Get Mystery Box with random crypto!

Mantiq

Telegram kanalining logotibi ratsional — Mantiq M
Telegram kanalining logotibi ratsional — Mantiq
Kanal manzili: @ratsional
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 1.11K
Kanalning ta’rifi

Bu kanalda sizdagi stereotiplar buzilishi, ishonchingizga va orttirgan bilimlaringizga to’g’ri kelmaydigan maqolalar e’lon qilinishi mumkin.
Oʻzgarish yoki avvalgidek qolish o'zingizga bogʻliq, zero tirik qolish majburiyat emas.
Chat: @ratsional_group

Ratings & Reviews

5.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2020-05-20 22:31:29 ​​Konspiralogiya

Menimcha ko'pchiligingiz turli hil odamlarni saraton kasaliga davo topganini, tez ozdirish yo'lini bilishini, yoki bo'lmasam yoqilg'i talab qilmaydigan generator o'ylab topganini eshitib qolgan bo'lsangiz kerak. Ularni bog'lab turgan eng katta jihatlari ularning barchasini olimlar tan olishni hohlashmaydi va katta katta tadbirkorlar (masalan neft baza egalari, farmotseftika fabrikasi borlar) juda yomon ko'rishadi. Butun dunyo kelishib olib ularning kashfiyotlarini yo'qotmoqchi bo'lishadi. Keyin esa bunga yo'l qo'ymaslik uchun unga yordam berishingizni so'raydilar. Ba'zilari hatto o'z mahsulotlarini sizga sotmoqchi ham bo'lishadi.
Yana boshqa turdagi yolg'onchilar bu ba'zi bir o'zini blogger deb atab olgan "lo'ttibozlar" dir. Ular shunchaki odam to'plash maqsadida qandaydir be'mani ertaklar to'qib chiqarishadi. Xozir trendga aylangan mavzu: virusni ataylab biznesmenlar tarqatganini soatlab beo'xshov argumentlar bilan isbotlab o'tirishadi (bittasi rangli printerdan oddiy oq qog'ozga chiqarilgan kalendarni ushlab olib 20 20, birinchi 20 yashil ikkinchi 20 ko'kda yozilgan, ikkalasini qo'shsa sariq rang bo'ladi, bu koronavirusni rangi deb o'tiribdi ). Ba'zilar esa yerning tekis ekanligiga ham isbot dalil topib berishadi.
Ya'na ba'zilari o'zini zo'r ekanligini ko'rsatish uchun huddiki uning ortidan Amerika agentlari, Rossiya shpionlari tushgandek ko'rsatadi. Ya'ni u aytib berayotgan narsalar AQSH va Rossiyaning maxfiy siri.
Aqlini ishlatmaydigan odamlar uchun bundaylar ularning ko'ziga avliyodek ko'rinadi go'yo. Huddiki butun dunyodagi sirlarni shu odam biladigandek (shu hammadan yashirilgan sirni sendan yashira olishmabdida qara).

Bular yolg'on gapirayotganini qayerdan bilamiz?
Avvalo bunday lofchilar o'zining haqligiga keltiradigan argumentlar qandaydir multfilmlar (simpsonlarni argument qilish rosa urf bo'lgan), qandaydir hechkim ko'rmagan e'lonlar, yoki qaysidir serialning qaysidir seriasining qaysidir vaqti va boshqa shunga o'xshagan be'mani narsalardan iborat. Asosli tuzukroq dalil so'rasangiz darrov sizni ham shu tizimda miyyangizni formatlashganini va shu formatdan chegaraga chiqa olmasligingizni aytishadi. Boshqa dalil yo'q.
Undan tashqari biz abduksiya qoidalarini yaxshi bilamiz. Unga ko'ra konspiralogik argumentni inkor qilish yo'li mavjud emas. Asosli argumentni esa inkor qilish uslubi bo'lishi kerak.

Postning mazmuni shundan iboratki, qayerdadir biror kim shunga o'xshash mavzuda vaj o'qiyotganiga ko'zingiz tushib qolsa, bilingki bu odam sizni aldab pulingizni olmoqchi, yoki miyyangizni har hil be'maniliklar bilan zaharlab oxir oqibatda esa baribir pulingizni olmoqchi.
Albatta siz bo'lmasangiz boshqa odam bu narsalarga ishonadi. Bu parazitlar esa o'shanday axmoq odamlar hisobiga yashashda davom etaveradi. Nima ham qila olardik, "Лох не мамонт, лох не вымрет"(axmoq mamont emas, axmoqlar qirilib ketmaydi).
Shunday ekan aldovlarga uchub parazitlarning ko'payishiga sharoit yaratib bermang.

