Get Mystery Box with random crypto!

YANGI QIZILTEPA

Telegram kanalining logotibi qiziltepa_hokimligi — YANGI QIZILTEPA Y
Telegram kanalining logotibi qiziltepa_hokimligi — YANGI QIZILTEPA
Kanal manzili: @qiziltepa_hokimligi
Toifalar: Siyosat , Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 16.64K
Kanalning ta’rifi

Rasmiy kanal https://t.me/qiziltepa_hokimligi
Facebook https://www.facebook.com/qiziltepa.tumani.hokimligi
Instagram https://www.instagram.com/yangi_qiziltepa
Youtube https://www.youtube.com/channel/UCzPRMwfxln1spi62JKluF3A
Sayt: qiziltepa.uz

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 5

2023-04-26 18:02:26
Maxsus reportaj. Qiziltepada "O‘zbekiston — yoshlar mamlakati" shiori ostida yoshlar sayli va bayram konserti o‘tkazildi
—————————————
Махсус репортаж. Қизилтепада "Ўзбекистон — ёшлар мамлакати" шиори остида ёшлар сайли ва байрам концерти ўтказилди

#тв
4.8K views15:02
Ochish/sharhlash
2023-04-26 17:19:01
Tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari O‘. Istamov hududlarda bo‘lib, yoshlar bilan uchrashmoqda va ularning muammo hamda takliflarini tinglamoqda.
—————————————
Туман ҳокимининг ёшлар сиёсати, ижтимоий ривожлантириш ва маънавий-маърифий ишлар бўйича ўринбосари Ў. Истамов ҳудудларда бўлиб, ёшлар билан учрашмоқда ва уларнинг муаммо ҳамда таклифларини тингламоқда.
5.0K views14:19
Ochish/sharhlash
2023-04-26 16:45:22
Tuman hokimi U. Fayziyev Humo mahallasida bo‘lib, mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, tozalik-obodonchilik ishlari kabilar bilan tanishdi.

Mahalla raisi bilan mahalladagi muammo va takliflar bo‘yicha suhbatlashdi.
———————————
Туман ҳокими У. Файзиев Ҳумо маҳалласида бўлиб, маҳаллада амалга оширилаётган ишлар, тозалик-ободончилик ишлари кабилар билан танишди.

Маҳалла раиси билан маҳалладаги муаммо ва таклифлар бўйича суҳбатлашди.
5.0K views13:45
Ochish/sharhlash
2023-04-26 16:01:49
QIZILTEPADA KASBLAR TANLOVI BOSHLANMOQDA

Qiziltepa tumani hududidagi yoshlar o‘rtasida sartaroshlik kasbiga ega yoshlarni kashf etish va rag‘batlantirish maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida 27-aprel kuni soat 9:00 da tumandagi sektorlar hududlarida “Erkaklar sartaroshi” yo‘nalishidagi tanlov bo‘lib o‘tadi. Undа 18-30 yosh toifasidagi yoshlar ishtirok etishi mumkin.

Ishtirokchilar o‘zlari bilan soch olish uchun asbob-uskunalar va model ishtirokchini olib kelishlari kerak bo‘ladi.

Musobaqalar quyidagi manzillarda bo‘lib o‘tadi.

1-sektor yoshlari uchun "Toshrabot Xumora" to‘yxonasining ro‘parasidagi salonda https://maps.google.com/maps?q=40.174097,64.943406&ll=40.174097,64.943406&z=16

2-sektor yoshlari uchun "Vang‘ozi yoshlar mehnat guzari"dagi  salonda https://maps.google.com/maps?q=40.026717,64.764016&ll=40.026717,64.764016&z=16

3- va 4-sektor yoshlari uchun 2-sonli kasb-hunar maktabida https://maps.google.com/maps?q=40.053825,64.824577&ll=40.053825,64.824577&z=16

Murojaat uchun telefon: +998 (91) 991-78-78
—————————————
ҚИЗИЛТЕПАДА КАСБЛАР ТАНЛОВИ БОШЛАНМОҚДА

Қизилтепа тумани ҳудудидаги ёшлар ўртасида сартарошлик касбига эга ёшларни кашф этиш ва рағбатлантириш мақсадида “Беш ташаббус олимпиадаси" доирасида 27 апрель куни соат 9:00 да тумандаги секторлар ҳудудларида “Эркаклар сартароши” йўналишидаги танлов бўлиб ўтади. Унда 18-30 ёш тоифасидаги ёшлар иштирок этиши мумкин.

Иштирокчилар ўзлари билан соч олиш учун асбоб-ускуналар ва модел иштирокчини олиб келишлари керак бўлади.

Мусобақалар қуйидаги манзилларда бўлиб ўтади.

