Get Mystery Box with random crypto!

Ilhomjon Tuhtasinov | Rektor

Telegram kanalining logotibi samsiflrector — Ilhomjon Tuhtasinov | Rektor I
Telegram kanalining logotibi samsiflrector — Ilhomjon Tuhtasinov | Rektor
Kanal manzili: @samsiflrector
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 974

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

1


Oxirgi xabar 9

2023-02-07 20:12:37
#Hamdardlik

Barchamiz Turkiyadagi tabiiy ofat, ya’ni zilzila holatlarining sodir bo'layotganligiga guvoh bo’lyapmiz. Turkiyaning janubi-sharqiy viloyatlarida magnitudasi 7,5 ga teng bo‘lgan talafotli zilzilada oxirgi xabarlarga ko’ra uch yarim ming atrofida fuqarolar halok bo‘lgan. Ushbu sinovli og’ir kunlarda turkiyalik qardoshlarimizga kuchli metin-iroda hamda sabr-matonat tilaymiz!

Qardoshlarimiz davlatida kuzatilayotgan tabiiy ofat va undan keyingi holatlar millatimizni ham befarq qoldirmaydi. Yurtboshimiz ham Turkiya Prezidenti bilan muloqot qilib, ro‘y bergan kuchli zilzila oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani va katta talafotlar ko‘rilgani munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirdi.

Bo’layotgan jarayon bizni ham tashvishli holatga qo’yayotganligi sabab Samarqand davlat chet tillar instituti jamoasi Turkiya xalqiga, vafot etganlar va jabrlanganlarning oilalari va yaqinlariga, shuningdek, hamkorlarimiz bo’lmish Chukurova universiteti, Aksaray universiteti, Burdur Mehmet Akif Ersoy University, Inönü University, Hadjettepe universiteti, Istanbul universiteti jamoasiga chuqur hamdardlik va sabr tilaymiz.

@samsiflrector
2.5K views17:12
Ochish/sharhlash
2023-02-07 19:28:28


45-umumta’lim maktabida xitoy tilining o’qitilishi yo’lga qo’yildi

“Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da muhtaram Prezidentimiz umumta’lim maktablarida xorijiy tillarning o’qitilish sifatini yanada oshirish va har bir maktab bitiruvchisi ikkita xorijiy tilni mukammal egallashi kabilarga alohida urg’u berdilar.

Shu munosabat bilan, Samarqand shahrida joylashgan 45-maktabida xitoy tilining o’qitilishi yo’lga qo’yildi. Batafsil aytadigan bo’lsak, 45-maktabda Shanxay xorijiy tillar universiteti hamkorligi doirasida Samarqand davlat chet tillar instituti o’quv jarayonlariga jalb etilgan xitoylik xitoy tili o’qituvchilari faoliyat ko’rsatishadi.

Bugun, 7-fevral kuni maktabda tahsil olayotgan o’quvchilariga hamda faoliyat olib borayotgan o’qituvchilarga xitoylik xitoy tili o’qituvchilari tanishtirildi. Ma’lumot o’rnida aytish joiz, 45-maktab 1965-yilda tashkil topgan bo’lib, 1 200 dan ortiq o’quvchilar ta’lim olishib, 120 dan ortiq o’qituvchilar faoliyat ko’rsatishmoqda.

SamDCHTI Axborot xizmati
Telegram Instagram Veb-sayt Facebook YouTube Twitter
241 views16:28
Ochish/sharhlash
2023-02-07 17:34:38


Ispaniyalik ispan tili mutaxassisi institutda faoliyat boshladi

Samarqand davlat chet tillar instituti hamda Ispaniyaning Kadis universiteti hamkorligi doirasida ispaniyalik ispan tili o’qituvchisi dotsent Xuan Ignaisio Toro Eskudero institutda faoliyat olib borish uchun jalb etildi. Bugun, 7-fevral kuni institut rektori Ilhomjon To’xtasinov va xorijlik mutaxassis o’rtasida o’tkazilgan uchrashuvda talabalarni o'qitish borasida o'zaro fikrlar, takliflar almashinildi. Shuningdek, amalga oshiriladigan ishlar bo’yicha mulohazalar olib borildi.

Batafsil:
https://samdchti.uz/uz/news/view/2417

SamDCHTI Axborot xizmati
Telegram Instagram Veb-sayt Facebook YouTube Twitter
203 views14:34
Ochish/sharhlash
2023-02-07 14:36:16
#Imtihon_jarayonlari

Samarqand davlat chet tillar institutning Payariq Xorijiy tillar fakultetida 2022-2023 o'quv yilida talabalarining tegishli fanlar bo'yicha nazariy bilim va amaliy ko'nikmalarini o'zlashtirish darajasini aniqlash maqsadida yakuniy nazorat imtihonlari o'tkazilmoqda.

Imtihonlarning shaffof o'tishini ta'minlash maqsadida institutda nazorat ishchi guruhlari tashkil etilgan bo'lib, ayni kunlarda ishchi guruh vakillari tomonidan monitoring ishlari olib borilmoqda.