Fikrlashdan to'xtamang.
@ratsional
11.4K views19:31
Ochish/sharhlash
2020-05-20 00:36:23 ​​Mantiq zamonaviy ekzortsizm kabi

Bahsda mantiq va uning uslublarini ishlatish huddi ekzotsizm (jinlarni haydash rituali)ni eslatadi. Inson qancha kuchli "haq" bo'lib chiqishni hohlasa, shuncha kuchli tipirchilaydi. U yutkazishga yaqin qolganda uning harakatlari bechoraning ichiga kirib olgan qandaydir parazitning o'lim oldidan talvasaga tushishiga o'xshaydi.

Mavzuni boshqa tomonga olib qochish, g'alchalik, raqibni xaqoratlash va boshqa turli hil bemanigarchiliklar paydo bo'ladi. Agar yana bir oz davom etsang xaqiqy to'lg'oq paydo bo'lib undan haqiqiy "shayton" chiqib keladigandek.

obraz.io dan olindi.

@ratsional
2.0K viewsedited  21:36
Ochish/sharhlash
2020-05-16 23:00:19 ​​Atrof muhitning shubhalanish qobiliyatiga taʼsiri

Odam jinlarga, folbinlarga, yalmog‘izlarga va arvohlarga barcha shak-shubhasiz ishonadigan jamiyatda ulg‘aysa, unga ham bu narsalardan shubhalanish hayoli kelmaydi.

Bu nafaqat “afsonaviy” voqealarga, balkim odatiy turmush tarzidagi holatlarga ham taalluqli (har xil irimlar, g‘alati marosim va udumlar).

Djim Devis, "Jozibadorlik nazariyasi" (Теория притягательности).

@ratsional
3.7K views20:00
Ochish/sharhlash
2020-05-14 21:03:57 #hazil
Odamlar ikki turga bo'linadi. Birinchi turdagilar kinoya(sarkazm) nima ekanligini tushinishadi. Qolganlar esa dunyodagi eng aqlli odamlar!

@ratsional
1.9K viewsedited  18:03
Ochish/sharhlash
2020-05-13 07:41:00 ​​Dunyoviy e'tiqod

Dunyoviy e'tiqodning diniy e'tiqoddan farqi shundaki, diniy e'tiqoddagi odamlar ishonadigan narsalarni tajriba o'tkazib tekshirib bo'lmaydi (masalan Muhammad s.a.v. ning kosmosga Buqrada uchub chiqgani, yoki xudo bor yo'qligini tajriba o'tkazib bilib bo'lmaydi). Lekin dunyoviy e'tiqoddagi odamlar ishonadigan narsalarini (masalan GMO ning odamga ta'siri, platsebo effekti qanchalik ish berishini) tajriba qilib osongina tekshirib ko'rish mumkin. Afsuski, bu e'tiqod egalari o'zlari ishonadigan narsalarni tajriba qilib ko'rgilari kelmaydi. Boshqalar o'tkazgan tajribalarni esa tan olishmaydi. Ming afsuski bunday odamlar kundan kunga ko'payib bormoqda. Ularning talablarini qondirish uchun esa yangidan yangi qonunlar (GMO maxsulotlarini ta'qiqlash, platsebo bilan davolovchi klinikalar ochishga ruxsat berish) kuchga kirmoqda. Bu esa achinarli hol albatta.

Fikrlashdan to'xtamang.
@ratsional
3.8K views04:41
Ochish/sharhlash
2020-05-11 07:41:00 Nega ovqat sho'r bo'lib qolsa, tuzni ko'p qo'shib yubordik deb aybni o'zimizdan qidiramiz. Ahir qo'shni bildirmay chiqib tuz solib ketgan bo'lishi yoki "uy ajinasi" ataylab ovqatingizni sho'r qilib qo'ygan bo'lishi ham mumkinku?
Nega aynan shu sababni tanlaganingizni tushintirib bera olasizmi?
Chunki abduksiya shunday talab qo'yadi.
Biz doimiy hayotimizda abduksiyadan ko'p foydalanamiz. Lekin gap biroz murakkabroq narsalar haqida ketganda uni unitib qo'yamiz. Buning oldini olish uchun abduksiya bilan batafsil tanishib chiqish kerak.

