Get Mystery Box with random crypto!

Bomdod namoziga turish Boyazidi Bistomiy hazratlari bir kech | Qalb Davosi

Bomdod namoziga turish

Boyazidi Bistomiy hazratlari bir kecha uyqu og‘ir kelib, bomdod namoziga uyg‘ona olmadilar. Keyin pushaymon bo‘lib shunchalik ko‘p yig‘ladilarki, g‘oyibdan bir ovoz:
«Ey Boyazid! Bu qusuringni kechirdim. Bu tavbang tufayli senga yana yetmish ming namoz savobini berdim.» - dedi.
Bir necha oydan keyin, bomdod vaqtida yana uyqu bostirgan edi. Shayton kelib muborak oyoqlaridan turtib uyg‘otdi va «Tur, namoz vaqting o‘tib ketadi.» - dedi.
Boyazid Bistomiy hazratlari hayratlanib so‘radilar:
«Ey mal’un, sen qachondan beri xayrli ishga qo‘l uradigan bo‘lding? Hammaning namoz vaqti o‘tib ketishini xohlarding-ku. Meni nega uyg‘otding?
Shayton:
«Sen bomdod namozini o‘tkazib yuborgan kuning shunchalik yig‘ladingki, evaziga yetmish ming namoz savobi olding. Men shuni o‘ylab, seni namozga turg‘azdim, toki bir namozdan ortiq savob olmagaysan. Yo‘qsa yana yetmish ming namoz savobini olarding!» - deb javob berdi.

@QalbDavosi