Get Mystery Box with random crypto!

Qalb Davosi

Telegram kanalining logotibi qalbdavosi — Qalb Davosi Q
Telegram kanalining logotibi qalbdavosi — Qalb Davosi
Kanal manzili: @qalbdavosi
Toifalar: Din
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 361
Kanalning ta’rifi

بِسْـــــــــــــمِ اللهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِـــــــــــــيم
Ilmning avvali sukut, so'ng amal qilish, so'ngra esa tarqatishdir.
Sodiq bo'lsangiz qoling!

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2022-08-13 07:09:02 Alloh kimlarni sevadi ?

• Albatta Alloh yaxshilik qiluvchilarni sevadi.
Baqara 195

• Albatta Alloh tavba qiluvchilarni sevadi.
Baqara 222

• Alloh oʻzlarini mudom pok tutuvchilarni sevadi.
Baqara 222

• Alloh taqvo qiluvchi kishilarni sevadi.
Oli Imron 76

• Albatta Alloh sabr qiluvchilarni sevadi.
Oli Imron 146

• Allohga tavakkal qiling – suyaning! Albatta oʻziga tavakkal qiluvchilarni sevadi.
Oli Imron 159

• Albatta Alloh adolat qiluvchilarni sevadi.
Moida 42

Yaxshilikni tarqating va albatta Alloh yaxshilikni yoyganlarni sevadi...

@QalbDavosi
1.4K viewsedited  04:09
Ochish/sharhlash
2022-08-12 14:16:01
Ey Allohning roziligini masjidlar ziynatida izlayotganlar!
U zotning roziligini ochlarning qorni-yu, yupunlar ustidan izlang!


@QalbDavosi
1.2K viewsedited  11:16
Ochish/sharhlash
2022-08-05 08:35:49
Bomdod namoziga turish

Boyazidi Bistomiy hazratlari bir kecha uyqu og‘ir kelib, bomdod namoziga uyg‘ona olmadilar. Keyin pushaymon bo‘lib shunchalik ko‘p yig‘ladilarki, g‘oyibdan bir ovoz:
«Ey Boyazid! Bu qusuringni kechirdim. Bu tavbang tufayli senga yana yetmish ming namoz savobini berdim.» - dedi.
Bir necha oydan keyin, bomdod vaqtida yana uyqu bostirgan edi. Shayton kelib muborak oyoqlaridan turtib uyg‘otdi va «Tur, namoz vaqting o‘tib ketadi.» - dedi.
Boyazid Bistomiy hazratlari hayratlanib so‘radilar:
«Ey mal’un, sen qachondan beri xayrli ishga qo‘l uradigan bo‘lding? Hammaning namoz vaqti o‘tib ketishini xohlarding-ku. Meni nega uyg‘otding?
Shayton:
«Sen bomdod namozini o‘tkazib yuborgan kuning shunchalik yig‘ladingki, evaziga yetmish ming namoz savobi olding. Men shuni o‘ylab, seni namozga turg‘azdim, toki bir namozdan ortiq savob olmagaysan. Yo‘qsa yana yetmish ming namoz savobini olarding!» - deb javob berdi.

@QalbDavosi
2.0K viewsedited  05:35
Ochish/sharhlash
2022-08-04 19:20:55 Qurʼoni karimning 16 oʼrnida «Аlloh yaxshi koʼradi», degan jumlalar kelgan. Uni quyidagi tartibda berilgan.

1. "Аlloh ehson qiluvchilarni yaxshi koʼradi". (Baqara surasi,195‑oyat)

2. "Аlbatta, Аlloh tavba qiluvchilarni sevadi va poklanuvchilarni sevadi". (Baqara surasi, 222‑oyat)

3. "Bas, Аlloh taqvodorlarni yaxshi koʼradi". (Oli Imron surasi, 76‑oyat)

4. "Аlloh yaxshilik qiluvchilarni sevadi". (Oli Imron surasi, 134‑oyat)

5. "Аlloh sabrlilarni sevadi". (Oli Imron surasi, 146‑oyat)

6. "Аlloh goʼzal amal qiluvchilarni sevadi". (Oli Imron surasi, 148‑oyat)

7. "Аlbatta, Аlloh tavakkal qiluvchilarni sevadi". (Oli Imron surasi, 159‑oyat)

8. "Аlbatta, Аlloh yaxshilik qiluvchilarni sevadi". (Moida surasi, 13‑oyat)

