Get Mystery Box with random crypto!

Maqsad qo'yish muhim 1979-yilda Garvard Universitetida bir aj | Sharof Rashidov nomidagi SamDU akademik litseyi | rasmiy kanali

Maqsad qo'yish muhim

1979-yilda Garvard Universitetida bir ajoyib tadqiqot o’tkaziladi.
MBAning barcha bitiruvchilarga quyidagi savolni berishadi:

- “Hayotda Siz doim intiladigan aniq bir maqsadingiz bormi?”
Javoblar esa quyidagicha:

84% bitiruvchilar maqsadi yo’q ekanligini aytishgan

13% bitiruvchilar o’z maqsadlarini ayta olishgan faqat unga erishish uchun aniq bir strategiya yoki reja qilishmagan

3% bitiruvchilar esa ularni harakatga keltiruvchi maqsad borligini va boshqalardan farqli ravishda ularni yozib, erishish uchun aniq bir strategiya yoki reja tuzib qo’yishganliklarini e’tirof etishgan.

Keyinchalik tadqiqotchilar ularning hayotlarini 10 yil davomida kuzatishdi va quyidagi qiziqarli xulosaga kelishdi:

13% tasavvurida maqsadi bor bitiruvchilar bemaqsad yashayotgan 84% ga nisbatan hayotda 2 barobar muvaffaqiyatli bo’lishgan.

3% maqsadini yozib qo’ygan va har kuni unga qarab intilayotganlar esa jami 97% bitiruvchilardan 10 barobar muvaffaqiyatliroq bo’lishgan.

Demak inson hayoti davomida biror maqsad qo’ysa va unga intilsa, o’zining yashirin salohiyatlaridan 10-20 barobar unumliroq foydalanishi mumkin ekan.