Get Mystery Box with random crypto!

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Telegram kanalining logotibi piimauz — Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi I
Telegram kanalining logotibi piimauz — Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Kanal manzili: @piimauz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 43.15K
Kanalning ta’rifi

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi
Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.me/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz
Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 info@piima.uz
☎️ 998(71)207-40-48
🤖 t.me/piimasavollar_bot

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 143

2021-12-14 10:44:58
#Xalqaro_hamkorlik

AGENTLIK TIZIMIDAGI TA'LIM MUASSASALARI UCHUN IELTS IMTIHONINI TOPSHIRISHDA QULAYLIKLAR YARATILADI

Bugun, 14-dekabr kuni Britaniya Kengashining Markaziy Osiyodagi imtihon masalalari bo'yicha rahbari Zhanar Rakhimzhanova Toshkent shahridagi Prezident maktabida bo'ldi.

Uchrashuv davomida Agentlik vakillari bilan Agentlik tizimidagi maktab o'quvchilarining IELTS imtihoni topshirishlari uchun qulayliklar yaratish dasturlarini ishlab chiqish, shuningdek o'qituvchilar uchun Aptis tests dasturi bo'yicha hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv so'ngida mehmonlar uchun Prezident maktabi bo'ylab ekskursiya tashkil etilib, ular maktab hayoti hamda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi.
________
Today Zhanar Rakhimzhanova, Head of the British Council's Exam Business in Central Asia, visited the Presidential School in Tashkent. During the meeting, the sides discussed the prospects of mutual cooperation.
4.7K views07:44
Ochish/sharhlash
2021-12-14 10:04:22
#Бизнинг_шундай_ўқувчиларимиз_бор
#Prezident_maktablari

Agentlik tizimidagi ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan o'quvchilar orasida bir-biridan iqtidorli yoshlar ko'p. Toshkent shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Shahrizoda Abdurahmonova shulardan biridir.

U dunyoning TOP 30 taligiga kiradigan AQSHning Cornell Universitetida o'tkazilgan arxitektura bo'yicha "Summer program" hamda Barselona shahrining Llorett de Mar shahrida bo‘lib o'tgan ijodiy yo‘nalishdagi festival g‘olibidir. Shahrizoda, shuningdek Toshkent shahrida bo'lib o'tgan matematika fani bo'yicha bilimlar bellashuvida 3-o'rinni qo'lga kiritgan.

U dunyo reytingida 124-o'rinda turuvchi AQSHning Arizona universiteti xalqaro munosabatlar yo'nalishiga o'qishga qabul qilingan.

Shahrizoda matematika, xalqaro munosabatlarga qiziqishdan tashqari, dizayn yo'nalishida ham o'zini sinab ko'rgan. U o'zining "Shahriym collection" brendiga asos solgan, mazkur kolleksiyadagi kiyimlar u chizgan dizayn asosida yaratiladi.
4.3K viewsedited  07:04
Ochish/sharhlash
2021-12-13 14:53:25
#Xorijiy_professorlar
#Янги_Ўзбекистон_университети

SAMSUNG ELECTRONICS VA HYUNDAI MOTORS KOMPANIYALARINING ASOSIY LABORATORIYASI ASOSCHISI ENDI "YANGI O'ZBEKISTON" UNIVERSITETIDA!

Hozirda Janubiy Koreyaning Sejong universitetida faoliyat olib borayotgan Professor Ki Buem Kim "Yangi O'zbekiston" universiteti talabalarining ilmiy izlanish va tadqiqotlarida ko'maklashadi. Professor Kim kimyo muhandisligi mutaxassisligi bo'yicha texnika fanlari doktori, professor. U Buyuk Britaniyaning Oxford universitetida tahsil olgan.

Professor Kim "Yangi O'zbekiston" universitetining Kimyo va mexanika muhandisligi fakultetlari talabalariga dars o'tish va universitetdagi ilmiy izlanishlarda faol ishtirok etish uchun taklif etilgan.

Professor Ki Buem Kim boshchiligidagi “Nano Structured Materials Laboratory” deb nomlangan laboratoriya Samsung Electronics va Hyundai Motors kompaniyalarining asosiy laboratoriyalaridan biri hisoblanadi.
3.6K views11:53
Ochish/sharhlash
2021-12-13 11:15:12
#OAV_biz_haqimizda
#Yangi_darsliklar

"Ma'rifat" gazetasida Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan yaratilgan “Adabiyot” darsligi haqida "Adabiyot darsligida yangicha yondashuv" nomli maqola chop etildi.

