Get Mystery Box with random crypto!

Mantiq

Telegram kanalining logotibi ratsional — Mantiq M
Telegram kanalining logotibi ratsional — Mantiq
Kanal manzili: @ratsional
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 1.11K
Kanalning ta’rifi

Bu kanalda sizdagi stereotiplar buzilishi, ishonchingizga va orttirgan bilimlaringizga to’g’ri kelmaydigan maqolalar e’lon qilinishi mumkin.
Oʻzgarish yoki avvalgidek qolish o'zingizga bogʻliq, zero tirik qolish majburiyat emas.
Chat: @ratsional_group

Ratings & Reviews

5.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2020-08-11 18:13:04 #qiziq_savol
Bir qiz onasini taziyasida bir notanish yigitni yoqtirib qolibdi. Oradan ikki xafta o'tgandan so'ng u o'z opasini o'ldiribdi. Savol: qiz nega bunday qilgan?

(Bu savolni javobini manyaklar osongina topishadi)
@ratsional
2.7K viewsedited  15:13
Ochish/sharhlash
2020-07-18 14:43:44 #hazil
Universtitetdagi o'qituvchim aytganidek:

Bilimli odam o'z ishi bilan shug'ullanadi, bilmaydigan odam esa boshqalarga o'rgatadi...
Albatta bu gaplar menga taaluqli emas.

O'ylaymanki bu gaplar menga ham taaluqli emas.
@ratsional
5.4K viewsedited  11:43
Ochish/sharhlash
2020-07-13 15:15:04
Osongina mo'may daromad topaman deb shu saytga nomer va kodni kiritgan Pinokkio lar rosa ko'payib ketdi.

Tekin pishloq faqat qopqonda bo'ladi

@ratsional
5.8K viewsedited  12:15
Ochish/sharhlash
2020-06-14 10:38:11 ​​Pul daraxti

Pinokkio, senda besh tilla tanga bormi? Uni ming tilla tanga qilishni hohlaysanmi? Buni yo'li juda oson. Bir sehrli dala bor. Unga borib shu besh tilla tangangni ko'mamiz, uni sug'oramiz, qarabsanki bir soat ichida har bitta tangangdan besh yuzta tanga hosil beruvchi daraxt o'sib chiqadi. Faqat sekin, hechkim eshitib qolmasin. Bu juda katta sir. Buni bizdan boshqa hechkim bilmaydi...
Pinokkio ertagidan

Buni o'qigan harqanday odam bu g'irt yolg'on ekanligini bilishadi. Tangadan pul daraxti o'sib chiqmaydi. Pinokkioni laqillatishayotgani kundek ravshan. Shunga qaramay sodda Pinokkio bu yolg'on qurboniga aylanadi. Tomoshabinni bo'lsa ensasi qotadi:
- Ahir voqeani sal reallikka yaqinlashtirish mumkin ediku?
- Shunaqayam laqma bo'lasanmiya Pinokkio...

Hayotda esa bundanda axmoqona sxemalarga ishonuvchan odamlar bor:
- Sizning afrikadagi qarindoshingizdan besh million dollar me'ros qoldi. Bu me'rosni olish uchun atigi o'n dollar hujjatlarning harajatini qoplasangiz kifoya.
- Yuz dollar sarmoya kiritib har oy besh yuz dollardan daromad olishni istaysizmi? Setevoy marketing bilan bu juda oson.
- "Fano" dorilari bilan siz nafaqat sog'lom bo'lasiz, balki pul ishlashingiz ham mumkin. Arzimagan ikki millionga bizdan dorilarimizni sotib olib hamkorimizga aylanasiz va har bir olib kelgan yangi haridoringizdan besh yuz ming so'mdan pul topasiz.
- "Chujoy dom" loyihasi bilan siz o'z uyingizga ega bo'lishingiz mumkin. Shunchaki manabunday ahmoqona sxemamizga ishonsangiz kifoya.

Bunday "oson pul topish sxemalari"ni cheksiz davom ettirish mumkin. Bu sxemalar orqali xaqiqatda pul ishlab topayotganlar bo'lishi mumkin, lekin ular nimani evaziga pul topishyabdi? O'zlarining yaqinlarini aldab, Pinokkiodagi "Tulki" va "Mushuk" obraziga aylanib pul topishmoqda. Bu sxemalarni o'ylab topganlar bo'lsa, hechqanday ortiqcha ish qilmay kun sari ko'payib borayotgan "lox"larni sog'ib borishmoqda holos.

