Get Mystery Box with random crypto!

Ilhomjon Tuhtasinov | Rektor

Telegram kanalining logotibi samsiflrector — Ilhomjon Tuhtasinov | Rektor I
Telegram kanalining logotibi samsiflrector — Ilhomjon Tuhtasinov | Rektor
Kanal manzili: @samsiflrector
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 974

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

1


Oxirgi xabar 10

2023-02-01 14:39:36
#Imtihon_jarayonlari

Samarqand davlat chet tillar institutida 2022-2023 o'quv yilida institut talabalarining tegishli fanlar bo'yicha nazariy bilim va amaliy ko'nikmalarini o'zlashtirish darajasini aniqlash maqsadida yakuniy nazorat imtihonlari o'tkazilmoqda.

Imtihonlarning shaffof o'tishini ta'minlash maqsadida institutda nazorat ishchi guruhlari tashkil etilgan bo'lib, ayni kunlarda ishchi guruh vakillari tomonidan monitoring ishlari olib borilmoqda.

Ta'kidlash joiz, ishchi guruh tarkibiga institutning korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari ham kiritilib, jarayonning adolatli va xolis o'tkazilishi ta'minlanmoqda.

Shuningdek, o‘quv jarayonini sifatli tashkil etish, ichki-tartib va odob-axloq qoidalariga rioya qilish hamda sohada korrupsion holatlarga yo'l qo'ymaslik borasida tushunchalar berildi
.

SamDCHTI Axborot xizmati

Murojaat uchun:
Telegram |
@samdchtijamoasi
260 views11:39
Ochish/sharhlash
2023-02-01 09:40:01
Fransiya Puatye universitetining professor-o’qituvchilari talabalar ishtirokida seminar o’tkazishdi

Kecha, 31-yanvar kuni xabar qilganimizdek, Samarqand davlat chet tillar instituti hamda Fransiyaning Puatye universiteti o’rtasida hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash borasida rasmiy uchrashuv tashkil etildi.

Unda xalqaro seminar-treninglarni tashkil etish va seminarlarda Qozog'iston, Qirg'iziston va O'zbekiston Respublikalarining qator oliy ta'lim muassasalaridan fransuz tili mutaxassislarini taklif etish muhokamalari qilingan edi.

Shu munosabat bilan Fransiya Puatye universitetining professor-o’qituvchilari institutning Roman-german tillari fakulteti fransuz tilida ta’lim yo’nalishida tahsil olayotgan talaba-yoshlar ishtirokida seminar trening o’tkazishdi hamda savol-javob qismida talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob olishdi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Murojaat uchun:
Telegram |
@samdchtijamoasi
127 views06:40
Ochish/sharhlash
2023-02-01 08:56:57
Belgorod milliy tadqiqot universiteti dotsenti Samarqand davlat chet tillar institutida faoliyat olib boradi

Xorijlik malakali mutaxassislarning sonini yanada oshirishda xorijiy davlatlarning O'zbekistondagi elchixonasi hamda turli xalqaro ta'lim tashkilotlar bilan ham hamkorlik aloqalari davom ettirilmoqda. Xabaringiz bo’lganidek, ta'lim sifatini yanada oshirish maqsadida o'quv jarayoniga xorijlik malakali mutaxassislar muntazam jalb etilib kelinmoqda.

Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon To’xtasinov institutning Qo’shma ta’lim dasturlari fakulteti o’quv jarayonlariga jalb etilgan Belgorod milliy tadqiqot universiteti dotsenti Droga Marina Anatolevna xonim bilan uchrashuv o’tkazdi.

Rektor va mutaxassis o’rtasida o’tkazilgan uchrashuvda talabalarni o'qitish borasida o'zaro fikrlar, takliflar almashinildi. Shuningdek, institutda amalga oshiriladigan ishlar bo’yicha mulohazalar olib borildi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Murojaat uchun:
Telegram |
@samdchtijamoasi
135 views05:56
Ochish/sharhlash
2023-01-31 16:34:14
#Hamkorlik

Bugun, 31-yanvar kuni Samarqand davlat chet tillar institutiga Fransiyaning Puatye universiteti professor-o'qituvchilari tashrif buyurishdi hamda institut rektori Ilhomjon To'xtasinov ishtirokida hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash borasida rasmiy uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda joriy yilning mart oyida Samarqand davlat chet tillar institutida Puatye universiteti (Poitriers University) bilan hamkorlikda tashkil etiladigan xalqaro seminar-treninglar haftaligiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.

