Get Mystery Box with random crypto!

Sharof Rashidov nomidagi SamDU akademik litseyi | rasmiy kanali

Telegram kanalining logotibi samdual_uz — Sharof Rashidov nomidagi SamDU akademik litseyi | rasmiy kanali S
Telegram kanalining logotibi samdual_uz — Sharof Rashidov nomidagi SamDU akademik litseyi | rasmiy kanali
Kanal manzili: @samdual_uz
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 67

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2023-02-18 10:43:01
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti akademik litseyida voyaga yetmaganlar hamda o’quvchi-yoshlar o’rtasida jinoyatchilikni oldini olish va gender tengligini tushuntirish maqsadida “Senda har doim to’g’ri tanlov bo’ladi”, “Xotin qizlarga zo’rovonlik millatga zo’ravonlik” shiorlari ostida mas'ullar tomonidan ochiq muloqot tashkil etildi. Muloqot davomida akademik litsey o'quvchilariga xotin-qizlarning gender tengligi buzilganligi, mobil qurilmalardan noto’gri maqsadda foydalanish oqibatlari, turli aldovlar komiga tushib qolganlar qismati aks etgan videroliklar qo'yib berildi. Ishonamizki Ichki Ishlar xodimlari tomonidan taqdim etilgan ushbu videoroliklar o’quvchilarimizni to’g’ri tanlov qilishlarida albatta yordam beradi.
31 views07:43
Ochish/sharhlash
2023-02-16 07:11:51
QUTLOV!!!
Sharof Rashidov nomidagi SamDU akademik litseyining aniq fanlar yo'nalishi 105-guruh o'quvchisi To'xtayeva Oydinoy Faxriddin qizi "Yosh kitobxon" ko'rik tanlovining Jomboy tuman bosqichida faxrli 2-o'rinni qo'lga kiritib, viloyat bosqichiga yo'llanma oldi. Akademik litsey jamoasi o'quvchimizni viloyat bosqichida faxrli o'rinlarni egallashida omad tilaydi.
Akademik litsey jamoasi.
22 views04:11
Ochish/sharhlash
2023-02-14 07:39:05
Sharof Rashidov nomidagi SamDU akademik litseyida "Ulug' siymolarga munosib farzand bo'laylik" shiori ostida ikki buyuk siymo Hazrati Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Boburlarning tavallud kunlariga bag'ishlab katta tadbir o'tkazildi. Bunda Navoiy va Bobur asarlari asosida tayyorlangan sahna ko'rinishlari tashrif buyurgan mehmon va o'quvchilarda katta qiziqish uyg'otdi.
19 views04:39
Ochish/sharhlash
2023-02-09 19:25:34
Sharof Rashidov nomidagi SamDU akademik litseyida "Ulug' siymolarga munosib farzand bo'laylik" shiori ostida o'tkazilayotgan tadbirlar doirasida 9-fevral kuni Hazrat Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi kuni munosabati bilan ertalabki saflanishda o'quvchilarga shoirning asarlari va g'azallari haqida ona tili va adabiyot o'qituvchilari D.Raxmatova hamda K.Qarshiyevlar qiziqarli ma'lumotlar berib o'tdi. Bu tadbirda akademik litsey o'quvchilari o'zlariga Alisher Navoiy haqida kerakli ma'lumotlarni olishdi.
25 views16:25
Ochish/sharhlash
2023-01-24 21:08:32
Алишер Навоийнинг “Маҳбуб-ул-қулуб” асари 18-фаслида ўқитувчилик меҳнати машаққати хусусида шундай дейилади:

“Унинг иши одам тугул, ҳатто девнинг ҳам қўлидан келмайди. Бир кучли киши бир ёш болани сақлашга ожизлик қилар эди, у эса бир тўда болага илм ва адаб ўргатади.
Лекин шуниси ҳам борки, болалар орасида фаҳми идроки озлари бўлади. Муаллим бу каби ҳолларда юзлаб машаққат чекади.
Шу жиҳатдан олганда, болаларда унинг ҳақи кўп, агар шогирд улғайгач, подшоҳлик мартабасига эришса ҳам унга (муаллим)га қуллуқ қилса арзийди”.
26 views18:08
Ochish/sharhlash
2023-01-05 22:30:08 Hurmatli professor-oʻqituvchilar, qadrli ota-onalar va talaba-oʻquvchilar!