Bu sxemalar odamlarni aldayotgan bo'lsa nega haligacha yo'qolib ketmagan, nega aldanganlar ular ustidan arz qilishmagan? degan o'rinli savol paydo bo'ladi. Gap shundaki, biz o'zimizning obro'yimizni shu darajada qadrlaymizki, Pinokkioga o'xshab aldanganimizni birov bilmasligi uchun borimizdan kechishga tayyormiz.

Ba'zan o'xshatma ertaklar odamlarga yetib borishi qiyin. Pul daraxti o'smaydi degandan ko'ra "Ahmoq bo'lmang odamlar, hechqayerda birov sizga mana ol deb pul ushlab turmaydi, pul topishning yo'li faqat mehnat qilish, ko'zingizni oching, aldanmang, kallangizni ishlating" deyish foydaliroq bo'ladi.

Aldanib qolmang.
@ratsional
5.1K viewsedited  07:38
Ochish/sharhlash
2020-06-11 09:50:35 ​​Be'mani maqtov yohud maddohlik ildizi

Bugun meni bir taksist manzilimga yetkazib qo'ydi. Shu taksistdan juda katta minnatdorman, malades, zo'r taksist ekan...

Yuqoridagi minnatdorchilikni o'qigan inson darhol "nega bu odam taksistga bunchalar minnatdorchilik bildirmoqda, nima taksist uni bekorga olib boribdimi?" degan savolni berishi aniq. Lekin, huddi shunday minnatdorchilikni boshqa kontekstda va boshqa kasb egasiga nisbatan ko'rganida (masalan hokimlarning qandaydir ishni muvoffaqqiyatli tugatganini ko'rganda) unda hech qanday savol paydo bo'lmaydi, qaytaga bu minnatdorchilikka qo'shib yana 10 marta raxmat aytadi.

Xo'sh muammo nimada? Ahir har ikki kasb egasi ham o'z ishini bajardi holosku? Nega birinchi maqtov be'manidek, ikkinchisi bo'lsa o'rinli maqtovdek ko'rinyabdi?

Muammo shundaki, taksistlar salkam 100% hollarda yo'lovchilarni o'z manzillariga "bexato" yetkazib qo'yishadi. Hokimlar esa, taksistlardan farqli o'laroq doim ham loyihalarni qoyilmaqom bajarishmaydi (balkim bunga tabiiy omillar sabab bo'lar, balkim massonlar sababchidir?). Shuning uchun birinchi kasb egalarining muvoffaqqiyati uncha ko'zga ko'rinmaydi, ikkinchi kasb egalarining muvoffaqqiyatini bo'lsa, mo'jizadek baholaymiz.

Albatta, yosh bolani ilk bor ko'rpachani ho'l qilib qo'ymagani uchun uni ko'klarga ko'targudek maqtaymiz. U ulg'ayganidan so'ng esa, bu maqtovlar be'manidek ko'rinishi tabiiy.

Xulosa shuki, kimnidir maqtayotganingizda "Katta odam ko'rpachani ho'l qilmagani uchun maqtamayabsizmi" o'ylab ko'ring.

Biz bilan bo'ling. Mantiqiy fikrlashni o'rganing.
@ratsional
2.4K views06:50
Ochish/sharhlash
2020-05-26 15:17:27
#hazil
Guruhlarda "Bu xatni 10 ta odamga yubormasang yomon boʻladi" degan xabarlarni tarqatuvchilarning miyyasi.

P.S. Agar shu postni 10 ta odam bilan boʻlishmasangiz, siz ham shunday boʻlib qolishingiz mumkin.

@ratsional
6.4K viewsedited  12:17
Ochish/sharhlash
2020-05-25 21:41:04 ​​Mantiqiy xatolar

Ikki bir biriga yaqin bo‘lgan mantiqiy xatolar "Bema'nilikka tushirish" va "Poxol qo‘riqchi" haqida. Bu ikki xato bir biriga o‘xshab ketgani tufayli har ikkisini birdan ko‘rib chiqamiz.

