Get Mystery Box with random crypto!

Mantiq

Telegram kanalining logotibi ratsional — Mantiq M
Telegram kanalining logotibi ratsional — Mantiq
Kanal manzili: @ratsional
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 1.11K
Kanalning ta’rifi

Bu kanalda sizdagi stereotiplar buzilishi, ishonchingizga va orttirgan bilimlaringizga to’g’ri kelmaydigan maqolalar e’lon qilinishi mumkin.
Oʻzgarish yoki avvalgidek qolish o'zingizga bogʻliq, zero tirik qolish majburiyat emas.
Chat: @ratsional_group

Ratings & Reviews

5.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-04-15 10:28:22 Dunyoda 7 mlrddan ortiq odam bor. Ishonaver, qanchalik be'mani fikrda bo'lma, sen bilan hamfikr bo'ladiganlar talaygina.

@ratsional
2.6K views07:28
Ochish/sharhlash
2022-02-27 18:25:02 Eng havfli dushman, yo'qotishga hechnarsasi qolmagan dushmandir.
Bunday dushman harqancha zaif bo'lmasin, u hechqachon jang qilishdan to'xtamaydi. O'zi bilan birga atrofdagilarni ham jarlikka tortishi mumkin, lekin ortga qaytmaydi. U uchun na o'z yaqinlarinig taqdiri, na xalqining taqdiri qiziq emas.
Bunday dushmanga duch kelganda hech ikkilanmay butunlay zararsizlantirish zarur. Aks holda, barcha jabr ko'radi.

@ratsional
4.6K views15:25
Ochish/sharhlash
2022-02-25 23:24:57 Eng achinarlisi shundaki, axborot jangida doimo, haqiqatni gapirgan taraf mag'lub bo'ladi. Chunki u haqiqat bilan chegaralangan, yolg'onchi bo'lsa istagan axmoqgarchilikni gapirishi mumkin.
Robert Shekli

@ratsional
3.7K views20:24
Ochish/sharhlash
2022-02-24 23:38:17 ​​Boshlagan ishingni oxiriga yetkaz.

Yoshligimizdan bizga boshlagan ishimizni oxiriga yetkazishimiz shartligini uqtirishadi. Yarim yo’lda tashlab qo’ydikmi, demak kuchsiz, irodasiz va sabrsizlikda ayblanamiz.

Lekin, har doim ham shundaymi?

Biznes loyihalar yillar davomida ziyonga ishlaydi, egalari bo’lsa shuncha ketkazilgan mehnat va mablag’ni puchga chiqganini tan olmay yana o’sha kelajagi yo’q loyihaga pul tikishda davom etishadi.

Moliyaviy piramida va shunga o’xshash yolg’on qurbonlari allaqachon katta miqdorda pul tikib qo’yishdi, yolg’onchi yana arzimagan miqdorda pul so’rasa ular hech ikkilanmay beraverishadi. Axir katta miqdordagi pulni yo’qotishni tan olgandan ko’ra yana oz miqdorda pul yo’qotib umidni saqlab qolgan yaxshi.

10 yillik azob uqubatlarga to’la bo’lgan munosabatlardan voz hecha olmaymiz. Shuncha umrimizni sarflab qo’ydik, kelgusi yil albatta hammasi yaxshi bo’lib ketadi. Ajrashish esa azobli, odamlar gap so’zlari, ketgazilgan umr to’g’ri qaror qabul qilishimizga halal beradi.

Bunday xatolar katta masshtablarda ham kuzatiladi. Urushda allaqachon 10 ming askarni yo’qotgan qo'mondon, yana 20 ming askarni to'g'ri o'lim maydoniga badarg'a qiladi.

Boshlagan ishni oxiriga yetkazishdan ko'ra, maummoga to'g'ri baho berib uni tashlab keta olish ko'proq jasorat talab etadi.

@ratsional
3.4K views20:38
Ochish/sharhlash
2022-02-09 23:27:46 #hacker #xazil
- hakerlar pulimni o'g'irladi.
- qanday qilib?
- karta raqamlari bilan amal qilish muddatini berdim keyin sms keldi aytdim...

