrofingizdagi odamlar sizga o‘z ta’sirini o‘tqazadi, lekin siz bunga ishonib.. moslashib kolmang. Sizga sen «tovuqsan», «ucholmaysan» deyishsa ishonmang, balki siz burgutdirsiz... uchishga harakat qilib ko‘ring...

@SARA_TARIX
3.7K views02:50
Ochish/sharhlash