Get Mystery Box with random crypto!

Ilhomjon Tuhtasinov | Rektor

Telegram kanalining logotibi samsiflrector — Ilhomjon Tuhtasinov | Rektor I
Telegram kanalining logotibi samsiflrector — Ilhomjon Tuhtasinov | Rektor
Kanal manzili: @samsiflrector
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 974

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

1


Oxirgi xabar 8

2023-02-10 20:09:50
Talabalar holidan xabar olindi

Jumladan,Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon To'xtasinov ishtirokidagi jamoa Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti hamda Sharq tillari fakulteti talabalari istiqomat qiladigan yotoq joylariga borishib, ularning holidan xabar olishdi. Jarayon doirasida ulardagi muammo va kamchiliklar o’rganib, mas'ullarga ko'rsatmalar berildi.

Shuningdek, jarayon davomida talabarning yashash joyidagi ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar, xususan, ovqatlanish joylari, dars xonalari, yotoqxonalari ko’zdan kechirildi. Talabalarga qishki mavsumga doim tayyor holatda yurish va elektr energiyasidan to'g'ri foydalanish borasida tushunchalar berildi.

SamDCHTI Axborot xizmati
Telegram Instagram Veb-sayt Facebook YouTube Twitter
130 views17:09
Ochish/sharhlash
2023-02-10 18:15:15
#Davra_suhbati

Institut mas'ullari va magistrantlar o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi

SamDCHTI Axborot xizmati
Telegram Instagram Veb-sayt Facebook YouTube Twitter
164 views15:15
Ochish/sharhlash
2023-02-10 17:48:04
#Samarqand_Turizm_Forumi

Ilhomjon To'xtasinov,
Samarqand davlat chet tillar instituti rektori, professor.

Batafsil:




SamDCHTI Axborot xizmati
Telegram Instagram Veb-sayt Facebook YouTube Twitter
184 views14:48
Ochish/sharhlash
2023-02-10 17:24:56 #Talaba_murojaati

Murojaat mazmuni: Boshqa masala

Batafsil: Sessiyadan o'ta olmagan talabalarga ikkinchi imkon berilardi, lekin bizning institutimizda rektor buyug'i bilan, dekanning aytishicha, ikkinchi marta topshirishga ruxsat berilmaydi

Murojaatga javob: Samarqand davlat chet tillar institutida bakalavriatning 1, 2, 3-kurslari hamda magistraturaning 1, 2-kurslari uchun ta’lim jarayoni kredit-modul tizimi asosida tashkil etilgan.

Ta’limning kredit-modul tizimida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 824-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risida Nizom”ning 41-bandiga asosan “Bir fanga ajratilgan auditoriya soatining 25 foizini va undan ortiq soatni sababsiz qoldirgan talaba ushbu fandan chetlashtirilib, yakuniy nazoratga kiritilmaydi hamda mazkur fan bo‘yicha tegishli kreditlarni o‘zlashtirmagan hisoblanadi. Yakuniy nazorat turiga kiritilmagan yoki kirmagan, shuningdek, ushbu nazorat turi bo‘yicha qoniqarsiz baho olgan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.

Akademik qarzdor talabalar ta’til vaqtida yoki keyingi semestrlar mobaynida tegishli fanlardan o‘zlashtirilmagan kreditlar miqdoriga mos ravishda bazaviy to‘lov-kontrakt miqdoridan kelib chiqqan holda to‘lovni amalga oshirgandan so‘ng o‘zlashtirilmagan fanlarni o‘z hisobidan qayta o‘qish huquqiga ega bo‘ladi.

SamDCHTI Axborot xizmati
Telegram Instagram Veb-sayt Facebook YouTube Twitter
176 views14:24
Ochish/sharhlash
2023-02-10 16:38:50
#Samarqand_Turizm_Forumi

Ravshan To'raqulov,
Silk Road Destinations direktori.

