Get Mystery Box with random crypto!

TARIXLAR SARASI

Telegram kanalining logotibi sara_tarix — TARIXLAR SARASI T
Telegram kanalining logotibi sara_tarix — TARIXLAR SARASI
Kanal manzili: @sara_tarix
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.98K
Kanalning ta’rifi

🌐 Tarixiy maʼlumotlar
📸 Noyob fotosuratlar
📽️ Kamyob tarixiy videolar
✏️ Oʻzbekiston va jahon tarixiga oid eng sara faktlar
❗Post koʻchirilsa, manba (@sara_tarix) koʻrsatilsin!
Реклама: @qitmirda_reklama
Loyihamiz: @qitmir_hazil

Ratings & Reviews

4.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 21

2022-09-17 15:55:46
Xazinabonning Umar ibn Xattobga javobi

Hazrati Umar r.a ning o‘g‘li Abdulloh ibn Umar bir kuni otasidan kiyim-bosh olish uchun pul so‘raydi. Hazrati Umar hozir puli yo‘qligini, xazinabondan kelasi oyligini oldindan berib turishini so‘raydi. Bola xazinabon yonidan bo‘sh keladi. Shunda Umar: - berdimi, deb so‘raydi . O‘g‘li: -yo‘q, kerakmas deydi. Umar xazinabonning nima deganini so‘raydi. O‘g‘li: -Kelasi oylikkacha o‘lmasligi haqida hujjat yozib berishini so‘radi, deydi.
Insonda uch kun bo‘ladi. O‘tgan kun o‘tib ketgan, undan foyda yo‘q. Kelasi kunda nima bo‘lishini hech kim bilmaydi. Qo‘limizda naqd bugun bor.

@SARA_TARIX
3.9K views12:55
Ochish/sharhlash
2022-09-17 12:43:02
Klassik omadsiz...

U 7 yoshga to‘lganda, oilasi ijara haqini to‘lamagani uchun uydan haydab yuborilgan va u qandaydir yo‘l bilan o‘zini va yaqinlarini boqish uchun ishlashga majbur bo‘lgan.

U 9 ​​yoshida onasi vafot etdi. U huquqshunoslik fakultetiga o‘qishga kirmoqchi edi, ammo bunga ma’lumoti kamlik qilardi. 23 yoshida u kichik do'konga sherik bo'lish asnosida qarzga botadi.

U 26 yoshida uning biznes sherigi vafot etadi va uni ko'p yillar davomida to'lashi kerak bo'lgan katta qarzga botirib ketadi. 28 yoshida u 4 yildan beri uchrashib yurgan sevgilisiga turmushga chiqishni taklif qiladi, lekin u rad etadi. 37 yoshida uchinchi urinishdan so'ng Kongressga saylanadi, ammo ikki yil o'tib uni qayta saylashmaydi. U 41 yoshida uning to'rt yoshli o'g'li vafot etadi. 45 yoshida u Senatga kirishga harakat qiladi va yana muvaffaqiyatsizlikka uchraydi.

51 yoshida esa uni AQSh prezidenti etib saylashadi.

Ha, bu odamning ismi Avraam Linkoln edi.


@SARA_TARIX
3.7K views09:43
Ochish/sharhlash
2022-09-16 18:06:14
Londonlik politsiyachilar Temza daryosiga sakragan holda qutqaruv jiletlarini sinab koʻrishmoqda. 1930-yillar.

@SARA_TARIX
3.7K views15:06
Ochish/sharhlash
2022-09-16 14:13:53
Germaniyaning Puma kompaniyasi poyafzallari qattiq tanqid qilindi va brendning o'zi natsistlarga xos qarashlar uchun ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan qattiq qoralanadi. Gap shundaki, odamlar krossovka dizaynida Adolf Gitler portretini koʻrishgan.

Sizningcha, buni asosli deb hisoblaysizmi?

@SARA_TARIX
4.2K views11:13
Ochish/sharhlash
2022-09-16 04:20:53
ЖУМА АЙЁМИНГИЗ МУБОРАК БЎЛСИН!

Ҳафта ичра турли кун,
Турли саҳар, турли тун.
Энг муқаддас, нурли кун
Жума айём муборак!

Динимиз доим омон,
Дилларда ишқу иймон.
Эй муҳтарам мусулмон,
Жума айём муборак!

Аллоҳ дуоларимизни ижобат,
Фарзандларимизга салоҳият,
Ибодатларимизга гўзаллик,
Ризқимизга барака берсин!
Аллоҳнинг паноҳида бўлинг!

