Get Mystery Box with random crypto!

ONАLАR HАQIDА 1. Hadyani avval onaga soʼng otaga berilishi ma | Qalb Davosi

ONАLАR HАQIDА

1. Hadyani avval onaga soʼng otaga berilishi mahbubdir.

2. Hayot boʼlsalar ham, vafot topib ketgan boʼlsalar ham ularning haqlariga doimo duoda boʼlmoq zarur.

3. Onalarning yuzlariga tushgan ajinlar, qoʼllarining qadoqlari – sen va aka-ukalaring, opa-singillaring sababli ekanligini bilgin!

4. Senga bergan oq suti lutfu – xursandlik bilandir, ammo sening unga bergan taoming baʼzida minnatli va ozorlidir. Shuning uchun bergan har-bir luqmang lutfli boʼlishi uchun kamtarin boʼl, kamtarin boʼl!

5. Unga sen har kuni koʼrinish ber, chunki uning seni koʼrishi sening unga minglagan xum tillolar tuhfa qilganingdan ortiqroqdir.

6. Tirikligida bor imkoniyating ila unga tavozeʼli va shirin soʼzli boʼl, qachonki agar uni yoʼqotsang armondan xoli boʼlasan.

7. Hayit kunlari bagʼringa bosib, uni quchgin! U seni har kuni quchib, hidlaringdan toʼyib-toʼyib zavq olganini esingdan chiqarmagin!

@QalbDavosi