Bemaʼnilikka tushirish
Bunda argumentni shunday «sayqallanadi-ki» u butunlay bemanidek tuyila boshlaydi. Misol:
— Bu tizimni ishlatib biz o‘g‘rilikni kamaytiramiz.
— Bo‘lmagan gap! Hech bir tizim dunyodagi o‘g‘riliklarni 100% bartaraf etolmaydi. (kamaytiradi degan so‘z, 100% darajasiga bo‘rttirildi)
— Men butunlay to‘xtatadi demadim, balki kamaytiradi dedim. Keyin butun dunyoda emas, faqat o‘zimizning hududda.
— Boshqacha qilib aytganda hech kimga keraksiz tizim, tushinarli... (butunlay to‘xtatmaydi degan jumla foydasi yo‘q darajasigacha tushirildi)

Poxol qo‘riqchi
Bunda argument boshqa bir argument bilan almashtiriladi va o‘sha argumentga qarshi hujum uyushtiriladi.
Misol:
— Insonning mehnatiga to‘lanadigan haq o‘sha mehnatga yarasha bo‘lishi kerak. Masalan menga bu yerda yaxshi haq to‘lashmasa, men hech ikkilanmay chet elga ishga ketgan bo‘lardim.
— Sening darding faqat pul. Yaxshi haq to‘lashsa do‘stingni ham sotasan. (mehnatimga yarasha haq to‘laydigan joyda ishlayman degan argument hamma narsani pul bilan o‘lchayman deganiga alishtirildi)

Yana ko‘proq misollarga ega bo‘lish uchun izohlarda istalgan mavzuda o‘z argumentlaringizni yozib qoldiring. Yoki o‘zingiz mana shunday dialog tuzishga urinib ko‘ring.

Sizni aldashlariga yo‘l qo‘ymang - mantiqiy fikrlashni o‘rganing.
@ratsional
2.5K viewsedited  18:41
Ochish/sharhlash
2020-05-24 13:58:24 ​​Stereotip nima?

Bu shunday narsaki, unda malum bir jixatga ega guruhga qandaydir yorliqlar biriktiriladi (yuqoridagi misol: bizning dinda bo'lmaganlarning barchasi eng yovuz odamlar). Bunda hamma odam har hil ekanligi hisobga olinmaydi. Ko'p xollarda esa bu stereotiplar insonning shaxsiy dunyoqarashidan boshqa tasdiqga ega emas.

Nega stereotiplar yomon?
Stereotiplar bizni boshqa odamlardan nafratlanishga, ularni kamsitishga yoki ularga qanday yashash kerakligni uqtirishimizga undaydi. Nafaqat boshqa odamlar xatto o'z oila azolarimizga nisbatan ham adolatsizlik qilishga majbur qiladi (ayollar faqat uyda o'tirishi kerak, qiz bola o'qib olim bo'larmidi, farzandning kelajagini ota-ona hal qilishi kerak).

Stereotiplarni qanday aniqlaymiz?
Sizda o'rinli savol tug'ilishi mumkin, qanday qilib masalan chindan ham yomonlikni va stereotipni farqlashimiz mumkin? Buning yo'li bor: biror narsa sizning nafratingizni qo'zg'asa, o'zingizga nega bu narsa mening nafratimni qo'zg'ayabdi deb savol bering. Shundan so'ng qanday javob berayotganingizga e'tibor bering, agar javoblaringiz quyidagilarga mos kelsa, demak sizdagi nafrat aslida jamiyat tomonidan miyangizga quyilgan stereotipdir:
1. Javob bera olmayabsiz, shunchaki yomon ko'rasiz. Nafratingizni argumentlar bilan ifodalay olmaysiz (menga shunchaki bu narsa yoqmaydi, axir men o'zim hal qilamanku menga nima yoqish nima yoqmasligini?).
2. Argumentlaringiz shaxsiy fikringizdan boshqa narsa emas, ya'ni ilmiy tarafdan tasdiqini topmagan (men shunday deb hisoblayman, har kim o'z fikriga ega bo'lish huquqiga ega) va reallikka to'g'ri kelmaydi.
3. Argumentlaringiz boshqa bir odamning gaplaridan boshqa narsa emas (chunki qo'shnim shunaqa degan, bilasanmi u juda boy va ko'p narsani biladi)
4. Chunki yoshligimizdan bu narsa yomon deb o'rgatilgan (ota bobolarimiz bu ishlarni qoralagan, bu bizning mentalitetga to'g'ri kelmaydi).