ЖУМА МУБОРАК
!

@gapniyam_olasizda
3.7K views01:20
Ochish/sharhlash
2022-09-07 10:03:24
Urganch shahrida joylashgan Al Xorazmiy haykali. Haykal ostida 4ta zinapoya, undan pastda yana 10ta zinapoya bor. Bular ham bir ma'no kasb etadi. Dastlabki 4 ta zinapoya matematikadagi 4 amal, ya'ni qo‘shish(+), ayirish(-), ko‘paytirish (*), bo‘lish(:) ni anglatadi. 10 ta zinapoya esa Al Xorazmiyning hindlardan o‘zlashtirgan 0 dan 9 gacha bo‘lgan sonlarni bildiradi. Bu sonlarni biz arab raqamlari deymiz. Daho xalqning daho farzandlari...

@SARA_TARIX
2.3K viewsedited  07:03
Ochish/sharhlash
2022-09-07 08:17:06 16 yoshda jahling chiqqanda:
Eshikni tepib ochasan, telefonni devorga otasan, ekrani sinib ketadi, bor ovozing bilan baqirasan.

24 yoshda jahling chiqqanda:
Eshik ikki million so‘m turadi, o‘rnatadigan usta 300 ming oladi, telefonga 1 500 000 oylikdan zo‘rg‘a orttirib kredit to‘layapsan. Shunchaki bor ovozing bilan baqirasan.

27 yoshda:
Baqirish mumkin emas, bolani o‘zi zo‘rg‘a uxlatding.

Firuz Allaev

@SARA_TARIX
892 views05:17
Ochish/sharhlash
2022-09-06 19:52:25 Hijriy yildan milodiy yilga o‘tish formulasi

Hijriydan milodga


1443 hijriy yilni 0.97 ga ko‘paytiramiz. 0.97 o‘zgarmas son.
1443*0.97=1399.71
Chiqqan sonni ixchamlaymiz. Natijada nuqtadan keyingi son 5 va undan katta bo‘lsa 1 deb nuqtadan oldingi songa qo‘shamiz.
1399+1=1400
Natijani hijriy yil boshlangan sana 622 ga qo‘shamiz.
1400+622=2022 chiqadi.

Miloddan hijriyga

Milodiy yildan 621 ni ayiramiz. 621 o‘zgarmas son.
2022-621=1401 Chiqqan sonni 1.03ga ko‘paytiramiz.
1401*1.03=1443.03 Ixchamlasak 1443 hijriy yil chiqadi.

@SARA_TARIX
2.7K viewsedited  16:52
Ochish/sharhlash
2022-09-06 07:13:13 Baxtni his etish uchun g‘am-tashvish chekib ko‘rish kerak.

– Yutuqni qo‘lga kiritish uchun muvaffaqiyatsizlikni boshdan o‘tkazib ko‘rish kerak.

– Yaxshilikni ajratib olish uchun yomonlikka nazar solib ko‘rish kerak.

– Yaxshi ko‘rishni his etish uchun karohiyatni ham bilib ko‘rish kerak.

– Gʻalabani his etish uchun mag‘lubiyatga uchrab ko‘rish kerak.

– Huzr-halovatni his etish uchun og‘riqni totib ko‘rish kerak.

Demak, har bir ne’matning qadriga yetish uchun undan mahrum bo‘lib ko‘rish kerak. Ular bo‘lmaganida hech narsaning qadr-qimmatini his etmagan bo‘lar edik.

@SARA_TARIX
3.0K views04:13
Ochish/sharhlash
2022-09-05 18:03:38
Ibn Sino eksperimenti

Bir kuni Abu Ali ibn Sino bobomiz 2 ta bir xil yoshdagi, bir xil vazndagi qo‘ylarni olib keladi. Ular o‘rtasiga parda osib qo‘yadi va bir xil vaqtda bir xil ovqat bera boshlaydi. Lekin bitta qo‘y tarafida qafasda bo‘rini ham saqlaydi. Bo‘rini ko‘rmay turgan qo‘y yem yeb, o‘sib, semirib boradi. Bo‘rini ko‘rgan qo‘y esa hech narsa yemay ichmay, ozib o‘lib qoladi. Shunda ibn Sino hazratlari ko‘p narsa ruhiyatga ham bog‘liq ekanligini isbotlaydi.

@SARA_TARIX
1.7K viewsedited  15:03
Ochish/sharhlash