Get Mystery Box with random crypto!

​​Hayotiy hikoya (@Rumiy_AforizmlariUz) Bir kuni Mavlono Jal | Jaloliddin Rumiy Aforizmlari📚

​​Hayotiy hikoya (@Rumiy_AforizmlariUz)

Bir kuni Mavlono Jaloliddin Rumiy hazratlari masjidga borish uchun uylaridan chiqibdilar. Kutilmaganda, ustlaridagi liboslari uchliroq narsaga ilinib biroz yirtilibdi.
Shunda holatni kuzatib turgan ayollari:
– Libosingizni yeching, tikib beraman, – debdi.
– Sen igna bilan ipni olib kelaver, men shu yerda kutib turaman, – deb javob qilibdilar Mavlono.
Ayollari uydan igna-ip olib chiqqach shunday debdi:
– Qani, libosingizni yechib bering-chi!
– Sen ustimda turgan holida tikaver, jamoatdan kech qolib ketmay.
– Yaxshi, faqat mana bu bir qarich ipni og‘zingizga solib tilingiz bilan aylantirib turing. Aytishlaricha, kiyim kishining egnidaligida tikilsa, og‘izga nimadir solib turish kerak ekan. Bo‘lmasa, har xil yomonliklar sodir bo‘larmish.
– Sen bu ipingni qo‘y, mening og‘zim esa bo‘sh turmaydi!..
Hazrat Rumiyning ayollari itoat qilib libosning yirtilgan joyini tikishga kirishibdilar. Mavloning tilida esa bir qarich ip o‘rniga “La ilaha illalloh” kalimasi aylana boshlabdi.


••┄┄┄❅┄┄┄•••
@Rumiy_AforizmlariUz /
Ma'nolarning tuganmas jilosi