Get Mystery Box with random crypto!

Raqamli pedagogik xizmatlar

Telegram kanalining logotibi raqamli_pedagogik_xizmatlar — Raqamli pedagogik xizmatlar R
Kanaldagi mavzular:
Yangiliklar
Qonunchilik
Telegram kanalining logotibi raqamli_pedagogik_xizmatlar — Raqamli pedagogik xizmatlar
Kanaldagi mavzular:
Yangiliklar
Qonunchilik
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 91.34K
Kanalning ta’rifi

Ushbu kanal maktabgacha va maktab ta'limi xodimlariga raqamli pedagogik xizmatlar ko‘rsatish maqsadida yaratildi.
Faqat reklama uchun: 998991131508

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 158

2021-12-16 12:59:59 “YOSHLIK” JAMIYATI NEGA O‘QITUVCHI VA YOSHLARNING CHO‘NTAGIGA «KO‘Z TIKYAPTI»?

“Yoshlik”
jismoniy tarbiya va sport jamiyati Qoraqalpog‘iston mintaqaviy bo‘limiga o‘quvchilar hamda o‘qituvchilardan majburiy ravishda aʼzolik badali yig‘ilayotgani aytilmoqda. Nukus shahar XTB mudiri bu borada buyruq ham chiqargan. Qizig‘i, mudirning mazkur buyrug‘ida “ixtiyoriy” so‘zi negadir «unutib qoldirilgan».

Ayrim hududlardagi maktablarda obuna, sug‘urta, “Yoshlik” jamiyatiga aʼzolik badali va boshqa turli yig‘imlarni majburiy ravishda yig‘ish holatlari hamon uchramoqda. Bunday "yig‘-yig‘lar" o‘qituvchilar uchun norasmiy soliqqa aylanib qolgan go‘yo. Xalq taʼlimi vazirligi va boshqa tegishli tashkilotlar bunday holatlarga qatʼiy taʼsir choralarini ko‘rmas ekan, o‘qituvchining maoshi sichqonlar o‘rtasidagi pishloqdek to‘rt tomondan talanaveradi.

“Yoshlik” sport jamiyati qanday tashkilot?

Qatʼiy taʼsir choralari ko‘rilishi kerak

Batafsil maqolada o‘qing

Hamkasblaringiz bilan ulashing, foydasi tegsa xursand bo‘lamiz.

Ijtimoiy tarmoqdagi kanallarimiz
Telegram | Facebook | Website | YouTube |
41.5K views09:59
Ochish/sharhlash
2021-12-16 08:29:45 "Узлуксиз касбий таълим" платформасида мустақил курс!

Халқ таълими тизими ўқитувчиларининг иммунизация, инсон папиллома вирусига қарши эмлаш бўйича билим ва кўникмаларини ривожлантириш ўқув курси.

Эндиликда ушбу курс “Узлуксиз касбий таълим” электрон платформасидаги барча фан йўналишларининг “Ўзини-ўзи ривожлантириш ва узлуксиз касбий ривожланиш масалалари” модулига жойлаштирилган бўлиб, ҳозирда рўйхатдан ўтган барча педагогларнинг ушбу курс материаллари билан электрон платформа орқали танишиш имконияти яратилган.

“Иммунизатсия, инсон папиллома вирус (впч) га қарши эмлашни жорий қилиш ва шахслараро мулоқотни такомиллаштириш” ўқув курси мавзулари:

- COVID-19 га қарши эмлаш ўтказиш жараёни ва тартиблари;

- Мақсадли касалликлар ва вакциналар;

- Одам папиллома вируси;

- ВПЧга қарши эмлаш;

- ВПЧга қарши эмлашдан сўнг салбий ҳолатлар;

- Совуқлик занжири ва амалий маслаҳатлар;

- Қизларни ВПЧга қарши эмлаш масаласида уларнинг ота-оналарини хабардор қилишда ўқитувчилар роли.

Ушбу курсни таълим муассасалари педагоглари ва умумтаълим мактабларининг битирувчи қизлари соғлигини муҳофаза қилиш учун ўрганиб чиқиш тавсия этилади!

Ўзингиз ва яқинларингиз соғлигига эътиборли бўлинг!

Telegram |Facebook |Website|YouTube

YouTube
O'qituvchilar COVID-19 ga qarshi emlash haqida nimani bilishi kerak
43.3K views05:29
Ochish/sharhlash
2021-12-16 05:30:20 Xalq taʼlimi vazirligi o‘qituvchilardan dars sifatidan boshqa hujjatlarni talab etish taʼqiqlanganligi haqida qatʼiy ogohlantiradi!

So‘nggi kunlarda o‘qituvchilardan joylarda tekshiruvlar avj olgani, xususan turli hujjatlar taqdim etish talab etilayotgani yuzasidan turli murojaatlar kelib tushmoqda.

Murojaatlarni o‘rganib chiqib Xalq taʼlimi vazirligi maktablarda tekshiruvlar amalga oshirish bo‘yicha hech qanday ko‘rsatma berilmaganini maʼlum qiladi. Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan hududiy xalq taʼlimi boshqarmalariga umumtaʼlim muassasalaridagi mavjud holat va muammolarni o‘rganib, ularni bartaraf etish uchun maktab jamoasiga yordam berish topshirilgan.

Vazirlik umumiy o‘rta taʼlim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari bo‘yicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma»ga muvofiq (Adliya vazirligidan 2020 yil 29 iyunda 3058-I raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan) o‘qituvchilar tomonidan yuritiladigan hujjatlar soni bittagacha (faqat sinf jurnali (jumladan, elektron ravishda kundalik.com tizimi orqali) qisqartirilganini eslatib o‘tadi.