Mazkur darslik ijod maktablari o'quvchilari uchun mo'ljallangan bo'lib, u ilk bor badiiy matn mutolaasi, "o'quvchi-matn" dialogining o'ziga xos xususiyatlariga e'tibor qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.

Maqolani batafsil saytimizda o'qing.
4.0K viewsedited  08:15
Ochish/sharhlash
2021-12-13 08:50:10
#Xalqaro_trening
#Prezident_maktablari

Agentlik tizimidagi faoliyati endi boshlangan yangi Prezident maktablarining ishga qabul qilingan pedagoglari uchun treninglar davom etmoqda.

Navbatdagi trening Guliston shahridagi Prezident maktabida tashkil etilib, pedagoglarga dars jarayoniga zamonaviy va interaktiv metodikalarni joriy etish, o'quvchiga yo'naltirilgan ta'lim va tanqidiy fikrlash kabi mavzularda zaruriy bilimlar va ko‘rsatmalar berildi.

Mazkur treninglar Agentlikning xalqaro eksperti Thomas Topham tomonidan olib borilmoqda.
———————

Trainings are being held for teachers of the Presidential schools under the Agency, which are starting to work this year.

The next training was organized at the Presidential School in Gulistan, where teachers were given the necessary knowledge and instructions on implementing modern methods, student-centered education and etc.

These trainings are conducted by international trainer Thomas Topham, who is working at the Agency.
4.2K views05:50
Ochish/sharhlash
2021-12-12 15:03:13
4.8K viewsedited  12:03
Ochish/sharhlash
2021-12-12 13:17:59
#DevFest_Tashkent_2021
#2_kun
#Tashkilotchilar_nima_deydi

Nuriddin Iminoxunov, GDG Tashkent kompaniyasi tashkilotchisi va asoschisilaridan biri

DevFest festivali 2018-yildan buyon o'tkazilib kelinmoqda. Har yili mazkur tadbir Markaziy Osiyodagi eng katta dasturchilar festivali, deb e'tirof etiladi. 2021-yil ham bundan mustasno emas. Biz mazkur festival doirasida ko'plab xalqaro va mahalliy ekspertlar hamda yosh dasturchilarni qamrab olamiz.

Biz dasturchilarni birlashtirib, mahalliy IT hamjamiyatlarini Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari bilan bog'laydigan ko'prikka aylantirishga o'z hissamizni qo'shishni maqsad qilganmiz.

Bunday tadbirlar yosh dasturchilar uchun o'ziga xos motivatsiya hamdir. Bu yerda 10 yildan ortiqroq vaqt davomida eng yaxshi jamoalarda faoliyat olib borayotgan IT mutaxassislari ishtirok etishmoqda. Ularning maslahatlari va tajribasi IT sohasiga endi qadam qo'ygan dasturchilarni ruhlantirishiga aminman.
3.9K viewsedited  10:17
Ochish/sharhlash
2021-12-12 12:33:41
#DevFest_Tashkent_2021
#2_kun
#Tashkilotchilar_nima_deydi

Dilmurod Olimjonov, DevFest tashkilotchilaridan biri

Prezident ta'lim muassasalari agentligi, Digital Generation Uzbekistan bilan hamkorlikda "Yangi O'zbekiston" universitetida Google Developer Groups dasturchilar festivalining offlayn qismi bo'lib o'tmoqda. Festivalni o'tkazishdan maqsad IT sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar uchun hamjamiyat yaratish va tajriba almashish muhitini shakllantirishdan iborat.

GDG festival butun dunyo bo'ylab o'tkazilib kelinadi va bu yil yurtimizda ushbu festival gibrid shaklda tashkil etilgan. Kecha festivalning onlayn qismiga start berilib, unda Google kompaniyasida ishlaydigan xalqaro ekspertlar bilan IT sohasidagi so'nggi texnologiyalar bo'yicha suhbatlashdik. Bugungi tadbirimizda Yevropadan tashrif buyurgan spikerlar ham bor.

Bugun kun davomida turli taqdimotlar va mahorat darslari bo'lib o'tishi rejalashtirilgan, shuningdek jonli efirda ijtimoiy tarmoqlarda streamlar tashkil qilingan.
4.0K views09:33
Ochish/sharhlash
2021-12-12 11:12:08
GDG DevFest Tashkent-2021

Dasturchilar festivalining ikkinchi kunidan fotoreportaj.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
4.9K viewsedited  08:12
Ochish/sharhlash
2021-08-29 20:15:51 Ikki nafar farzandi Prezident maktabida o‘qiydigan Jabborovlar oilasi bilan suhbat



14.3K views17:15
Ochish/sharhlash