Get Mystery Box with random crypto!

​​Dunyoviy e'tiqod Dunyoviy e'tiqodning diniy e'tiqoddan farq | Mantiq

​​Dunyoviy e'tiqod

Dunyoviy e'tiqodning diniy e'tiqoddan farqi shundaki, diniy e'tiqoddagi odamlar ishonadigan narsalarni tajriba o'tkazib tekshirib bo'lmaydi (masalan Muhammad s.a.v. ning kosmosga Buqrada uchub chiqgani, yoki xudo bor yo'qligini tajriba o'tkazib bilib bo'lmaydi). Lekin dunyoviy e'tiqoddagi odamlar ishonadigan narsalarini (masalan GMO ning odamga ta'siri, platsebo effekti qanchalik ish berishini) tajriba qilib osongina tekshirib ko'rish mumkin. Afsuski, bu e'tiqod egalari o'zlari ishonadigan narsalarni tajriba qilib ko'rgilari kelmaydi. Boshqalar o'tkazgan tajribalarni esa tan olishmaydi. Ming afsuski bunday odamlar kundan kunga ko'payib bormoqda. Ularning talablarini qondirish uchun esa yangidan yangi qonunlar (GMO maxsulotlarini ta'qiqlash, platsebo bilan davolovchi klinikalar ochishga ruxsat berish) kuchga kirmoqda. Bu esa achinarli hol albatta.

Fikrlashdan to'xtamang.
@ratsional