Get Mystery Box with random crypto!

Ilhomjon Tuhtasinov | Rektor

Telegram kanalining logotibi samsiflrector — Ilhomjon Tuhtasinov | Rektor I
Telegram kanalining logotibi samsiflrector — Ilhomjon Tuhtasinov | Rektor
Kanal manzili: @samsiflrector
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 974

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2023-04-11 09:26:41
#munosabat

“Yangi O‘zbekiston” gazetasining navbatdagi sonida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonovning “Biotexnologiyalar klasteri xalqimizga va ilm-fanga nima beradi?” sarlavhali maqolasi chop etildi.

Unda Prezidentimizning Sirdaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida Guliston shahri mamlakatimizning “Innovatsion tibbiyot xabi”ga aylantirilishi haqidagi fikrlariga munosabat bildirilgan.

Maqolani o‘qish: https://edu.uz/uz/news/view/5250

Telegram | Instagram | Facebook|You Tube
56 views06:26
Ochish/sharhlash
2023-04-10 18:47:48
Germaniyalik 22 nafar tinglovchilar o’quv kursini yakuniga yetkazishdi

Germaniyalik yana bir guruh 22 nafar tinglovchilar (talabalar) Samarqand davlat chet tillar institutida o'zbek tili va madaniyati kursini tamomlashdi. Kurs davomida tinglovchilar o'zbek tili asoslarini (A2 daraja) asosan og'zaki nutqni rivojlantirish bo'yicha darslarga qatnashdilar. Kurs yakunida tinglovchilarga maxsus sertifikatlar institut rektori Ilhomjon To’xtasinov tomonidan topshirildi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Murojaat uchun:
Telegram |
@samdchtijamoasi
151 views15:47
Ochish/sharhlash
2023-04-08 17:25:03
#Amir_Temur

Institutda “Sohibqiron siymosiga yuksak ehtirom” nomli tadbir bo’lib o’tdi

Amir Temur – o’rta asrlarning yirik davlati arbobi, buyuk turkiy sarkardasi, kuchli, markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi. Amir Temur mamlakatning siyosiy va iqtisodiy mavqeyini mustahkamlab, ko’pdan davom etib kelayotgan ichki tarqoqlikka barham berdi.

Batafsil:
https://samdchti.uz/uz/news/view/2519

SamDCHTI Axborot xizmati

Murojaat uchun:
Telegram |
@samdchtijamoasi
190 views14:25
Ochish/sharhlash
2023-04-07 19:49:07
O‘quv jarayonini o‘rganish va monitoring qilish maqsadida o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Ingliz tili-I fakulteti jamoasi bilan uchrashdi

Batafsil:
https://samdchti.uz/uz/news/view/2515

SamDCHTI Axborot xizmati

Murojaat uchun:
Telegram |
@samdchtijamoasi
230 views16:49
Ochish/sharhlash
2023-04-05 19:49:54
#Referendum_2023

Bugun, 5-aprel kuni institutning Payariq Xorijiy tillar  fakultetida "Xalq Konstitutsiyasi bilan xalqchil davlat sari" shiori ostida talabalar va "Toxirshayx" MFY faollari ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi.

SamDCHTI Axborot xizmati
@samdchtijamoasi
118 views16:49
Ochish/sharhlash
2023-04-05 14:06:53
#Referendum_2023

Bugun, 5-aprel kuni Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida “Konstitutsiya – meniki, sizniki va barchamizniki!” nomli targ'ibot tadbiri oʻtkazildi.

Jarayonni akademik litsey ijrochi direktori Zokir Bazarov kirish so'zi bilan ochib berdi va yangilanayotgan Konstitutsiya to'g'risida so'z yuritdi.

Asosiy qonunimizning 65 foiz matni xalqimiz takliflari asosida yangilangani, inson huquq va erkinliklariga oid qoidalar uch yarim baravarga ko‘paygani hamda shulardan kelib chiqib, loyihani yangi tahrirdagi Konstitutsiya sifatida qabul qilish uchun barcha asoslar yetarli ekanligi shular jumlasidan.

