Get Mystery Box with random crypto!

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Telegram kanalining logotibi piimauz — Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi I
Telegram kanalining logotibi piimauz — Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Kanal manzili: @piimauz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 43.15K
Kanalning ta’rifi

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi
Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.me/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz
Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 info@piima.uz
☎️ 998(71)207-40-48
🤖 t.me/piimasavollar_bot

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 147

2021-08-17 08:26:34
МАҲАЛЛИЙ ОАВ БИЗ ҲАҚИМИЗДА

mtrkuzofficial Ахборот 24 | Ал-Хоразмий мактабига қабул жараёнлари
daryo.uz Yangi O‘zbekiston universitetiga kirish imtihonlari sentabr boshida o‘tkaziladi
mtrkuzofficial Новости 24 | Вступительные экзамены в специализированные школы
sputniknews-uz.com UNIVERSITET EMAS, ORZU: “YANGI OʻZBEKISTON” OLIYGOHIGA QANDAY KIRISH MUMKIN?
mtrkuzofficial Новости 24 | Процесс вступительных экзаменов
xs.uz Янги Ўзбекистон университетига имтиҳонлар сентябрнинг бошида ўтказилади
mtrkuzofficial Янгиликлар 24 | Янги Ўзбекистон университетига қабул жараёнлари бўйича матбуот анжумани
Qalampir.uz Ал-Хоразмий мактабида имтиҳонлар адолатли ўтяптими?
yuz.uz Юртимизнинг иқтидорли ёшлари учун "Янги Ўзбекистон" университетида грантлар тақдим этилади!
Registon LC Al-Xorazmiy, Ibn Sino, Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashgan maktablarning imtihon jarayonlari haqida
_______
"Zamonaviy ustoz" gazetasi №20 "Mahalliy pedagoglarga qo'yilgan talablar"
24.9K viewsedited  05:26
Ochish/sharhlash
2021-08-17 07:19:03 #Интервью

Президент Шавкат Мирзиёев "Янги Ўзбекистон" газетасига интервью берди.


https://yuz.uz/news/yangi-ozbekiston-demokratik-ozgarishlar-keng-imkoniyatlar-va-amaliy-ishlar-mamlakatiga-aylanmoqda
25.1K viewsedited  04:19
Ochish/sharhlash
2021-08-16 14:26:26 #Imtihon_2bosqich #Prezident_maktablari

Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 2 - bosqichini o'tkazish rejalashtirilgan hududlar haqida ma'lumot:

Toshkent shahar va Toshkent viloyati - Toshkent shahridagi Botanika bog‘ining B, C va D maydonlarida;

Sirdaryo viloyati - Guliston shahri markaziy o‘yingohida;

Qashqadaryo viloyatida - Qashqadaryo viloyati “Nasaf” futbol klubi mashg‘ulotlar maydoni (2)

Fargʻona viloyati - Farg‘ona davlat universiteti stadioni;

Buxoro viloyati - Buxoro shahri "Dilkusho" tennis sport majmuasida;

Jizzax viloyati - "So‘g‘diyona" markaziy o‘yingohi sun'iy qoplamali mashg‘ulot maydonida;

Samarqand viloyati - Samarqand shahar 2-son bolalar va o‘smirlar sport maktabi stadionida;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi - Nukus shahri "Turon" markaziy stadionida;

Namangan viloyati- 17-bolalar va o‘smirlar maktabiga qarashli "Navbahor umid" stadionlarida;

Xorazm viloyati- Urganch shahridagi Futbol akademiyasi qoshidagi "Xorazm" sport majmuasida;

Navoiy viloyati - Navoiy shahridagi "Kimyogar" o‘yingohida;

Andijon viloyati - Sportning o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabi asosiy stadioni 3-binosida;

Surxondaryo viloyati - Termiz olimpiya zaxiralari kolleji futbol maydonida.

Imtihon kuni va vaqti

21-avgust
1-smena 07:00
2-smena 19:00


22-avgust
1-smena 07:00

Imtihon hududiga belgilangan vaqtdan 1 soat oldin kelish talab etiladi.
37.6K viewsedited  11:26
Ochish/sharhlash
2021-08-16 12:34:58
#imtihon_natijalari

Agentlik tizimidagi Muhammad al Xorazmiy nomidagi Axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktabga kirish imtihonlarining natijalari e’lon qilindi.

Talabgorlarga sms-xabarnoma yuboriladi, Javoblarni ariza.piima.uz saytidagi "Shaxsiy kabinet" orqali bilib olish mumkin.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
27.0K viewsedited  09:34
Ochish/sharhlash
2021-08-16 12:16:35
#Trening

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan UNESCO tashkiloti bilan hamkorlikda Agentlik huzuridagi maktablar o'qituvchilari malakasini oshirish maqsadida trening mashg'ulotlari o'tkazilmoqda. Mazkur treninglarning ilk manzili Nukus shahridagi Prezident maktabi bo'ldi.

Trening jarayonini ZOOM platformasi orqali Prezident ta'lim muassasalari agentligi rahbari Hilola Umarova ochib berdi va ishtirokchilarga trening ishida muvafaqqiyat tiladi.