Shu bois maktabda o‘qituvchilardan faqat sinf jurnali(elektron kundalik joriy etilgan maktablarda elektron shaklda)dan boshqa hujjatlarni talab etish qatʼiyan maʼn etilishi haqida qatʼiy ogohlantiradi.

Shu o‘rinda taʼlim muassasasi pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki o‘z xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish O‘zbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 197-5-moddasi, shuningdek mansab vakolatini suiisteʼmol qilish O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining 205-moddasiga muvofiq javobgarlikka tortilishini eslatib o‘tamiz.

Hurmatli o‘qituvchilar!

Agarda sizda yuqorida keltirilgan noqonuniy hujjat talab qilish holatlari uchrayotgan bo‘lsa hudud va maktabingiz to‘g‘risidagi aniq maʼlumotlar bilan vazirlikning 71 202 09 09 Ishonch telefon raqamlariga murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Xalq ta'limi vazirligi

Hamkasblaringiz bilan ulashing, foydasi tegsa xursand bo‘lamiz.

Ijtimoiy tarmoqdagi kanallarimiz
Telegram | Facebook | Website | YouTube |
57.7K views02:30
Ochish/sharhlash
2021-12-15 21:25:19 Hurmatli ustozlar!

Bugun kechki vaqt soat 00:00 dan 02:00 gacha platformaga yangi malaka oshirish kurslari joylanishi munosabati bilan shu vaqt oralig’ida tizim faoliyati vaqtinchalik to’xtatilishini ma’lum qilamiz.

Mazkur texnik to’xtalish uchun oldindan uzr so’raymiz!

Hamkasblaringiz bilan ulashing, foydasi tegsa xursand bo‘lamiz.
12.5K viewsedited  18:25
Ochish/sharhlash
2021-12-15 17:54:11
Savol: Malaka toifasiga doir. Men muddatdan oldin Oliy toifaga talabgorman. Yangi nizomda ko‘rsatilgan barcha talablarni Nizom asosida bajardim. Bizning maktab zavuchi ball berishga cheklovlar qo‘yilgani haqida aytayapti. Maktabdan beriladigan ballga qanday cheklovlar bor? Masalan, 1-toifali o‘qituvchi Oliy toifaga talabgor bo‘layotganda pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligi uchun maktab tomonidan eng maksimal 14 ball olishi mumkin degan vajni ko‘rsatishyapti. Shu qanchalik to‘g‘ri? 20 ball emasmi maktab beradigan maksimall ball?

Javob: Bu noto‘g‘ri talab albatta, bunday cheklovlar mavjud emas. Siz Ta'lim inspeksiyaning hududiy bo‘limlariga yoki hududingizdagi taʼlimni boshqarish bo‘yicha vakolatli organlarga o‘zingiz to‘g‘risidagi (viloyat, tuman, FISH) batafsil maʼlumotlar bilan murojaat qilishingiz mumkin. Sizga albatta amaliy yordam beriladi.

Hamkasblaringiz bilan ulashing, foydasi tegsa xursand bo‘lamiz.

Ijtimoiy tarmoqdagi kanallarimiz
Telegram | Facebook | Website | YouTube |
35.8K viewsedited  14:54
Ochish/sharhlash
2021-12-15 17:09:53 Live stream finished (1 hour)
14:09
Ochish/sharhlash
2021-12-15 16:00:09 Live stream started
13:00
Ochish/sharhlash
2021-12-15 15:27:09 Hurmatli ustozlar!

Bugun soat 18:00 da kanalimizda “Uzluksiz kasbiy taʼlim” platformasida ro‘yxatdan o‘tish uchun kodni olish, parolni qayta tiklash, o‘qish tartibi mavzusida navbatdagi ovozli chatimiz bo‘lib o‘tadi.

Ovozli chatga ulanish: https://t.me/raqamli_pedagogik_xizmatlar?livestream

Platforma to‘g‘risidagi savollaringizni bu yerda qoldiring: https://docs.google.com/document/d/1ElV4UdR-MBlv5tPJPlYReMc2oYezID2S-snPrk5Zooc/edit?usp=sharing

Hamkasblaringiz bilan ulashing, foydasi tegsa xursand bo‘lamiz.

Ijtimoiy tarmoqdagi kanallarimiz
Telegram | Facebook | Website | YouTube |
43.4K views12:27
Ochish/sharhlash
2021-12-15 15:26:20 Live stream scheduled for Dec 15 at 12:59
12:26
Ochish/sharhlash
2021-12-15 13:55:00 #LMS_haqida

2022-yildan boshlab “Uzluksiz kasbiy rivojlantirish” tizimi asosida tashkil etiladigan yangi malaka oshirish tartibiga ko’ra amaliy fanlar: texnologiya, musiqa va tasviriy san’at fanlarining pedagog xodimlari har yili an’anaviy tarzdagi hududiy malaka oshirish markazlarida bir haftalik, 36 soat o’quv yuklamasi asosida malaka oshiradilar.

Jismoniy tarbiya fani o’qituvchilarining malaka oshirishi esa Turizm va sport vazirligi tomonidan tashkil etiladi va amaliy tarzda o’tkaziladi.

Barcha fanlarning o’qituvchilari “Uzluksiz kasbiy ta’lim” platformasida ro’yxatdan o’tishlari lozim. Jumladan, amaliy fanlar: texnologiya, musiqa,tasviriy san’at va jismoniy tarbiya fani o’qituvchilari ham ro’yxatdan o’tishlari so'raladi. Ular har yili an’anaviy tarzda malaka oshiradilar.

Hamkasblaringiz bilan ulashing, foydasi tegsa xursand bo‘lamiz.

Ijtimoiy tarmoqdagi kanallarimiz
Telegram | Facebook | Website | YouTube |
54.6K views10:55
Ochish/sharhlash