Jarayonda litseyning professor-o‘qituvchilari va talaba yoshlari, Samarqand viloyat hokimligi vakillari, Samarqand shahar ichki ishlar bo‘limi xodimlari mehmon sifatida ishtirok etishdi.

SamDCHTI akademik litseyi Axborot xizmati
169 views11:06
Ochish/sharhlash
2023-04-04 20:15:42
#Referendum_2023

Konstitutsiya – meniki, sizniki va barchamizniki!

SamDCHTI Axborot xizmati
Telegram Instagram Veb-sayt Facebook YouTube
190 views17:15
Ochish/sharhlash
2023-04-04 19:30:27
#Referendum_2023

Bugun, 4-aprel kuni Samarqand davlat chet tillar instittida institut jamoasi ishtirokida “Konstitutsiya – meniki, sizniki va barchamizniki!” nomli tadbir oʻtkazildi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari G’ayrat Abdiyev hamda Navro’z Rizayev, shuningdek, Oliy Majlis huzuridagi Yoshlar parlamenti azosi Komila Mardonovalar tadbir mehmoni sifatida taklif etildi.

Jarayonni institut rektori, professor Ilhomjon To'xtasinov kirish so'zi bilan ochib berdi va – Yangi O‘zbekistonimizning yangilanayotgan Konstitutsiyasida Inson qadri bosh mezon qilib belgilandi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Negaki, Xalqimizdan kelib tushgan takliflar asosida shakllangan yangi Konstitutsiya tom ma’noda xalq Konstitutsiyasi ekanligidan dalolat beradi" – deya ta'kidladi.


SamDCHTI Axborot xizmati
Telegram Instagram Veb-sayt Facebook YouTube
185 views16:30
Ochish/sharhlash
2023-03-25 18:16:08
#Xorijdan_gapiramiz

Institut vakili Bishkek shahrida tashkil etilgan xalqaro seminar treninglarda ishtirok etmoqda

Joriy yilning 24-25-mart kunlari Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashlari tomonidan “UniCEN Internationalization Workshop” mavzusida tashkil etilgan seminar-treningda respublikamizning bir qator oliy ta’lim muassasalari rahbar xodimlari va professor-o’qituvchilari qatnashmoqda.

Shu jumladan, Samarqand davlat chet tillar instituti Ingliz tili-II fakulteti dekani O.Yusupov ham mazkur seminar-treninglarda faol ishtirok etmoqda. Ushbu seminar-treningning asosiy maqsadi turli mamlakatlar oliy ta’lim muassasalari o’rtasida o’zaro tajriba almashish, ta’limda xalqarolashtirish jarayonlarini o’rganish, AQSh va O’rta Osiyo oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash hamda sohada mavjud kamchiliklarga yechim topish masalalarini muhokama qilishdan iborat.

SamDCHTI Axborot xizmati
Telegram Instagram Veb-sayt Facebook YouTube Twitter
142 views15:16
Ochish/sharhlash
2023-03-25 17:53:15
“Bahorgi Universitet” dasturi yakuniga yetdi

Joriy yilning 25-mart Fransiyaning Puatye Universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan hamda Markaziy Osiyoning fransuz tili o’qituvchilarini birlashtirgan “Bahorgi Universitet (Université de Printemps)” doirasida tashkil qilingan semenar-trening mashg’ulotlari o’z nihoyasiga yetdi.

Yakunlov marosimida ishtirokchilarga bir haftalik semenarda ishtirok etganlik haqidagi sertifikatlar taqdim etildi, shuningdek, “Bahorgi Universetet”ni tashkil qilishda faol ishtirok etganlar tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

SamDCHTI Axborot xizmati
Telegram Instagram Veb-sayt Facebook YouTube Twitter
143 views14:53
Ochish/sharhlash