Get Mystery Box with random crypto!

«Digital Generation Uzbekistan» nodavlat notijorat muassasasi | Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

«Digital Generation Uzbekistan» nodavlat notijorat muassasasi "Zamin" xalqaro jamoat fondi hamda Prezident ta'lim muassasalari agentligi bilan hamkorlikda "Zamin Education" loyihasi doirasida Samarqand shahridagi 61-maktab internatiga tashrif buyurdi.

Bu yerda “Raqamli Avlod” jamoasi eshitish qobiliyati zaif bolalar uchun robototexnika hamda dasturlash bo’yicha o’quv seminarlarini tashkil etdi.

Bundan tashqari, Microsoft kompaniyasining “Hour of Code” dasturi bo’yicha treninglar amalga oshirilib, trening so’ngida ishtirokchi o’quvchilarga xalqaro darajadagi sertifikatlar hamda tashkilotchilar tomonidan robototexnika jamlanmalari va maxsus darsliklar taqdim etildi.
______
Digital Generation Uzbekistan