Videoni HD formatda ko'rish

SamDCHTI Axborot xizmati
Telegram Instagram Veb-sayt Facebook
207 views13:38
Ochish/sharhlash
2023-02-10 15:53:13
#Samarqand_Turizm_Forumi

Ulug'bek A’zamov,
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirining birinchi o‘rinbosari
.

Videoni HD formatda ko'rish

SamDCHTI Axborot xizmati
Telegram Instagram Veb-sayt Facebook YouTube Twitter
230 views12:53
Ochish/sharhlash
2023-02-10 15:27:14
#Samarqand_Turizm_Forumi

Farangiz Narzubayeva,
Samarqand davlat chet tillar instituti talabasi.

SamDCHTI Axborot xizmati
Telegram Instagram Veb-sayt Facebook YouTube Twitter
215 views12:27
Ochish/sharhlash
2023-02-10 08:45:52 Samarqand Turizm Forumining ochilish marosimi boshlanish arafsida turibdi

Samarqand Turizm Forumi – bu turizm sohasi mutaxassislari birga rivojlanib, daromad olishni xohlovchilar uchun yaratilgan platforma bo‘lib, 200 dan ortiq mehmonlar o‘z tajribalari va zamonaviy sayohat tendensiyalari haqida suhbatlashish uchun to‘planib turishibdi. Ushbu forum ishtirokchilarini turoperatorlar va gid-hamrohlar, restavratorlar, mehmonxona xizmati vakillari va turizm bilan bog‘liq korxonalar, ijodiy sanoat va davlat sektori vakillari tashkil etadi.

Ikki kun davomida 9 davlatdan 40 nafar ma’ruzachi o‘z bilimlarini butun Markaziy Osiyodagi hamkasblari bilan o‘rtoqlashadi. Forum dasturidan “Qiziqarli turizm tendensiyalari bo‘yicha davra suhbatlari. Yashil texnologiyalar nima va ular qancha turadi? Nega Markaziy Osiyoda agroturizm yo‘q?” kabi mavzular mutaxassislar ishtirokida muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Samarqand Turizm Forumini quyidagi havola orqali onlayn kuzatishingiz mumkin:
https://youtube.com/live/pPBYcybvZpI?feature=share

SamDCHTI Axborot xizmati
Telegram Instagram Veb-sayt Facebook YouTube Twitter
299 views05:45
Ochish/sharhlash
2023-02-09 17:10:48
#Alisher_Navoiy_582

Navoiyni yod etib . . .

SamDCHTI Axborot xizmati
Telegram Instagram Veb-sayt Facebook YouTube Twitter
298 views14:10
Ochish/sharhlash
2023-02-08 18:02:11


Belgorod milliy tadqiqot universiteti dotsenti Samarqand davlat chet tillar institutida faoliyat olib bormoqda

Xorijlik malakali mutaxassislarning sonini yanada oshirishda xorijiy davlatlarning O'zbekistondagi elchixonasi hamda turli xalqaro ta'lim tashkilotlar bilan ham hamkorlik aloqalari davom ettirilmoqda. Xabaringiz bo’lganidek, ta'lim sifatini yanada oshirish maqsadida o'quv jarayoniga xorijlik malakali mutaxassislar muntazam jalb etilib kelinmoqda.

Institutning Qo’shma ta’lim dasturlari fakulteti o’quv jarayonlariga jalb etilgan Belgorod milliy tadqiqot universiteti dotsenti Droga Marina Anatolevna xonim bugun fakultetda tahsil oluvchi talabalar ishtirokida seminar co'tkazdi.

Bundan bir necha kun oldin institut rektori va mutaxassis o’rtasida o’tkazilgan uchrashuvda talabalarni o'qitish borasida o'zaro fikrlar, takliflar almashinilib, amalga oshiriladigan ishlar bo’yicha mulohazalar yuritilgan
edi.

SamDCHTI Axborot xizmati
Telegram Instagram Veb-sayt Facebook YouTube Twitter
205 views15:02
Ochish/sharhlash