Ta'kidlash joiz, ishchi guruh tarkibiga institutning korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari ham kiritilib, jarayonning adolatli va xolis o'tkazilishini ta'minlashmoqda
.

SamDCHTI Axborot xizmati
Telegram Instagram Veb-sayt Facebook YouTube Twitter
227 views11:36
Ochish/sharhlash
2023-02-04 19:21:18
Malaka oshirish va qayta tayyorlash markazida tahsil olganlar ikkinchi qaldirg'ochlar sertifikat bilan taqdirlanishdi

Xabaringiz bor, Samarqand davlat chet tillar instituti qoshida viloyatimizdagi umumta’lim maktablarida faoliyat olib borayotgan xorijiy til o’qituvchilarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazi ochilgan.

Bugungi kunda mazkur markazda muntazam ravishda xorijiy til o’qituvchilarining malakasi oshirilib boriladi hamda xorijdan jalb etilgan professor-o’qituvchilardan bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirib borishadi.

Shu munosabat bilan, bugun, 4-fevral kuni Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon To’xtasinov markazda bir xafta davomida tahsil olib, o’quv kursini ta’momlagan umumta’lim maktablarining xorijiy til o’qituvchilari bilan uchrashdi hamda ularga sertifikatlarni topshirib, kelgusida muvaffaqiyat hamroh bo’lishini bildirdi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Murojaat uchun:
Telegram |
@samdchtijamoasi
197 views16:21
Ochish/sharhlash
2023-02-04 14:57:05


Samarqand davlat chet tillar institutida bo'lib o'tayotgan imtihon jarayonlari to'g'risida ijtimoiy so'rovnoma

Rasmiy axborot sahifalarimiz

Veb-sayt |Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Odnoklassniki | Fikr.uz | Twitter |
226 views11:57
Ochish/sharhlash
2023-02-03 18:57:09


AQSh elchixonasi va Samarqand davlat chet tillar instituti o’rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish borasida o'tkazilgan uchrashuvdan fotolavhalar

Rasmiy axborot sahifalarimiz

Veb-sayt |Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Odnoklassniki | Fikr.uz | Twitter |
154 views15:57
Ochish/sharhlash
2023-02-03 17:50:01


AQSh elchixonasi va Samarqand davlat chet tillar instituti o’rtasida hamkorlik aloqalari yanada rivojlanadi

Samarqand davlat chet tillar instituti xorijiy oliygohlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish borasida mintaqada yetakchi oliygoh bo‘lib kelmoqda desak, mubolag‘a emas. Negaki, bugungi kunga qadar institut 100 ga yaqin nufuzli xorijiy oliygohlar va ta’lim tashkilotlari bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini davom ettirib kelmoqda. AQSH oliy ta’lim muassasalari va ta’lim tashkilotlari ham shular jumlasidandir.

Shu munosabat bilan, bugun, 3-fevral kuni AQSHning O’zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Jonatan Xenikni ishtirokidagi delegatsiya Samarqand davlat chet tillar institutida bo’ldi. Mehmonlar Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon To'xtasinov ishtirokidagi mezbonlar tomonidan kutib olindi.

Jarayon davomida tomonlar o’rtasida rasmiy uchrashuv tashkil etildi va unda Samarqand davlat chet tillar instituti hamda AQSH elchixonasi o’rtasida hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar va o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Samarqand davlat chet tillar instituti hamda AQSH elchixonasi o‘rtasidagi xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, amalga oshirilayotgan 2022-2024 yillarga mo‘ljallangan “English Access Microscholarship Program” loyihasi muhokamasi, 2022-yilda amalga oshirilgan “Summer Camp-2022” yozgi lager loyihasini 2023-yilda ham amalga oshirish masalalari ham shular jumlasidandir.

Rasmiy axborot sahifalarimiz

Veb-sayt |Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Odnoklassniki | Fikr.uz | Twitter |
203 views14:50
Ochish/sharhlash
2023-02-02 17:09:10
Maxsus reportaj | Xorijiy tillar bo'yicha mutaxassis va tarjimon gidlar tayyorlash

https://t.me/SamTvr
228 views14:09
Ochish/sharhlash
2023-02-02 13:21:40
Ingliz tili-II fakultetida huquqiy ong va huquqiy madaniyat mavzularida davra suhbati bo’lib o’tdi

Huquqiy ong – bu ijtimoiy ongning shakllaridan biri bo‘lib, kishilarda huquqqa, qonunchilikka, huquq-tartibotga va boshqa huquqiy hodisalarga nisbatan bo‘lgan g‘oyalar, his tuyg‘ular, tasavvurlar yig‘indisidir. Huquqiy madaniyat – bu kishilarning huquqiy bilim darajasi, huquqqa nisbatan ongli munosabati, huquqni hurmat qilish va unga rioya qilish demakdir.

Shu munosabat bilan Samarqand davlat chet tillar institutining Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari tomonidan talaba-yoshlarga huquqiy ong hamda huquqiy madaniyat tushunchalarini yanada chuqurroq yetkazish borasida davra-suhbatlari o’tkazilmoqda.

SamDCHTI Axborot xizmati

Murojaat uchun:
Telegram |
@samdchtijamoasi
265 views10:21
Ochish/sharhlash