Treningda Nukus shahridagi Prezident maktabi va Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi o'qituvchilari ishtirok etishdi. Mashg'ulotlardan ko'zlangan maqsad, ishtirokchilarni zamonaviy yondashuvlarni ta'lim jarayoniga tatbiq qilish va ta'limda baholash metodikasi bilan yaqindan tanishtirishdan iborat.

Trening mashg'ulotlari xalqaro toifadagi o'qituvchi-trener Tomas Topham va mahalliy trener-o'qituvchilar boshchiligida o'tkazildi.

Bu kabi treninglarni muntazam ravishda gibrid shaklda (ham onlayn, ham offlayn tarzda) tashkil etish ko'zda tutilgan.
21.8K views09:16
Ochish/sharhlash
2021-08-16 12:11:52
«Digital Generation Uzbekistan» nodavlat notijorat muassasasi "Zamin" xalqaro jamoat fondi hamda Prezident ta'lim muassasalari agentligi bilan hamkorlikda "Zamin Education" loyihasi doirasida Samarqand shahridagi 61-maktab internatiga tashrif buyurdi.

Bu yerda “Raqamli Avlod” jamoasi eshitish qobiliyati zaif bolalar uchun robototexnika hamda dasturlash bo’yicha o’quv seminarlarini tashkil etdi.

Bundan tashqari, Microsoft kompaniyasining “Hour of Code” dasturi bo’yicha treninglar amalga oshirilib, trening so’ngida ishtirokchi o’quvchilarga xalqaro darajadagi sertifikatlar hamda tashkilotchilar tomonidan robototexnika jamlanmalari va maxsus darsliklar taqdim etildi.
______
Digital Generation Uzbekistan
19.9K views09:11
Ochish/sharhlash
2021-08-14 10:49:56
Prezident ta'lim muassasalari agentligi huzurida tashkil etilgan Ilmiy metodik kengashning 1-sonli majlisi bo‘lib o‘tdi. Kengash yig‘ilishida Agentlik tizimidagi ijod maktablari uchun yaratilgan uch darslik taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish avvalida Agentlik direktori Hilola Umarova ZOOM platformasi orqali ishtirokchilar bilan bog'lanib, Ilmiy-metodik kengash a’zolarini tizimida olib borilayotgan ishlar, maqsad va vazifalar bilan tanishtirdi hamda kengash ishiga muvaffaqiyat tiladi.

Mazkur ilmiy-metodik kengash a'zoligiga yurtimizdagi eng kuchli olimlar, amaliyotchilar va tadqiqotchilar jalb etilgan.

Batafsil saytimizda o'qing.
32.3K viewsedited  07:49
Ochish/sharhlash
2021-08-06 15:40:01 #Imtihon_2021

Endi ixtisoslashtirilgan maktablarga ariza topshirgan nomzodlar o'z bilimlarini sinab ko'rish imkoniyatiga ega!

Agentlik tizimidagi:

Abu Ali ibn Sino nomidagi Yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internati;
Muhammad al Xorazmiy nomidagi Axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktabi;
Mirzo Ulug'bek nomidagi fizika, matematika, astronomiya va informatika fanlariga ixtisoslashtirilgan maktablar kirish imtihonlari uchun namunaviy testlar edu.piima.uz platformasida e'lon qilindi.

Ixtisoslashtirilgan maktablarga ariza topshirib, arizasi tasdiqlanganiga 24 soat bo'lgan nomzodlar edu.piima.uz platformasiga kirib, bilimlarini sinab ko'rishlari mumkin.

edu.piima.uz platformasida o'z bilimini sinab ko'rmoqchi bo'lgan talabgorlar uchun:

Login - har bir nomzodning ID raqami
Parol - Demo#123

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
26.2K views12:40
Ochish/sharhlash
2021-08-06 12:28:27
#Ijod_maktablari #Imtihon_natijalari

Ijod maktablari kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi.

Ijod maktablariga kirish imtihonlari yakuni tahlili;
eng yuqori ball va o‘tish ballari;
har bir ijod maktabiga qabul qilinganlar soni;
ijod maktabining yangi o’quvchilari uchun kutilayotgan yangiliklar...

Bularning barchasi haqida saytimizda batafsil o'qishingiz mumkin.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
29.3K views09:28
Ochish/sharhlash
2021-08-06 05:49:13
Diqqat, imtihon!

Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktab hududida o‘tkaziladi.

Imtihon kunlari:
Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internati: 7- avgust
Mirzo Ulug'bek nomidagi fizika, matematika, astronomiya va informatika fanlariga ixtisoslashtirilgan maktab: 8-9-avgust
Muhammad al Xorazmiy nomidagi Axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktabi: 10-12-avgust

Imtihon 3 smena – 08:00, 12:00, 16:00 da o‘tkaziladi.

Imtihon vaqti haqida talabgorlarga 2-avgust kunidan boshlab sms-xabarnoma yuborilmoqda.

Sms-xabarnomani qabul qilgandan so‘ng ariza.piima.uz saytidagi “Shaxsiy kabinet”dan Ruxsatnomani yuklab, chop etib olishingiz shart!

Imtihonga talabgor tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma va Ruxsatnoma bilan kelishi lozim.

Imtihon o‘tkaziladigan manzil: Toshkent, Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasi.

https://maps.app.goo.gl/miApZ6sXGW5z2fCG9
21.6K views02:49
Ochish/sharhlash