Get Mystery Box with random crypto!

Jaloliddin Rumiy Aforizmlari📚

Telegram kanalining logotibi rumiy_aforizmlariuz — Jaloliddin Rumiy Aforizmlari📚
Kanaldagi mavzular:
Писхалогик
Ибрат
Мулоҳаза
Foydali
Sogʻlomhayot
All tags
Kanal manzili: @rumiy_aforizmlariuz
Toifalar: Iltimoslar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 61.37K
Kanalning ta’rifi

Jaloliddin Rumiy muhlisi tomonidan ochilgan ilmiy-ma'rifiy blog 📚
🗓 02-avgust 2020
Reklama uchun : https://t.me/rek_info/1353
Admin: https://t.me/Talabalar_Admini
Bizni Instagramda ham kuzatib boring⤵️
instagram.com/Rumiy_Aforizmlari

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 589

2021-05-05 09:33:45 Yuqoridagi postimizning davomi
15.8K viewsRumiy Aforizmlari , edited  06:33
Ochish/sharhlash
2021-05-05 09:25:38
Qadrligim Bir o‘yin o‘ynasak, nima deysiz?

Quyida 1 dan 50 gacha bo‘lgan raqamlarning har biri ostiga, har birimizning qo‘limizdan keladigan bittadan solih amal yashirilgan. Siz bu raqamlardan xohlaganingizni tanlaysiz, ustiga bosasiz, va qaysi amal chiqsa, uni bajarasiz, savoblar olasiz....

Tayyor bo‘lsangiz, boshladik:

• 01 • 02 • 03 • 04 • 05 • 06 • 07 • 08 • 09 • 10 • 11 • 12 • 13 • 14 • 15 • 16 • 17 • 18 • 19 • 20 • 21 • 22 • 23 • 24 • 25 • 26 • 27 • 28 • 29 • 30 • 31 • 32 • 33 • 34 • 35 • 36 • 37 • 38 • 39 • 40 • 41 • 42 • 43 • 44 • 45 • 46 • 47 • 48 • 49 • 50 •

Javoblar
21.8K viewsRumiy Aforizmlari , edited  06:25
Ochish/sharhlash
2021-05-05 08:01:10 #Öqing

​​Bir kamzulim bor edi,
Kiysa, odam uyalar,
Chunki olmadek joyin,
Yeb qo‘yishgan kuyalar.
Qishda uni ehson deb,
Berdim muhtoj qo‘shnimga,
O‘sha kuni shu kamzul,
Kirib qoldi tushimga,

O‘tganmishman olamdan,
Chorshanbaning tongida,
Turganmishman do‘zaxning,
Shundoqqina yonida.

Emishman shir yalong‘och,
Na molim bor va na pul,
Ko‘zlarimda dahshatu
Qo‘limda yirtiq kamzul

Oh, u olov, u azob!
Qovrilarmish odamlar,
Qayta-qayta yonishib,
Sovrilarmish odamlar.

O‘t mengayam urarmish,
Yoqay deb yuz, ko‘zimni,
Shu teshik kamzul bilan,
To‘sarmishman o‘zimni.

Faqat, yirtiq joyidan,
Har gal jonim kuyganda,
Der emishman: «Qaniydi,
Kamzul butun bo‘lganda».

Essizgina tiriklik,
Qursin kiyib, yeganim,
Shumi yorug‘ dunyodan,
O‘zimga obkelganim ?!

Oh, qo‘shnim-a, shungayam
Suyunib "Rahmat!" degan,
Olgani-chun rahmatni —
Men aytsam bo‘lar ekan.

Kiyimlarim javonga,
Sig‘ib turardi arang,
Sandiqda qancha lattam —
Qolib ketdi, eh, attang.

Qarindoshlar ichra ham
Qiynalganlar bor edi,
Chehrasidan bilardim,
Kim nimaga zor edi.

Gadoy so‘rasa yuz so‘m,
Javrardim ensam qotib,
Tabassum bilan emas,
Berdim yuziga otib.