Abduksiya

@ratsional
2.8K views04:41
Ochish/sharhlash
2020-05-09 18:52:39
#hazil
- Meni tabriklashlaridan qandaydir ma'no bormi? Axir urushdan 48 yil keyin tug'ilgan bo'lsam!?
- Shu sizni urush payti tug‘ilmay g‘alaba uchun katta hissa qo‘shganingizga tabriklashyabdida.

Bayram muborak!
@ratsional
2.2K viewsedited  15:52
Ochish/sharhlash
2020-05-08 12:39:59 ​​​​​​Shaxsiy fikrga ega bo‘lish huquqi

Menga baʼzida "Mantiqiy fikrlash" degan narsa yo‘q deb aytishadi, chunki, bitta savolga juda ko‘plab turli xil javoblar bo‘lishi mumkin va har kim bu savolga javob berishda o‘z dunyoqarashlaridan kelib chiqib javob beradi. Menga "fikrlashning yaxshiroq uslubi" yo‘q deb isbotlamoqchi bo‘lishadi. Men har kimning o‘z fikriga ega bo‘lishi kerakligiga qo‘shilaman, shunga qaramay bir fikrlar boshqasidan yaxshiroq bo‘ladi.

Misol: agar siz homilador ayollarga ko‘p miqdorda alkogol ichimliklar ichish foydali deb hisoblasangiz, bu fikringizni ishonchli argumentlar bilan mustahkamlashingizga to‘g‘ri keladi (bu holatda esa bunday argumentlar mavjud emas).

Homilador ayollar alkogol ichishi kerak bo‘lib qolsa eng kam miqdorda ichishlari kerak degan qarshi fikr esa alkogolning homila rivojlanishiga juda yomon taʼsiri o‘rganilgan ko‘plab tadqiqotlar va laboratoriya tekshiruv natijalari bilan tasdiqlanishi mumkin.

Xuddi shunday har kim munajjimlar bashoratlariga ishonish huquqiga ega, lekin ayni paytda bu kabi fikrlarning to‘g‘ri ekanligiga asosli dalillar mavjud emas. Hamma fikr ham bir hilda asosga ega emas.

Xalpern Dayana, "Tanqidiy fikrlash psixologiyasi"

@ratsional
3.3K viewsedited  09:39
Ochish/sharhlash
2020-04-07 10:33:20 #hazil
Falsafa javob qidirayotgan savollar:
1. O'limdan so'ng nima bo'ladi?
2. Biz nima uchun yaralganmiz?
3. Bugun nima ovqat qilay?

@ratsional
2.8K viewsedited  07:33
Ochish/sharhlash
2020-02-17 20:54:15 Yolg'on ishlatmay manipulyatsiya qilish

Bitta ma'lumotni ikki xil usulda yetkazib ikki xil natijaga erishish mumkin. Masalan:
1. O'zbekistondagi yetuk sportchilardan biri, olimpiada chempioni vahshiylarcha o'ldirildi.
2. Tungi klubda ichib olib xizmatchilarga pichoq bilan hujum qilib ularni jarohatlagan yigit o'zi ham og'ir jarohatlardan o'lim topdi.

Umuman olib qaraganda har ikkala ma'lumotda ham yolg'on yo'qdek. Lekin, bu ikki xabarda sizni manipulyatsiya qilib qaysidir "jamoa"ni tarafini olishga undashmoqda.

Bunday xabarlarni ko'rganda hissiyotga berilmay voqeaning tafsilotlari bilan batafsil tanishib chiqib so'ng xulosa chiqarish maqsadga muvofiq.

Bir guruh odamni o'zboshimchalik bilan noqonuniy joyga uy qurib olganligida ayblash ham mumkin, huddi o'sha odamlarni militsiya xodimlari tomonidan kaltaklanganligini aytib jabrdiyda qilib ko'rsatish mumkin. So'ngi xulosani chiqarish esa o'zingizdan

@ratsional
4.7K viewsedited  17:54
Ochish/sharhlash