Get Mystery Box with random crypto!

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti akademi | Sharof Rashidov nomidagi SamDU akademik litseyi | rasmiy kanali

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti akademik litseyida voyaga yetmaganlar hamda o’quvchi-yoshlar o’rtasida jinoyatchilikni oldini olish va gender tengligini tushuntirish maqsadida “Senda har doim to’g’ri tanlov bo’ladi”, “Xotin qizlarga zo’rovonlik millatga zo’ravonlik” shiorlari ostida mas'ullar tomonidan ochiq muloqot tashkil etildi. Muloqot davomida akademik litsey o'quvchilariga xotin-qizlarning gender tengligi buzilganligi, mobil qurilmalardan noto’gri maqsadda foydalanish oqibatlari, turli aldovlar komiga tushib qolganlar qismati aks etgan videroliklar qo'yib berildi. Ishonamizki Ichki Ishlar xodimlari tomonidan taqdim etilgan ushbu videoroliklar o’quvchilarimizni to’g’ri tanlov qilishlarida albatta yordam beradi.