Bilsam, muhtoj qo‘liga —
Tutqazganim bir tillo,
Oxirat sandig‘imga —
Tusharkan bo‘b ming tillo.

Yig‘ib merosxo‘rlarga —
Qolib ketar molimni,
O‘ylamabman o‘zim-la —
Olib ketar molimni.

Yoshligimda har neni —
Deyaversam "meniki ",
Bobom derdi: "Ey, bolam,
Bergan narsang — seniki.

Kiyintirgan kiyinar,
Yedirganlar yeydilar,
Birini kiysang, birin —
Ehson qilgin ", derdilar.

"Shosh, — derdilar, — yaqinda —
Muhtoj odam qolmaydi,
Sadaqa qilay desang,
Hech bir odam olmaydi.

Xoh yashirin, xoh oshkor,
Ehson qilgin ko‘pmi, oz,
Hatto, tabassuming ham —
Jannatga bir imtiyoz.

Qarashib qol, Shoislom,
Miskinning osh, noniga,
O‘lmay turib, kirib ol —
Jannatning ayvoniga ".

Yirtiq kamzulni ushlab,
Bir narsani o‘ylardim:
Bilganimda to‘nimni,
Ehson qilgan bo‘lardim.


Marhabo Karimova

••┄┄┄❅┄┄┄•••
@Rumiy_AforizmlariUz /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
21.9K viewsⒼ︎'Ⓐ︎Ⓝ︎Ⓘ︎Ⓢ︎Ⓗ︎Ⓔ︎Ⓡ︎, edited  05:01
Ochish/sharhlash
2021-05-05 07:44:28
Ey Sevgilim!
Sen mening ich-ichimda qonab turgan yaramsan...
Agar Seni qanchalar sog‘inganimni bilganingda edi,
Yo‘qligingdan uyalar eding...

Jaloliddin Rumiy

••┄┄┄❅┄┄┄•••
@Rumiy_AforizmlariUz /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
12.6K viewsⒼ︎'Ⓐ︎Ⓝ︎Ⓘ︎Ⓢ︎Ⓗ︎Ⓔ︎Ⓡ︎, 04:44
Ochish/sharhlash
2021-05-04 19:34:08
Biz kimnidir borligi bilan bor bo‘lmadik...
In shaa Alloh, yo‘qligi bilan ham kamayib qolmaymiz...
Chunki Alloh biz bilan...

••┄┄┄❅┄┄┄•••
@Rumiy_AforizmlariUz /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
16.2K viewsⒼ︎'Ⓐ︎Ⓝ︎Ⓘ︎Ⓢ︎Ⓗ︎Ⓔ︎Ⓡ︎, 16:34
Ochish/sharhlash
2021-05-04 19:00:48
#tabassum

– Dadasi meni hech tushingizda ko‘rasizmi?
– Yo‘q men uxlashdan oldin Oyatal kursi o‘qib yotaman! ))


••┄┄┄❅┄┄┄•••
@Rumiy_AforizmlariUz /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
15.1K viewsⒼ︎'Ⓐ︎Ⓝ︎Ⓘ︎Ⓢ︎Ⓗ︎Ⓔ︎Ⓡ︎, 16:00
Ochish/sharhlash
2021-05-04 17:49:01
Qachon yaxshi niyat qilsangiz, Alloh ham ahvolingizni yaxshilaydi.

Qachon boshqalarga
yaxshilikni ravo ko‘rsangiz, o‘ylamagan
tomoningizdan yaxshilik kelaveradi.

Boshqalarni baxtiyor qilish uchun yashasak, Alloh boshqalarni baxtiyor qilish orqali
bizni ham rizqlantiradi.

Siz olishni emas, berishni o‘ylang.
Har gal berganingizda,
o‘zingiz so‘ramasangiz ham olaverasiz.

Xayrli oqshom niyati sof,yaxshilik ulashuvchi qadrligim...


