Get Mystery Box with random crypto!

Savol: Malaka toifasiga doir. Men muddatdan oldin Oliy toifaga | Raqamli pedagogik xizmatlar

Savol: Malaka toifasiga doir. Men muddatdan oldin Oliy toifaga talabgorman. Yangi nizomda ko‘rsatilgan barcha talablarni Nizom asosida bajardim. Bizning maktab zavuchi ball berishga cheklovlar qo‘yilgani haqida aytayapti. Maktabdan beriladigan ballga qanday cheklovlar bor? Masalan, 1-toifali o‘qituvchi Oliy toifaga talabgor bo‘layotganda pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligi uchun maktab tomonidan eng maksimal 14 ball olishi mumkin degan vajni ko‘rsatishyapti. Shu qanchalik to‘g‘ri? 20 ball emasmi maktab beradigan maksimall ball?

Javob: Bu noto‘g‘ri talab albatta, bunday cheklovlar mavjud emas. Siz Ta'lim inspeksiyaning hududiy bo‘limlariga yoki hududingizdagi taʼlimni boshqarish bo‘yicha vakolatli organlarga o‘zingiz to‘g‘risidagi (viloyat, tuman, FISH) batafsil maʼlumotlar bilan murojaat qilishingiz mumkin. Sizga albatta amaliy yordam beriladi.

Hamkasblaringiz bilan ulashing, foydasi tegsa xursand bo‘lamiz.

Ijtimoiy tarmoqdagi kanallarimiz
Telegram | Facebook | Website | YouTube |