Get Mystery Box with random crypto!

YANGI QIZILTEPA

Telegram kanalining logotibi qiziltepa_hokimligi — YANGI QIZILTEPA Y
Telegram kanalining logotibi qiziltepa_hokimligi — YANGI QIZILTEPA
Kanal manzili: @qiziltepa_hokimligi
Toifalar: Siyosat , Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 16.64K
Kanalning ta’rifi

Rasmiy kanal https://t.me/qiziltepa_hokimligi
Facebook https://www.facebook.com/qiziltepa.tumani.hokimligi
Instagram https://www.instagram.com/yangi_qiziltepa
Youtube https://www.youtube.com/channel/UCzPRMwfxln1spi62JKluF3A
Sayt: qiziltepa.uz

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 8

2023-04-21 05:56:49
Navoiy viloyati hokimi, senator Normat Tursunovning Ramazon hayiti munosabati bilan viloyat ahliga BAYRAM TABRIGI

Qadrli yurtdoshlar!

So‘zim avvalida barchangizni butun Yer yuzidagi islom ummati kabi yurtimiz moʻmin musulmonlari tomonidan xursandchilik bilan keng nishonlanayotgan ulug‘ va muborak bayram – Ramazon hayiti bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Xalqimiz turmush tarzidan insonparvarlik, sabr-qanoat, xayru saxovat va shukronalik timsoli sifatida o‘rin olgan, Yaratganning rahmati yog‘ilib turuvchi ushbu saodatli ayyomda barcha ezgu niyat va duolaringiz ijobat bo‘lishiga tilakdoshman!
Darhaqiqat, bag‘rikeng diyorimizda turli millat va elatlar hamda konfessiyalar vakillari o‘zaro ahil, inoq yashab, o‘z diniy ibodat va rasm-rusumlarini erkin bajarib kelishayotgani xalqaro hamjamiyat tomonidan ham muntazam ravishda e’tirofga sazovor bo‘lib kelmoqda.

Batafsil

Крилл алифбосида ўқиш

Navoiy viloyati hokimligi
axborot xizmati.
5.5K views02:56
Ochish/sharhlash
2023-04-21 05:14:25
Qiziltepa tumanidagi 12 ta jome masjidlarida Ramazon hayiti namozi o‘qildi.

Tuman hokimi U. Fayziyev Boyazid Bastomiy jome masjididagi namozda qatnashdi.
———————————
Қизилтепа туманидаги 12 та жоме масжидларида Рамазон ҳайити намози ўқилди.

Туман ҳокими У. Файзиев Боязид Бастомий жоме масжидидаги намозда қатнашди.
6.3K views02:14
Ochish/sharhlash
2023-04-21 04:19:28
1.5K views01:19
Ochish/sharhlash
2023-04-21 03:37:29
Bir necha daqiqalardan soʻng tumandagi 12 ta jome masjidlarida Ramazon hayiti namozi oʻqiladi.
2.1K views00:37
Ochish/sharhlash
2023-04-21 03:06:01 Assalomu alaykum, aziz tumandoshlar!

Avvalambor barchangizni mana shunday shukuhli va tarovatli kun – Ramazon hayiti bilan o‘zim nomimdan, korxona va tashkilotlar rahbarlari, faollari nomidan samimiy tabriklayman!

Sizlarga qalbimdagi ezgu va samimiy tilaklarimni bildiraman!

Asrlar davomida millatimiz va xalqimizning o‘lmas qadriyatiga aylangan, ezgulik, xayru saxovat va mehr oqibat oyi bo‘lgan Ramazoni oyi butun musulmon ahli uchun muqaddas ayyom sifatida o‘zgacha qadrlanadi.

Ayniqsa, muborak Ramazon hayitining hayotimizdagi beqiyos o‘rni, jamiyatimizda o‘zaro hurmat, mehr-oqibat, saxovat va shukronalik kabi olijanob qadriyatlarni qaror toptirishdagi ahamiyati nihoyatda yuksakdir.

Bir oy davomida har bir kunining shukuhini yanada chuqur anglab, har bir daqiqasini g‘animat bilib, duolar va yaxshi niyatlar bilan o‘tkazgan yana bir muqaddas Ramazon oyi nihoyasiga yetmoqda. Orangizda ko‘pchiligingiz ushbu oyda ro‘za tutganingiz aniq. Barchangizga tutgan ro‘zangiz qabul bo‘lishini tilayman.

Ramazon hayiti muborak bo‘lsin!

