Get Mystery Box with random crypto!

Qurʼoni karimning 16 oʼrnida «Аlloh yaxshi koʼradi», degan jum | Qalb Davosi

Qurʼoni karimning 16 oʼrnida «Аlloh yaxshi koʼradi», degan jumlalar kelgan. Uni quyidagi tartibda berilgan.

1. "Аlloh ehson qiluvchilarni yaxshi koʼradi". (Baqara surasi,195‑oyat)

2. "Аlbatta, Аlloh tavba qiluvchilarni sevadi va poklanuvchilarni sevadi". (Baqara surasi, 222‑oyat)

3. "Bas, Аlloh taqvodorlarni yaxshi koʼradi". (Oli Imron surasi, 76‑oyat)

4. "Аlloh yaxshilik qiluvchilarni sevadi". (Oli Imron surasi, 134‑oyat)

5. "Аlloh sabrlilarni sevadi". (Oli Imron surasi, 146‑oyat)

6. "Аlloh goʼzal amal qiluvchilarni sevadi". (Oli Imron surasi, 148‑oyat)

7. "Аlbatta, Аlloh tavakkal qiluvchilarni sevadi". (Oli Imron surasi, 159‑oyat)

8. "Аlbatta, Аlloh yaxshilik qiluvchilarni sevadi". (Moida surasi, 13‑oyat)

9. "Аlbatta, Аlloh adolat qiluvchilarni sevadi". (Moida surasi, 42‑oyat)

10. "Zotan, Аlloh ehson qiluvchilarni sevadi". (Moida surasi, 93‑oyat)

11. "Аlbatta, Аlloh taqvodorlarni sevadi". (Tavba surasi, 4‑oyat)

12. "Аlbatta, Аlloh taqvodorlarni sevadi". (Tavba surasi, 7-oyat)

13. "Аlloh esa poklanuvchilarni sevadi". (Tavba surasi, 108‑oyat)

14. "Аlloh adolat qilguvchilarni suyadi". (Hujurot surasi, 9‑oyat)

15. "Аlbatta, Аlloh adolat qiluvchilarni yaxshi koʼradi". (Mumtahana surasi, 8‑oyat)

16. "Аlbatta, Аlloh Oʼz yoʼlida xuddi jips binodek boʼlib, safda turib urush qiladiganlarni yaxshi koʼradi". (Saf surasi, 4‑oyat)

@QalbDavosi