Get Mystery Box with random crypto!

Ilhomjon Tuhtasinov | Rektor

Telegram kanalining logotibi samsiflrector — Ilhomjon Tuhtasinov | Rektor I
Telegram kanalining logotibi samsiflrector — Ilhomjon Tuhtasinov | Rektor
Kanal manzili: @samsiflrector
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 974

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

1


Oxirgi xabar 34

2022-08-04 15:57:11
DAVLAT – XUSUSIY SHERIKCHILIK ASOSIDA TALABALAR TURAR JOYINI QURISH ISHLARI DEYARLI YAKUNLANDI

SamDCHTI Axborot xizmati
@samdchtijamoasi
162 views12:57
Ochish/sharhlash
2022-08-04 15:49:04
Samarqand davlat chet tillar institutining Sharq tillari hamda Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakultetlari joylashgan Samarqand shahri Gagarin ko‘chasi 43-uy manzilidagi foydalanishga yaroqsiz bo‘lib turgan 1000 o‘ringa moslashgan 4 qavatli o‘quv binosi to‘liq mukammal qayta ta’mirdan chiqarish ishlari boshlandi.

Shuningdek, kelgusida amalga oshiriladigan rejalar bilan yaqindan tanishib chiqilib, yaxshi niyat bilan yig‘ilganlar yuziga Fotiha duosi tortildi.

Jumladan, mana shunday istiqbolli rejalarni amalga oshirishdan asosiy maqsad talaba-yoshlarning zamon talablariga mos jihozlangan o‘quv xonalarida ta’lim olishlariga imkon yaratishdir.

SamDCHTI Axborot xizmati
@samdchtijamoasi
148 views12:49
Ochish/sharhlash
2022-08-04 15:33:29
Avval xabar qilganimizdek, institutda qator islohotlar, innovatsion loyihalarning amalga oshirishi bilan bir qatorda qurilish va qayta-ta’mirdan chiqarish ishlari ham jadal ravishda davom ettirilmoqda.

Shuningdek, talabalarning zamonaviy, barcha shart-sharoitlarga mos o‘quv xonalarida ta‘lim olishlari yo‘lida bugungi kunda 1200 o‘ringa moslashgan o‘quv binosining qurilish ishlari olib borilmoqda.

SamDCHTI Axborot xizmati
@samdchtijamoasi
153 views12:33
Ochish/sharhlash
2022-08-04 15:18:53
SamDCHTI o'qituvchilari nufuzli xorijiy universitetlarda malaka oshirishmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2021-yilning 16-iyun kuni “Oliy ta’lim sohasidagi islohotlar natijadorligi hamda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari to‘g‘risida” o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida institut o'qituvchilari xorijiy nufuzli universitetlarga malaka oshirish va stajirovka o'tash uchun yuborilmoqda.

Jumladan, 2022-yilning 10-iyulidan 10-avgustigacha bo‘lgan muddatda Buyuk Britaniyaning Uorik universiteti (University of Warwick )da institutning 7 nafar ingliz tili o'qituvchilari “PDELT: Professional Development for English Language Teachers” nomli dastur bo‘yicha malaka oshirishmoqda.

SamDCHTI Axborot xizmati
@samdchtijamoasi
171 views12:18
Ochish/sharhlash
2022-08-01 17:00:48
#Ijodiy_imtihon_2022

Oliy taʼlim muassasalarida kasbiy, ijodiy imtihonlar boshlandi

Avval xabar berganimizdek, 1–10-avgust kunlari mamlakatimizning 46 ta OTMda kasbiy imtihonlar boʻlib oʻtadi.

Obunachilar va abituriyentlar ota-onalariga imtihon jarayonlari haqida tezkor va batafsil maʼlumot berib borish maqsadida maxsus “Eduuzijodiy2022” telegram kanali faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Unda siz imtihonlar qaysi oliy taʼlim muassasasida boʻlib oʻtayotgani, imtihon oʻtkaziladigan joylar, oʻquv xonalarni jonli tarzda kuzatishingiz mumkin boʻladi. Shuningdek, maxsus kanalga imtihonlar haqidagi xabarlar (foto va videolavha) ham joylab boriladi.