Albatta buni aniqlash oson emas, bularni aniqlay olish va analiz qilish uchun insonda mantiqiy fikrlash rivojlangan bo'lishi zarur. Mantiqiy fikrlashning birinchi qadami esa, har bir bilgan va ishongan narsangizni shubha ostiga qo'ya olishdir.

Fikrlashdan to'xtamang. Dunyoni o'zgartirishni o'zimizdan boshlaylik.
@ratsional
4.1K views10:58
Ochish/sharhlash
2020-05-23 22:48:49 ​​Stereotiplar

Stereotiplar qarama qarshi faktlarning mavjudligiga qaramay kuch to'plab yashashda davom etishi mumkin.

Biz juda kam hollarda o'z tasavvurimizni o'zgartiramiz. Aksincha, biz osongina o'z hotiralarimizni - o'zimiz ko'rgan va eshitgan narsalarni tasavvurimizga moslash uchun o'zgartirib qo'yamiz. Ko'plab hollarda bizning biror bir voqea haqidagi hotiralarimiz reallikka to'g'ri kelmasligini payqamaymiz ham. Aynan shuning uchun stereotiplar shu qadar bardoshli. Shuning uchun, qanday o'ylayotganimiz va eslayotganimizni kuzatib borishimiz zarur.

Stereotiplarsiz bizda kimnidir yomon ko'rishga, toshbo'ron qilishga, quvib chiqarishga va qirib tashlashga ancha kam sabab bo'ladi.

Xalpern Dayana, "Tanqidiy fikrlash psixologiyasi" kitobidan.

@ratsional
2.8K viewsedited  19:48
Ochish/sharhlash
2020-05-22 22:07:45 ​​Keyin != natijada (keyin bo'ldi degani uning natijasida bo'ldi degani emas)

Xauzer va Sponding maymunlar ko'z oldida pichoq va olmani parda ortiga yashirishardi. Keyin esa parda ortidan ikkiga bo'lingan olmani olishardi. Pichoqning kesish hususiyatidan xabardor primatlar bu holatni hotirjam qa'bul qilishardi. Lekin, parda ortiga olma va bir stakan suv yashirib ikkiga bo'lingan olma olishganlarida - maymunlar hayron qolishardi.

Eng ko'p uchraydigan sabab va natija xatoligidan biri bu - hodisa keyin bo'ldimi demak u avvalgi hodisaning natijasi. Aynan shu yerdan barcha irimlar kelib chiqadi: qulog'ing qiziyabdimi - demak kimdir gapiryabdi, qora mushuk yomonlik alomati va hokazo...

Arfikadagi qabilalardan biri bitlar odamning sog'lik ko'rsatkichi deb hisoblagan. Nega? Chunki odam kasal bo'lganda uning harorati ko'tarilgan (albatta bu qabila tana haroratini o'lchashdan xabari bo'lmagan). Shunday qilib odamning harorati biroz oshishi bilan uning bitlari qochishni boshlagan. Qabiladagilar bo'lsa bitlar qochib ketgandan so'ng odam kasal bo'lganini ko'rishgan. Bundan ular bitlar sog'likni ta'minlovchi qumursqalar deb o'ylashgan va ularga alohida g'amho'rlik qilishgan.

Biz albatta maymunlardan va afrikalik qabiladan ko'ra aqlliroqmiz, lekin yoshligimizdan har narsada sabab va uning natijasini ko'rishga odatlanganmiz. Har joyda beihtiyor mantiqiy bog'liqlikni topamiz. Insonga uni o'rab turgan olamning tasodifiy ekanligini tan olish qiyin. Shuning uchun odam uni tartiblashga harakat qiladi.

Kinnachiga kirib chiqganimizdan keyin sog'ayib qolsak kinna foyda berdi deymiz, sog'aymasak nafasi kuchliroq kinnachini qidiramiz. Folbinni gapi to'g'ri chiqib qolsa darrov u qilgan bashoratni eslaymiz, to'g'ri chiqmasa u bashoratlar hayolimizdan ham chiqib ketadi.

@ratsional
2.2K viewsedited  19:07
Ochish/sharhlash