Get Mystery Box with random crypto!

#LMS_haqida 2022-yildan boshlab “Uzluksiz kasbiy rivojlan | Raqamli pedagogik xizmatlar

#LMS_haqida

2022-yildan boshlab “Uzluksiz kasbiy rivojlantirish” tizimi asosida tashkil etiladigan yangi malaka oshirish tartibiga ko’ra amaliy fanlar: texnologiya, musiqa va tasviriy san’at fanlarining pedagog xodimlari har yili an’anaviy tarzdagi hududiy malaka oshirish markazlarida bir haftalik, 36 soat o’quv yuklamasi asosida malaka oshiradilar.

Jismoniy tarbiya fani o’qituvchilarining malaka oshirishi esa Turizm va sport vazirligi tomonidan tashkil etiladi va amaliy tarzda o’tkaziladi.

Barcha fanlarning o’qituvchilari “Uzluksiz kasbiy ta’lim” platformasida ro’yxatdan o’tishlari lozim. Jumladan, amaliy fanlar: texnologiya, musiqa,tasviriy san’at va jismoniy tarbiya fani o’qituvchilari ham ro’yxatdan o’tishlari so'raladi. Ular har yili an’anaviy tarzda malaka oshiradilar.

Hamkasblaringiz bilan ulashing, foydasi tegsa xursand bo‘lamiz.

Ijtimoiy tarmoqdagi kanallarimiz
Telegram | Facebook | Website | YouTube |