Ijodiy imtihonlarni xolis va shaffof oʻtkazilishini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida jarayonlarga deputatlar, OAV vakillari, bloggerlar, davlat va jamoat arboblari ham taklif etilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, OTMda boʻlib oʻtayotgan imtihonlarni imtihon.edu.uz platformasi hamda oliygohlarning rasmiy YouTube kanallari orqali jonli kuzatib borishingiz mumkin.

@eduuz
144 views14:00
Ochish/sharhlash
2022-08-01 15:40:03
Kasbiy (ijodiy) imtihonlar shaffof tarzda o‘tkazilmoqdami?

Xabaringiz bor, hozirgi vaqtda respublikamizning 46 ta oliy ta’lim muassasalarida kasbiy (ijodiy) imtihonlarni o‘tkazilish jarayonlariga start berildi. Shu bilan bir qatorda mazkur jarayon Samarqand davlat chet tillar institutida ham davom etmoqda.

Bugun, 2022/2023 o‘quv yilida Samarqand davlat chet tillar institutiga hujjat topshirgan ko‘zi ojiz abituriyentlar uchun ingliz tili hamda ona tili va adabiyot fanlaridan kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi.

Batafsil ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.
https://samdchti.uz/uz/news/view/2166
Imtihon jarayonlarini to'g'ridan to'g'ri onlayn kuzatish quyidagi havola orqali amalga oshiriladi.
https://samdchti.uz/uz/news/view/2162

SamDCHTI Axborot xizmati
@samdchtijamoasi
183 views12:40
Ochish/sharhlash
2022-07-30 16:43:14
#Qabul_2022

2022/2023 oʻquv yilida Samarqand davlat chet tillar institutining 603201000: Jurnalistika: xalqaro jurnalistika ta’lim yoʻnalishiga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun oʻtkaziladigan kasbiy (ijodiy) imtihon vaqti va joyi

Eslatma: Imtihonga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan kelishingiz lozim.

Imtihon o'tkaziladigan joyni google xaritasi orqali ham ko'rishingiz mumkin
https://goo.gl/maps/JGkauDfuWRapAMTf6

SamDCHTI Axborot xizmati
@samdchtijamoasi
52 views13:43
Ochish/sharhlash
2022-07-30 16:43:08
#Qabul_2022

2022/2023 o‘quv yilida Samarqand davlat chet tillar institutiga hujjat topshirgan ko‘zi ojiz abituriyentlar uchun o‘tkaziladigan kirish imtihonlarining o‘tkazilish joyi va vaqti

Eslatma: Imtihonga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan kelishingiz lozim.

Imtihon o'tkaziladigan joyni google xaritasi orqali ham ko'rishingiz mumkin
https://goo.gl/maps/JGkauDfuWRapAMTf6

SamDCHTI Axborot xizmati
@samdchtijamoasi
46 views13:43
Ochish/sharhlash
2022-07-30 13:03:30
Professor Ibodulla Mirzayev atoqli tilshunos olim, professor V.G.Gakning filologiya fakulteti talabalariga mo‘ljallangan “Fransuz tili nazariy grammatikasi” darsligini (1-qism. Morfologiya) o‘zbek tiliga mahorat bilan tarjima qildi

Rasmiy xabarlar @intellektpress
197 views10:03
Ochish/sharhlash
2022-07-29 14:46:38
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев пойтахтимиздаги Шанхай ҳамкорлик ташкилоти Ташқи ишлар вазирлари кенгаши йиғилишининг тадбирларида иштирок этаётган ШҲТга аъзо давлатлар делегацияларининг раҳбарларини қабул қилди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял глав делегаций государств-членов Шанхайской организации сотрудничества, участвующих в проходящих в нашей столице мероприятиях заседания Совета министров иностранных дел стран ШОС.

#Mirziyoyev #qabul #ShHT #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
337 views11:46
Ochish/sharhlash