Ushbu seminar-treninglarda Qozog'iston, Qirg'iziston va O'zbekiston Respublikalarining qator oliy ta'lim muassasalaridan fransuz tili mutaxassislari ishtirok etishi kutilmoqda. Shuningdek, keyingi yillar uchun Erasmus+ dasturlariga qo'shma loyiha arizasi topshirilganligi ma'lum qilindi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Murojaat uchun:
Telegram |
@samdchtijamoasi
175 views13:34
Ochish/sharhlash
2023-01-30 18:27:04 Xalq deputatlari viloyat Kengashining saksoninchi sessiyasi bo’lib o’tdi

Videoselektor tarzida o‘tkazilgan sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-dekabrdagi “Taʼlim sifatini oshirish – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yakkay-u yagona to‘g‘ri yo‘lidir!” mavzusida o‘qituvchi-murabbiylar bilan o’tkazgan uchrashuvida belgilab berilgan vazifalar targ‘iboti masalasi muhokama qilindi.

“Muallimni ayblash oson bo‘lib qoldi. Buning aksi bo‘lishi, har bir ota-ona bilan maktab o‘rtasida shartnoma imzolanishi, ushbu shartnomada ota-onaning bolaga tarbiya berish va bilim olishi uchun sharoit yaratish borasidagi majburiyatlari alohida belgilab qo‘yilishi kerak, – deya ta’kidladi viloyat hokimi jarayon davomida.

Shuningdek, sessiyada Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon To’xtasinov ham so’zga chiqib, muhtaram Yurtboshimizning xalqimizga qilgan Murojaatnomasida belgilab berilgan vazifalarga to’xtalib, ta’lim muassasalarida xorijiy tillarni o’qitish yuzasidan amalga oshiriladigan istiqbolli rejalarga to’xtalib o’tdi hamda bu borada ishlab chiqilgan takliflarni ommaga havola etdi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Murojaat uchun:
Telegram |
@samdchtijamoasi
128 views15:27
Ochish/sharhlash
2023-01-30 18:26:56
130 views15:26
Ochish/sharhlash
2023-01-30 10:34:23
Bugun, 30-yanvar — Mustaqil O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimovning tavallud topgan kun.

@samsiflrector
334 views07:34
Ochish/sharhlash
2023-01-28 18:45:31
#Imtihon_jarayonlari

Xabaringiz bor, bugungi kunda respublikamizning barcha oliy ta'lim muassasalarida birinchi semestrni yakunlash bo'yicha imtihonlar  bo'lib o'tmoqda. Jumladan, Samarqand davlat chet tillar institutida ham 2022-2023 o'quv yilida institut talabalarining tegishli fanlar bo'yicha nazariy bilim va amaliy ko'nikmalarini o'zlashtirish darajasini aniqlash maqsadida yakuniy nazorat imtihonlari o'tkazilmoqda.

Imtihonlarning shaffof o'tishini ta'minlash maqsadida  institutda nazorat ishchi guruhlari tashkil etilgan bo'lib, ayni kunlarda ishchi guruh vakillari tomonidan monitoring ishlari olib borilmoqda. Ta'kidlash joiz, ishchi guruh tarkibiga institutning korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari ham kiritilib, jarayonning adolatli va xolis o'tkazilishi ta'minlanmoqda
.

SamDCHTI Axborot xizmati

Murojaat uchun:
Telegram |
@samdchtijamoasi
256 views15:45
Ochish/sharhlash
2023-01-28 17:34:51
Malaka oshirish va qayta tayyorlash markazida tahsil olganlar sertifikat bilan taqdirlanishdi

Xabaringiz bor, Samarqand davlat chet tillar instituti qoshida viloyatimizdagi umumta’lim maktablarida faoliyat olib borayotgan xorijiy til o’qituvchilarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazi ochilgan.

Bugungi kunda mazkur markazda muntazam ravishda xorijiy til o’qituvchilarining malakasi oshirilib boriladi hamda xorijdan jalb etilgan professor-o’qituvchilardan bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirib borishadi.

Shu munosabat bilan, bugun, 28-yanvar kuni Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon To’xtasinov markazda bir xafta davomida tahsil olib, o’quv kursini ta’momlagan umumta’lim maktablarining xorijiy til o’qituvchilari bilan uchrashdi hamda ularga sertifikatlarni topshirib, kelgusida muvaffaqiyat hamroh bo’lishini bildirdi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Murojaat uchun:
Telegram |
@samdchtijamoasi
232 views14:34
Ochish/sharhlash
2023-01-19 08:53:47 Ertaga, 20-yanvar kuni kontrakt to’lashning oxirgi kuni

Bu muddat bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklariga:

to‘lov-kontrakt, jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar (boshqacha aytganda 1-kurslar);
o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan);
va qayta tiklangan talabalar uchun tegishli.

Yuqori kurs talabalari uchun kontrakt to’lash muddatini OTM rektorlarining o’zi mustaqil belgilaydi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Murojaat uchun:
Telegram |
@samdchtijamoasi
193 views05:53
Ochish/sharhlash