9. "Аlbatta, Аlloh adolat qiluvchilarni sevadi". (Moida surasi, 42‑oyat)

10. "Zotan, Аlloh ehson qiluvchilarni sevadi". (Moida surasi, 93‑oyat)

11. "Аlbatta, Аlloh taqvodorlarni sevadi". (Tavba surasi, 4‑oyat)

12. "Аlbatta, Аlloh taqvodorlarni sevadi". (Tavba surasi, 7-oyat)

13. "Аlloh esa poklanuvchilarni sevadi". (Tavba surasi, 108‑oyat)

14. "Аlloh adolat qilguvchilarni suyadi". (Hujurot surasi, 9‑oyat)

15. "Аlbatta, Аlloh adolat qiluvchilarni yaxshi koʼradi". (Mumtahana surasi, 8‑oyat)

16. "Аlbatta, Аlloh Oʼz yoʼlida xuddi jips binodek boʼlib, safda turib urush qiladiganlarni yaxshi koʼradi". (Saf surasi, 4‑oyat)

@QalbDavosi
1.7K viewsedited  16:20
Ochish/sharhlash
2022-08-04 09:32:18
Абу Ҳурайрадан ривоят қилинади: Росулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам айтдилар:
"Биз бу дунёда охиргилармиз, Қиёмат куни эса, иззат-ҳурмат жиҳатидан биринчилармиз"

Саҳиҳи Бухорий.

@QalbDavosi
1.4K viewsedited  06:32
Ochish/sharhlash
2022-08-03 19:02:13 ONАLАR HАQIDА

1. Hadyani avval onaga soʼng otaga berilishi mahbubdir.

2. Hayot boʼlsalar ham, vafot topib ketgan boʼlsalar ham ularning haqlariga doimo duoda boʼlmoq zarur.

3. Onalarning yuzlariga tushgan ajinlar, qoʼllarining qadoqlari – sen va aka-ukalaring, opa-singillaring sababli ekanligini bilgin!

4. Senga bergan oq suti lutfu – xursandlik bilandir, ammo sening unga bergan taoming baʼzida minnatli va ozorlidir. Shuning uchun bergan har-bir luqmang lutfli boʼlishi uchun kamtarin boʼl, kamtarin boʼl!

5. Unga sen har kuni koʼrinish ber, chunki uning seni koʼrishi sening unga minglagan xum tillolar tuhfa qilganingdan ortiqroqdir.

6. Tirikligida bor imkoniyating ila unga tavozeʼli va shirin soʼzli boʼl, qachonki agar uni yoʼqotsang armondan xoli boʼlasan.

7. Hayit kunlari bagʼringa bosib, uni quchgin! U seni har kuni quchib, hidlaringdan toʼyib-toʼyib zavq olganini esingdan chiqarmagin!

@QalbDavosi
1.3K viewsedited  16:02
Ochish/sharhlash
2022-08-03 09:04:47
Hakim zotlardan biri:
"Kim sizdan axloq jihatidan ustun bo‘lsa, demak u din jihatidan ham sizdan ustundir.
Chunki din axloqdir" deb aytgan ekan.

@QalbDavosi
1.2K viewsedited  06:04
Ochish/sharhlash
2022-08-01 19:21:46
Bir ayol shayx xazratlaridan so'radi:

– Men turmush qurishimdan oldin kechalari ko'p namoz o'qiydigan, kunduzlari ko'p ro'za tutadigan qiz edim. Qur'on o'qiganimda ajoyib lazzat topar edim. Hozir bo'lsa toat halovatini yo'qotib qo'ydim" - dedi.

Shayx xazratlari: – Eringga e'tiboring qanday?" - deb so'radi.

"Xurmatli shayx xazratlari! Men sizdan Qur'on, ro'za, namoz va toat halovatidan so'rasam - u, siz mendan erim to'g'risida so'rayabsizmi?" - deya taajjublandi ayol.

"Ha, shundoq singlim. Nima uchun ba'zi ayollar iymon halovatini, toat lazzatini va ibodat asarini topa olmaydilar?

Rosululloh sollallohu alayhi va sallam aytganlar: "Ayol kishi erining haqqini ado qilmaguncha, iymon halovatini topa olmaydi".

(Imom Muslim rivoyati).

@QalbDavosi
1.3K viewsedited  16:21
Ochish/sharhlash