Get Mystery Box with random crypto!

Navoiy viloyati hokimi, senator Normat Tursunovning Ramazon ha | YANGI QIZILTEPA

Navoiy viloyati hokimi, senator Normat Tursunovning Ramazon hayiti munosabati bilan viloyat ahliga BAYRAM TABRIGI

Qadrli yurtdoshlar!

So‘zim avvalida barchangizni butun Yer yuzidagi islom ummati kabi yurtimiz moʻmin musulmonlari tomonidan xursandchilik bilan keng nishonlanayotgan ulug‘ va muborak bayram – Ramazon hayiti bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Xalqimiz turmush tarzidan insonparvarlik, sabr-qanoat, xayru saxovat va shukronalik timsoli sifatida o‘rin olgan, Yaratganning rahmati yog‘ilib turuvchi ushbu saodatli ayyomda barcha ezgu niyat va duolaringiz ijobat bo‘lishiga tilakdoshman!
Darhaqiqat, bag‘rikeng diyorimizda turli millat va elatlar hamda konfessiyalar vakillari o‘zaro ahil, inoq yashab, o‘z diniy ibodat va rasm-rusumlarini erkin bajarib kelishayotgani xalqaro hamjamiyat tomonidan ham muntazam ravishda e’tirofga sazovor bo‘lib kelmoqda.

Batafsil

Крилл алифбосида ўқиш

Navoiy viloyati hokimligi
axborot xizmati.