@ratsional
7.2K views20:27
Ochish/sharhlash
2022-01-15 08:10:53 Harakat qilish yoki jim turish

Kaneman va Tverski tajribasida odamlar A kompaniyaning aksiyalariga ega bo'lishganini tasavvur qilishgan. Ularga bu aksiyalarni B kompaniyaning aksiyalariga almashtirish imkoni bo'lgan lekin ular bunday qilishmagan. Natijada yil oxirida ular 1200$ kam foyda ko'rishgan.

Shundan so'ng ularga C kompaniyaning aksiyalari borligini va uni D kompaniyaning aksiyalariga alishtirishlarini tasavvur qilishga yordam berishgan. Natija esa yana o'sha, ular aksiyalarni alishtirib baribir 1200$ kam foyda qilishdi.

Tajribadan avval 10 odamdan 9 tasi ikkinchi holatda ko'proq afsuslanishlarini aytishgan. To'g'rida, ahir ular ham harakat qilishdi ham yutqazishdi.

Ammo tajriba hayotda hammasi boshqacha ekanini ko'rsatdi. Biz ko'proq o'zimizning harakatsizligimizdan afsuslanamiz.

Yangi ishga o'tishga bosh tortganimizdan, yangi kasb o'rganishga eringanimizdan, yangi munosabatlar boshlashga qo'rqqanimizdan va nihoyat majlisda turib o'z fikrimizni bildirmaganimizdan afsuslanamiz.

Yana shuni inobatga olish kerak-ki, harakatimiz tufayli afsuslanishimiz vaqt o'tgan sari so'nib borsa, harakatsizligimizdan afsuslanishimiz faqat kuchayadi.

Sabab juda oddiy. Avvalgi tajribamizni esga olar ekanmiz miyamiz bizga sabablar topishga urinadi. Harakat qilgan paytimiz bu sabablarni topish ancha oson. Balki hammasi zo'r bo'lmas, lekin sabablar topiladi. Lekin, hech narsa qilmasak bu usul ish bermaydi.

Unutmang, biz ko'proq sodir bo'lmagan ishlardan afsuslanamiz. Bu barcha uchun o'rinli. Shunday ekan qo'rqmang, yangi ishlarni boshlang, harakatda bo'ling.

Dam olish kuningiz yaxshi o'tsin.
@ratsional
3.0K viewsedited  05:10
Ochish/sharhlash
2022-01-07 09:44:12 Yaxshi odamlar dunyodagi eng kuchsiz va ojiz odamlardir.
Ularning yaxshi ekanliklari ularning ojizliklari. O'z o'zining dushmani.
Istalgan odam ularning yaxshiliklarini o'zlariga qarshi ishlatishi mumkin.

@ratsional
5.2K views06:44
Ochish/sharhlash
2021-12-27 11:08:27 #falsafa
Hayot hechkimni ayamaydi.

Kimlar yeyishga narsa yo'qligidan qiynalsa, kimlar yeyishga narsa ko'pligidan tanlolmay qiynaladi...

@ratsional
2.8K views08:08
Ochish/sharhlash
2021-12-11 12:21:37 Yaxshilik nima?

— Mana shu sening shafqatsizliging. Seni tubanliging va xudbinliging ildizi aynan ana shunda. Agar sen ukangni yaxshi ko'rganingda, ukang bu ishga munosib bo'lmasa-da unga ishni bergan bo'larding, va aynan u bunga noloyiq bo'lganligi — haqiqiy yaxshilik va aka muhabbatining isboti bo'lardi. Shu uchun bo'lmasa yana nima uchun mehr kerak? Munosib odamni taqdirlash — yaxshilik emas. Haqiqiy yaxshilik — nomunosibni rag'batlantirishdir.

Ayn Rend "Atlant qaddini rostladi"

@ratsional
3.5K views09:21
Ochish/sharhlash
2021-11-20 00:08:34 #xazil #blackhumor
Go'rkov bo'lish ham qiyin. Ota-onasi yo'q yoshlarga tekin go'r qazib beraman deb piar qiladigan bo'lsang, seni noto'g'ri tushunishadi.

@ratsional
3.0K viewsedited  21:08
Ochish/sharhlash