Get Mystery Box with random crypto!

#Xalqaro_hamkorlik AGENTLIK TIZIMIDAGI TA'LIM MUASSASALARI UC | Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Xalqaro_hamkorlik

AGENTLIK TIZIMIDAGI TA'LIM MUASSASALARI UCHUN IELTS IMTIHONINI TOPSHIRISHDA QULAYLIKLAR YARATILADI

Bugun, 14-dekabr kuni Britaniya Kengashining Markaziy Osiyodagi imtihon masalalari bo'yicha rahbari Zhanar Rakhimzhanova Toshkent shahridagi Prezident maktabida bo'ldi.

Uchrashuv davomida Agentlik vakillari bilan Agentlik tizimidagi maktab o'quvchilarining IELTS imtihoni topshirishlari uchun qulayliklar yaratish dasturlarini ishlab chiqish, shuningdek o'qituvchilar uchun Aptis tests dasturi bo'yicha hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv so'ngida mehmonlar uchun Prezident maktabi bo'ylab ekskursiya tashkil etilib, ular maktab hayoti hamda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi.
________
Today Zhanar Rakhimzhanova, Head of the British Council's Exam Business in Central Asia, visited the Presidential School in Tashkent. During the meeting, the sides discussed the prospects of mutual cooperation.