Get Mystery Box with random crypto!

​​Halol luqma (Tasavvufiy hikoyalar turkumidan) Shohi Naqs | Jaloliddin Rumiy Aforizmlari📚

​​Halol luqma

(Tasavvufiy hikoyalar turkumidan)

Shohi Naqshband hazratlari tasavvufda holini yo‘qotganini aytgan bir shogirdiga:
- Yegan luqmangni halolmi yo‘qmi surishtir?, - dedilar.
Shogirdi surishtirganda yegulikni pishirar ekan o‘choqda halolligi
shubhali bo‘lgan bir o‘tin yoqqanini aniqlab tavba qildi.
Boshqa bir shogirdi esa:
- Namozni qanday qilib hushu’ va huzu’ ila ado etish mumkin, - deb
so‘raganda unga javoban shunday dedi:
- Hotirjam holda halol luqma yeysan, hotirjam tahorat olasan va
namozni boshlayotgan vaqtingda iftihoh takbirini kimning huzurida turganingni bilgan va anglagan holda aytasan.


Turk tilidan Go‘zal Mirzayeva tarjimasi

••┄┄┄❅┄┄┄•••
@Rumiy_AforizmlariUz /
Ma'nolarning tuganmas jilosi