2022-06-28 08:06:26
20-iyundan SamDU akademik litseyiga hujjat qabul qilish boshlandi.
Bugun, 20-iyundan 2022/2023 oʼquv yili uchun akademik litseylarga umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilaridan hujjatlarni litsey.edu.uz portali orqali onlayn qabul qilish jarayonlari boshlandi.
Аbiturientlar roʼyxatdan oʼtish jarayonida tizimga shaxsiy maʼlumotlarni kiritish bilan birga quyidagi hujjatlarni elektron shaklda (PDF, JPEG formatda) yuklashlari lozim:
joriy yilda 9-sinfni bitirganlik toʼgʼrisidagi shahodatnoma;
3,5x4,5 sm oʼlchamdagi 1 ta rangli fotosurat;
oʼqishga imtiyozli kirish huquqini beruvchi hujjatlar — fan olimpiadasi, tanlovlar, musobaqa gʼolibi ekanligini tasdiqlovchi diplom, sertifikat, guvohnoma, shuningdek, chet tili va umumtaʼlim fanlarni bilish darajasi toʼgʼrisidagi milliy yoki xalqaro sertifikat (mavjud boʼlsa).
Аbiturientlar roʼyxatdan oʼtishda:
oʼzlari tanlagan uchtagacha akademik litseyning bittadan mos yoʼnalishini tanlashi (bunda taʼlim tili bir xil boʼlishi kerak);
qaysi chet tilidan kirish test sinovini topshirishini belgilashi.
Har bir abiturient oʼzi tanlagan hududda (Qoraqalpogʼiston Respublikasi, viloyatlar markazi yoki Toshkent shahrida) tashkil etiladigan kirish test sinovlarida ishtirok etadi.
*Qabul jarayonlari bilan bogʼliq qoʼshimcha maʼlumotlarni akademik litseylarda tashkil etilgan “Call-center” raqamlari (https://drive.google.com/file/d/1vFzoJAadK4k6g6Lmc92Ze83np0q2Q-4z/view?usp=sharing) orqali olishingiz mumkin.
* SamDU akademik litseyi
“Call-center” raqamlari (+99897-923-77-46, +99893-338-56-81, +99866-232-24-97).
* Agarda online hujjat topshirishda qiyinchilikka duch kelsangiz,
SamDU akademik litseyida tashkil etilgan “online hujjat topshirishga ko’maklashish markazi”ga kelishingiz mumkin.
7 views05:06