Get Mystery Box with random crypto!

Yolg'on ishlatmay manipulyatsiya qilish Bitta ma'lumotni ikki | Mantiq

Yolg'on ishlatmay manipulyatsiya qilish

Bitta ma'lumotni ikki xil usulda yetkazib ikki xil natijaga erishish mumkin. Masalan:
1. O'zbekistondagi yetuk sportchilardan biri, olimpiada chempioni vahshiylarcha o'ldirildi.
2. Tungi klubda ichib olib xizmatchilarga pichoq bilan hujum qilib ularni jarohatlagan yigit o'zi ham og'ir jarohatlardan o'lim topdi.

Umuman olib qaraganda har ikkala ma'lumotda ham yolg'on yo'qdek. Lekin, bu ikki xabarda sizni manipulyatsiya qilib qaysidir "jamoa"ni tarafini olishga undashmoqda.

Bunday xabarlarni ko'rganda hissiyotga berilmay voqeaning tafsilotlari bilan batafsil tanishib chiqib so'ng xulosa chiqarish maqsadga muvofiq.

Bir guruh odamni o'zboshimchalik bilan noqonuniy joyga uy qurib olganligida ayblash ham mumkin, huddi o'sha odamlarni militsiya xodimlari tomonidan kaltaklanganligini aytib jabrdiyda qilib ko'rsatish mumkin. So'ngi xulosani chiqarish esa o'zingizdan

@ratsional