Get Mystery Box with random crypto!

Sharof Rashidov nomidagi SamDU akademik litseyi | rasmiy kanali

Telegram kanalining logotibi samdual_uz — Sharof Rashidov nomidagi SamDU akademik litseyi | rasmiy kanali S
Telegram kanalining logotibi samdual_uz — Sharof Rashidov nomidagi SamDU akademik litseyi | rasmiy kanali
Kanal manzili: @samdual_uz
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 67

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-04-18 21:40:20 Litseylarga hujjat topshirish 1-iyundan boshlandi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga “Akademik litseylarga oʻquvchilarni oʻqishga qabul qilish, oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlatish tartibini takomillashtirish haqida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

Qaror bilan tasdiqlanishi nazarda tutilgan Nizomga ko‘ra:

Akademik litseylarga abituriyentlarni о‘qishga qabul qilish uchun rо‘yxatdan о‘tkazish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy veb-sayti orqali har yili 1-iyundan 30-iyunga qadar bepul amalga oshiriladi.

Abituriyent о‘zi tо‘g‘risida taqdim etilgan ma’lumotlariga 30-iyundan sо‘ng о‘zgartirish va qо‘shimchalar kiritishi taqiqlanadi.

Shuningdek:

imtihonlar (dastlabki yozma imtihon va kirish test sinovlari) akademik litseyda ta’lim olib boriladigan tilda (о‘zbek, rus, qoraqalpoq tili) о‘tkaziladi;

imtihon (dastlabki yozma imtihon va kirish test sinovlari) materiallari (topshiriqlari) umumta’lim fanlari (5-9 sinflar) dasturlari asosida tuziladi;

dastlabki yozma imtihon natijalari qoniqarli va undan yuqori baholangan abituriyentlarga Bilimni baholash agentligi tomonidan о‘tkaziladigan kirish test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat beriladi;

abituriyentlarning dastlabki yozma imtihonda tо‘plangan ballari tanlov natijalarini e’lon qilishda inobatga olinmaydi.
26 views18:40
Ochish/sharhlash
2023-04-12 11:47:14
Joriy yil 11-aprel kuni akademik litseyimizning tabiiy fanlar kafedrasi o'qituvchilari X.Quybakov va A.Turopovlar aniq fanlar-texnika yo'nalishida tahsil olayotgan bitiruvchi kurs o'quvchilarini SamDU Muhandislik fizikasi institutining ilmiy va o'quv laboratoriya bo'limini ilmiy ishlari bilan yaqindan tanishtirish uchun institutga tashrif buyurdi.
26 views08:47
Ochish/sharhlash
2023-04-08 21:22:35
Sharof Rashidov nomidagi SamDU akademik litseyida 6-aprel kuni buyuk Sohibqiron Amir tavalludining 687 yilligiga bag‘ishlangan "Ajdodlarimizga munosib farzand bo‘laylik" shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir avvalida o‘quvchilar tomonidan Sohibqiron Amir Temurning harbiy sanʻati, hayoti va faoliyati, "Temur tuzuklari"dan parchalar,Temuriylar davrining boy maʻnaviy merosi, bunyod etilgan obidalar va yodgorliklar kabi mavzularda qiziqarli maʻlumotlar berib oʻtildi. Iste‘dodli o‘quvchilar tomonidan sahna koʻrinishlari ham namoyish etildi.Tadbir davomida ajoyib raqs va jonli ijroda qo‘shiqlar ijro etildi.
23 views18:22
Ochish/sharhlash
2023-04-08 21:22:26
2023-yil 3-aprel kuni Sharof Rashidov nomidagi SamDU akademik litseyida Malayziya davlatining Q-Study kompaniyasi delegatsiyasi vakillari “International Study Abroad Education Expo 2023” xalqaro taʼlim ko‘rgazmasini tashkil etdi.
Malayziya davlatining 12 dan ortiq yetakchi oliy taʼlim muassasalari o‘z ko‘rgazmalari bilan ishtirok etishdi.
Ko‘rgazmaga tashrif buyurgan o‘quvchilar ushbu oliy o‘quv yurtlaridagi taʼlim jarayoni haqidagi maʼlumotlarga ega bo‘lishlari bilan bir qatorda o‘zlari qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.
22 views18:22
Ochish/sharhlash
2023-04-04 15:55:12 СамДУ академик лицейини 2023-2024 ўқув йили бўйича туманларда ўтказиладиган учрашувлар жадвали
18 views12:55
Ochish/sharhlash
2023-04-04 15:55:04
18 views12:55
Ochish/sharhlash
2023-04-04 15:53:54
17 views12:53
Ochish/sharhlash
2023-04-04 15:53:53
16 views12:53
Ochish/sharhlash
2023-04-04 15:53:53
14 views12:53
Ochish/sharhlash
2023-04-04 15:53:53
14 views12:53
Ochish/sharhlash