U. FAYZIYЕV,
tuman hokimi.
————————————————
Ассалому алайкум, азиз тумандошлар!

Авваламбор барчангизни мана шундай шукуҳли ва тароватли кун – Рамазон ҳайити билан ўзим номимдан, корхона ва ташкилотлар раҳбарлари, фаоллари номидан самимий табриклайман!

Сизларга қалбимдаги эзгу ва самимий тилакларимни билдираман!

Асрлар давомида миллатимиз ва халқимизнинг ўлмас қадриятига айланган, эзгулик, хайру саховат ва меҳр оқибат ойи бўлган Рамазони ойи бутун мусулмон аҳли учун муқаддас айём сифатида ўзгача қадрланади.

Айниқса, муборак Рамазон ҳайитининг ҳаётимиздаги беқиёс ўрни, жамиятимизда ўзаро ҳурмат, меҳр-оқибат, саховат ва шукроналик каби олижаноб қадриятларни қарор топтиришдаги аҳамияти ниҳоятда юксакдир.

Бир ой давомида ҳар бир кунининг шукуҳини янада чуқур англаб, ҳар бир дақиқасини ғанимат билиб, дуолар ва яхши ниятлар билан ўтказган яна бир муқаддас Рамазон ойи ниҳоясига етмоқда. Орангизда кўпчилигингиз ушбу ойда рўза тутганингиз аниқ. Барчангизга тутган рўзангиз қабул бўлишини тилайман.

Рамазон ҳайити муборак бўлсин!

У. ФАЙЗИЕВ,
туман ҳокими.
2.3K views00:06
Ochish/sharhlash
2023-04-21 03:05:05
2.2K views00:05
Ochish/sharhlash
2023-04-20 19:22:36
Ўзбекистон халқига Рамазон ҳайити табриги

Поздравление народу Узбекистана с праздником Рамазан хайит

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
4.8K views16:22
Ochish/sharhlash
2023-04-20 16:03:55
Bunyodkor mahallasida yashovchi faxriy jurnalist M. Aslonov shukronalik haqida
-------------------------
Бунёдкор маҳалласида яшовчи фахрий журналист М. Аслонов шукроналик ҳақида
6.6K views13:03
Ochish/sharhlash
2023-04-20 14:01:16
Ўзбекистон Республикаси референдумини ёритувчи оммавий ахборот воситалари вакилларининг ҳуқуқ ва мажбуриятлари

Батафсил: Ўзбек (кирилл) |Oʻzbek (lotin) |Русский


Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Медиабанк | Сайт
5.9K views11:01
Ochish/sharhlash
2023-04-20 13:01:20
BOSH PROKUROR O‘RINBOSARI QIZILTEPADA

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari S. Samadov Qiziltepa tumanida bo‘lib, investitsiya dasturlari, tegishli qaror va farmonlar asosida mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Xususan, Malikobod mahallasida qurilayotgan "Yangi O‘zbekiston" massividagi uy-joylar, poliklinika, maktabgacha ta’lim tashkiloti qurilishi, 8-DMTTning rekonstruksiya qilinayotganligi, Oboddiyor mahallasidagi ichimlik suvi tarmog‘i tortish bo‘yicha qilinayotgan ishlar bilan tanishildi.

Bosh prokuror o‘rinbosari mavjud ahvol bilan tanishar ekan, aholi uchun qulay sharoitlar yaratish borasidagi qilinayotgan ishlarni jadallashtirish bo‘yicha mas’ullarga zaruriy topshiriqlar berildi.
———————————————
БОШ ПРОКУРОР ЎРИНБОСАРИ ҚИЗИЛТЕПАДА

Ўзбекистон Республикаси Бош прокурорининг ўринбосари С. Самадов Қизилтепа туманида бўлиб, инвестиция дастурлари, тегишли қарор ва фармонлар асосида маҳаллалар инфратузилмасини яхшилаш, аҳолига қулай шарт-шароитлар яратиш бўйича амалга оширилаётган ишлар билан танишди.

Хусусан Маликобод маҳалласида қурилаётган "Янги Ўзбекистон" массивидаги уй-жойлар, поликлиника, мактабгача таълим ташкилоти қурилиши, 8-ДМТТнинг реконструкция қилинаётганлиги, Ободдиёр маҳалласидаги ичимлик суви тармоғи тортиш бўйича қилинаётган ишлар билан танишилди.

Бош прокурор ўринбосари мавжуд аҳвол билан танишар экан, аҳоли учун қулай шароитлар яратиш борасидаги қилинаётган ишларни жадаллаштириш бўйича масъулларга зарурий топшириқлар берилди.
6.3K views10:01
Ochish/sharhlash