Get Mystery Box with random crypto!

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Telegram kanalining logotibi piimauz — Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi I
Telegram kanalining logotibi piimauz — Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Kanal manzili: @piimauz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 43.15K
Kanalning ta’rifi

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi
Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.me/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz
Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 info@piima.uz
☎️ 998(71)207-40-48
🤖 t.me/piimasavollar_bot

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 145

2021-08-25 09:46:08
#Mustaqillik_30yil

Mustaqillikning 30 yilligiga bag‘ishlangan tanlov yakunlandi

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostida o‘tkazilgan “Vatan taraqqiyotiga mening qo‘shgan hissam” tanlovi yakuniga yetdi.

Tanlov 2 bosqichda tashkil etilib, 1-bosqichda g‘olib deb topilgan ijodiy ishlar – 11 ta qo‘lda chizilgan rasm, 16 ta she’r va hikoya hamda 9 ta maqola tanlovning 2-bosqichida ishtirok etish taqdim etilgan.

2-bosqich natijalari va g‘oliblari bilan saytimizda batafsil tanishishingiz mumkin.
31.6K views06:46
Ochish/sharhlash
2021-08-24 20:03:40
Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг ўттиз йиллиги муносабати билан фан, таълим, соғлиқни сақлаш, спорт, адабиёт, маданият, санъат соҳалари ва оммавий ахборот воситалари ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида

О награждении в связи с тридцатилетием государственной независимости Республики Узбекистан группы работников сфер науки, образования, здравоохранения, спорта, литературы, культуры, искусства и средств массовой информации

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
10.0K views17:03
Ochish/sharhlash
2021-08-24 20:03:40
«Ўзбекистон Қаҳрамони» унвонини бериш тўғрисида

О присвоении звания «Ўзбекистон Қаҳрамони»


Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
9.7K views17:03
Ochish/sharhlash
2021-08-24 09:51:33
#Munosabat #Cambridge_Assessment

Cambridge Assessment tashkilotining Test ishlab chiqish va qabul jarayonlarini muvofiqlashtirish departamenti boshlig'i Gwen Caudwell Prezident maktablariga kirish imtihonlari yuzasidan munosabat bildirib, kirish imtihonlari natijalarining adolatli bo'lishini ta'kidlab o'tdi.

Mazkur intervyu subtitr bilan e'tiboringizga havola etilmoqda.

Hurmatli ota-onalar, natijalar e'lon qilinmasdan, turli gap-so'zlarga yo'l qo'ymasligingizni so'raymiz. Cambridge Assesment tashkiloti har bir nomzod natijasining adolatli bo'lishini ta'minlashni o'z zimmasiga oldi.

Eslatib o'tamiz, asossiz korrupsiyada ayblash, shaxsga nisbatan qilingan bo'hton va tuhmatlar uchun qonun oldida javobgarlik belgilangan.
37.6K views06:51
Ochish/sharhlash
2021-08-24 07:43:55
Ахборот хизмати раҳбарлари фаолияти самарадорлиги рейтинги эълон қилинди

2021 йил июль ойига қадар Агентлик ва унинг ҳудудий бошқармалари хулосалари асосида ахборот хизмати раҳбари лавозимига расман тасдиқланиб, фаолият юритиб келган республика даражасидаги 139 нафар матбуот котибидан 29 нафарининг (ўтган йил якунида 14 нафар) иш натижалари юқори, 74 нафариники (ўтган йил якунида 67 нафар) ўрта, 23 нафариники (ўтган йил якунида 30 нафар) қониқарли, 13 нафари (ўтган йил якунида 17 та)нинг фаолияти паст даражада, дея баҳоланди.

Туман ва шаҳарлар ҳокимликлари кесимида 206 нафар матбуот котибидан 10 нафарининг (ўтган йил якунида 6 нафар) фаолияти юқори, 83 нафариники (ўтган йил якунида 7 нафар) ўрта, 70 нафариники (ўтган йил якунида 117 нафар) қониқарли, 38 нафариники (ўтган йил якунида 60 нафар) эса паст даражада, деб топилди.

Иш натижалари юқори баҳоланган матбуот котиблари сафида Президент таълим муассасалари агентлиги директори матбуот котиби ҳам бор.


Батафсил
21.4K viewsedited  04:43
Ochish/sharhlash
2021-08-24 07:28:41
#Trening

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan UNESCO tashkiloti bilan hamkorlikda Agentlik huzuridagi maktablar o'qituvchilari malakasini oshirish maqsadida tashkil etilayotgan trening-mashg'ulotlari davom etmoqda. Mazkur treninglarning navbatdagi manzili Namangan shahridagi Prezident maktabi bo'ldi.

Treningda Namangan shahridagi Prezident maktabi va Is'hoqhon Ibrat nomidagi ijod maktabi o'qituvchilari ishtirok etishdi. Trening mashg'ulotlari davomida ishtirokchilarni ta'limdagi zamonaviy yondashuvlar va innovatsion metodikalar bilan yaqindan tanishtirish ko'zda tutilgan.

Mashg'ulotlar xalqaro toifadagi o'qituvchi-trener Tomas Topham va mahalliy trener-o'qituvchilar boshchiligida o'tkazildi.

Bu kabi loyihalar pedagog-kadrlarning mahoratini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Eslatib o'tamiz, mazkur treninglarning muntazam ravishda tashkil etilishi ko'zda tutilgan.

Trening-mashg'ulotlarining navbatdagi manzili - Toshkent shahri.
20.2K views04:28
Ochish/sharhlash
2021-08-23 15:21:51 #Munosabat

Farg'ona shahridagi Prezident maktabiga kirish imtihonlarining 2-bosqich ingliz tili fanidan imtihon yuzasidan kelib tushgan murojaatlar yuzasidan rasmiy bayonot beriladi.

Unda:
Prezident ta'lim muassasalari agentligi mas'ullari;
Qabul komissiyasi raisi va
Cambridge Assessment tashkilotining Test ishlab chiqish va qabul jarayonlarini muvofiqlashtirish departamenti boshlig'i Gwen Caudwell ishtirok etishadi.

Bizni bugun 18:30 daYouTube kanalimiz orqali kuzatishingiz mumkin.
38.7K views12:21
Ochish/sharhlash
2021-08-23 08:21:36 Farg'ona shahridagi Prezident maktabiga kirish imtihonlarining 2-bosqich ingliz tili fanidan imtihon yuzasidan murojaatlar kelib tushgani haqida xabar bergan edik.

Bugun Prezident ta'lim muassasalari agentligi mas'ullari, Qabul komissiyasi raisi va Cambridge Assessment tashkilotining Test ishlab chiqish va qabul jarayonlarini muvofiqlashtirish departamenti boshlig'i Gwen Caudwell onlayn bayonot berishadi.

Buyuk Britaniya bilan vaqt tafovutini hisobga olgan holda bayonot vaqtiga tez orada aniqlik kiritiladi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
48.5K viewsedited  05:21
Ochish/sharhlash
2021-08-22 15:21:03 Farg'ona shahridagi Prezident maktabi kirish imtihonlari - ingliz tili fani yuzasidan kelib tushgan murojaat Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan o'rganilmoqda.
Qabul komissiyasi mas'ullari imtihon sabab viloyatlarda bo'lganligi uchun biroz vaqt kerak, barcha Toshkentga yetib kelishi bilan rasmiy munosabat e'lon qilinadi.


Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
21.6K viewsedited  12:21
Ochish/sharhlash
2021-08-22 10:22:58
25.2K viewsedited  07:22
Ochish/sharhlash