1-сектор ёшлари учун "Тошработ Хумора" тўйхонасининг рўпарасидаги салонда https://maps.google.com/maps?q=40.174097,64.943406&ll=40.174097,64.943406&z=16

2-сектор ёшлари учун "Ванғози ёшлар меҳнат гузари"даги  салонда https://maps.google.com/maps?q=40.026717,64.764016&ll=40.026717,64.764016&z=16

3- ва 4-сектор ёшлари учун 2-сонли касб-ҳунар мактабида https://maps.google.com/maps?q=40.053825,64.824577&ll=40.053825,64.824577&z=16

Мурожаат учун телефон: +998 (91) 991-78-78
5.4K views13:01
Ochish/sharhlash
2023-04-26 15:34:53
Bayram konserti nihoyasiga yetdi
5.4K views12:34
Ochish/sharhlash
2023-04-26 15:19:46
Dilnoza Ismiyaminova
5.6K views12:19
Ochish/sharhlash
2023-04-24 11:34:04
Bugun YouTube'ga ilk video joylanganiga 18 yil bo‘ldi

2005-yil 24-aprel kuni jawed ismli foydalanuvchi (San Diyego) YouTube'ga ilk videoni joylagan edi. Me at the zoo (Men hayvonot bog‘idaman) deb nomlanuvchi 19 soniyalik ushbu rolik bugungacha 264 mln marta ko‘rilgan.

YouTube rekordlari:

• 2005-yil noyabr oyida “Nike” kompaniyasining Ronaldinyo ishtirokidagi reklamasi ilk marta million marta ko’rilgan video bo’lgan;

• 2012-yil dekabr oyida esa PSY guruhining “Gangnam Style” klipi ilk marta milliard marta ko’rilgan video bo’ldi;

• 2022-yil yanvar oyida Pinkfong studiyasining “Baby Shark Dance” klipi ilk marta 10 milliard marta ko’rilgan video bo’ldi. Ushbu video hozirda YouTube’da eng ko’p ko’rilgan video bo’lib turibdi (12,5 mlrd).
1.4K viewsedited  08:34
Ochish/sharhlash
2023-04-24 09:59:59
SHU HAFTA QAYЕRDA SAYYOR QABUL BOR?

Ushbu haftada ham sektor rahbarlari, tuman Xalq qabulxonasi mudiri va hokim o‘rinbosarlari ishtirokidagi sayyor qabullar o‘tkaziladi.

25 aprel kuni — Bobodo'g'i mahallasi aholisi bilan

26 aprel kuni — Madaniyat mahallasi aholisi bilan

27 aprel kuni — Rabot mahallasi aholisi bilan

28 aprel kuni — Ayronchi mahallasi aholisi bilan

Barcha qabullar soat 16.00 da boshlanadi.
—————————————————
ШУ ҲАФТА ҚАЕРДА САЙЁР ҚАБУЛ БОР?

Ушбу ҳафтада ҳам cектор раҳбарлари, туман Халқ қабулхонаси мудири ва ҳоким ўринбосарлари иштирокидаги сайёр қабуллар ўтказилади.

25 апрель куни — Бободўғи маҳалласи аҳолиси билан

26 апрель куни — Маданият маҳалласи аҳолиси билан

27 апрель куни — Работ маҳалласи аҳолиси билан

28 апрель куни — Айрончи маҳалласи аҳолиси билан

Барча қабуллар соат 16.00 да бошланади.
2.8K views06:59
Ochish/sharhlash
2023-04-24 08:39:10
QIZILTEPADA NAVBATDAGI KONSERT

Aziz qiziltepaliklar, navbatdagi konsertga tayyormisiz?

26-aprel
kuni soat 15:00 da Ichki ishlar vazirligining tashabbusi bilan tumanimiz aholisining kayfiyatini yanada ko‘tarish maqsadida tuman markazidagi “Markaziy o‘yingoh”da konsert dasturi tashkil etiladi.

Mazkur xayriya bayram-konsert dasturiga barchangizni lutfan taklif etamiz.
——————————————
ҚИЗИЛТЕПАДА НАВБАТДАГИ КОНЦЕРТ

Азиз қизилтепаликлар, навбатдаги концертга тайёрмисиз?

26 апрель
куни соат 15:00 да Ички ишлар вазирлигининг ташаббуси билан туманимиз аҳолисининг кайфиятини янада кўтариш мақсадида туман марказидаги “Марказий ўйингоҳ”да концерт дастури ташкил этилади.

Мазкур хайрия байрам-концерт дастурига барчангизни лутфан таклиф этамиз.
5.0K views05:39
Ochish/sharhlash
2023-04-24 07:20:23
Махсус репортаж | Қизилтепада ижтимоий профилактика тадбирлари
#23apr #uzbekiston24 #тв
3.9K views04:20
Ochish/sharhlash