Gidrometeorologiya xizmati markazi xabariga asosan 10-yanvardan boshlab, havo haroratining keskin pasayishi davrida aholi oʻrtasida, ayniqsa taʼlim tashkilotlarida mavsumiy gripp kasalligining keskin koʻpayishining oldini olish maqsadida oliy va professional taʼlim muassasalari, akademik litsey talaba-oʻquvchilari uchun qishki taʼtil muddati 2023-yil 18-yanvarga qadar uzaytirildi.

Dars mashg‘ulotlari 18-yanvardan boshlanadi.

Bu davrda taʼlim tashkilotlari pedagog va boshqa xodimlarga amaldagi ish haqi toʻlovlari saqlanib qoladi.

Shuningdek, taʼtil kunlari talabalar uchun ilmiy maqolalar tayyorlash boʻyicha onlayn seminarlar, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkaziladi.

Talaba-oʻquvchilarning oʻz taʼlim muassasalariga qaytishlariga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida avia hamda temir yoʻl chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirma berilishi muddati ham 2023-yilning 18-yanvariga qadar uzaytirildi.

Eng asosiysi, 9-yanvargacha xarid qilingan avia va temir yoʻl chiptalari bepul tarzda tegishli muddatga almashtirib beriladi.

Bundan tashqari, taʼtil uzaytirilishi munosabati bilan avia hamda temir yoʻllarda qoʻshimcha joy (reys)lar ajratiladi.

Ushbu davrda belgilangan dars mashgʻulotlari oʻquv yili davomida tigʻizlashtirib oʻqitiladi.


Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

Samdu.uz | Telegram | Instagram | Facebook | You tube
14 views19:30
Ochish/sharhlash
2022-12-31 18:23:02
12 views15:23
Ochish/sharhlash
2022-12-23 15:21:26 Maqsad qo'yish muhim

1979-yilda Garvard Universitetida bir ajoyib tadqiqot o’tkaziladi.
MBAning barcha bitiruvchilarga quyidagi savolni berishadi:

- “Hayotda Siz doim intiladigan aniq bir maqsadingiz bormi?”
Javoblar esa quyidagicha:

84% bitiruvchilar maqsadi yo’q ekanligini aytishgan

13% bitiruvchilar o’z maqsadlarini ayta olishgan faqat unga erishish uchun aniq bir strategiya yoki reja qilishmagan

3% bitiruvchilar esa ularni harakatga keltiruvchi maqsad borligini va boshqalardan farqli ravishda ularni yozib, erishish uchun aniq bir strategiya yoki reja tuzib qo’yishganliklarini e’tirof etishgan.

Keyinchalik tadqiqotchilar ularning hayotlarini 10 yil davomida kuzatishdi va quyidagi qiziqarli xulosaga kelishdi:

13% tasavvurida maqsadi bor bitiruvchilar bemaqsad yashayotgan 84% ga nisbatan hayotda 2 barobar muvaffaqiyatli bo’lishgan.

3% maqsadini yozib qo’ygan va har kuni unga qarab intilayotganlar esa jami 97% bitiruvchilardan 10 barobar muvaffaqiyatliroq bo’lishgan.

Demak inson hayoti davomida biror maqsad qo’ysa va unga intilsa, o’zining yashirin salohiyatlaridan 10-20 barobar unumliroq foydalanishi mumkin ekan.
16 views12:21
Ochish/sharhlash
2022-12-23 06:52:07
Энг сара 70та китоблардан бирини ютиб олишни истайсизми? Унда "Book uz" ҳамда "Rais Buva" ҳамкорлигида ташкил этилган танловда қатнашиб, омадингизни синаб кўринг!

Танловда иштирок этиш учун

https://t.me/bookuzbekistan_bot?start=1706390460
9 views03:52
Ochish/sharhlash
2022-12-17 13:22:43
16-dekabr kuni akademik litseyda “Zakovat” intellektual bilimlar bellashuvining kuzgi mavsum final bosqichi bo’lib o’tdi. Saralash bosqichlarida Algoritm, Kosmos, Buyuk kelajak, Best of the best, Ulug'bek izdoshlari, Al-Xorazmiy, Texniklar, Liderlar jamoalari muvofaqqiyatli ishtirok etib final boshqichiga yetib kelgan edi. Ikki turda tashkil etilgan final o’yinida Algoritm (Mahmudov Inomjon) jamoasi faxrli 3-o’rinni, Best of the best (Nurmuhammedova Iroda) jamoasi 2-o’rinni hamda 1-o’rinni Al-Xorazmiy (Himmatov Elmurod) jamoalari egallashdi.
Final bosqichida ishtirok etgan barcha jamoalar hamda ustozlariga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz.
18 views10:22
Ochish/sharhlash