Iftorligingizdan qo‘shniga ham ulashib qo‘ying)


@JaloliddinRumiyy

••┄┄┄❅┄┄┄•••
@Rumiy_AforizmlariUz /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
13.2K viewsⒼ︎'Ⓐ︎Ⓝ︎Ⓘ︎Ⓢ︎Ⓗ︎Ⓔ︎Ⓡ︎, 14:49
Ochish/sharhlash
2021-05-04 16:59:01
Xafa bo‘lganingda xafa bo‘ladigan,
sevinganingda sevinadigan va senga Allohni eslatadigan do‘stlarni top!

Jaloliddin Rumiy

••┄┄┄❅┄┄┄•••
@Rumiy_AforizmlariUz /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
12.8K viewsⒼ︎'Ⓐ︎Ⓝ︎Ⓘ︎Ⓢ︎Ⓗ︎Ⓔ︎Ⓡ︎, 13:59
Ochish/sharhlash
2021-05-04 15:59:01
​​Halol luqma

(Tasavvufiy hikoyalar turkumidan)

Shohi Naqshband hazratlari tasavvufda holini yo‘qotganini aytgan bir shogirdiga:
- Yegan luqmangni halolmi yo‘qmi surishtir?, - dedilar.
Shogirdi surishtirganda yegulikni pishirar ekan o‘choqda halolligi
shubhali bo‘lgan bir o‘tin yoqqanini aniqlab tavba qildi.
Boshqa bir shogirdi esa:
- Namozni qanday qilib hushu’ va huzu’ ila ado etish mumkin, - deb
so‘raganda unga javoban shunday dedi:
- Hotirjam holda halol luqma yeysan, hotirjam tahorat olasan va
namozni boshlayotgan vaqtingda iftihoh takbirini kimning huzurida turganingni bilgan va anglagan holda aytasan.


Turk tilidan Go‘zal Mirzayeva tarjimasi

••┄┄┄❅┄┄┄•••
@Rumiy_AforizmlariUz /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
12.7K viewsⒼ︎'Ⓐ︎Ⓝ︎Ⓘ︎Ⓢ︎Ⓗ︎Ⓔ︎Ⓡ︎, 12:59
Ochish/sharhlash
2021-05-04 07:59:25 ​​Hayotiy hikoya (@Rumiy_AforizmlariUz)

Bir kuni Mavlono Jaloliddin Rumiy hazratlari masjidga borish uchun uylaridan chiqibdilar. Kutilmaganda, ustlaridagi liboslari uchliroq narsaga ilinib biroz yirtilibdi.
Shunda holatni kuzatib turgan ayollari:
– Libosingizni yeching, tikib beraman, – debdi.
– Sen igna bilan ipni olib kelaver, men shu yerda kutib turaman, – deb javob qilibdilar Mavlono.
Ayollari uydan igna-ip olib chiqqach shunday debdi:
– Qani, libosingizni yechib bering-chi!
– Sen ustimda turgan holida tikaver, jamoatdan kech qolib ketmay.
– Yaxshi, faqat mana bu bir qarich ipni og‘zingizga solib tilingiz bilan aylantirib turing. Aytishlaricha, kiyim kishining egnidaligida tikilsa, og‘izga nimadir solib turish kerak ekan. Bo‘lmasa, har xil yomonliklar sodir bo‘larmish.
– Sen bu ipingni qo‘y, mening og‘zim esa bo‘sh turmaydi!..
Hazrat Rumiyning ayollari itoat qilib libosning yirtilgan joyini tikishga kirishibdilar. Mavloning tilida esa bir qarich ip o‘rniga “La ilaha illalloh” kalimasi aylana boshlabdi.


••┄┄┄❅┄┄┄•••
@Rumiy_AforizmlariUz /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
17.2K viewsⒼ︎'Ⓐ︎Ⓝ︎Ⓘ︎Ⓢ︎Ⓗ︎Ⓔ︎Ⓡ︎, 04:59
Ochish/sharhlash