Get Mystery Box with random crypto!

#DevFest_Tashkent_2021 #2_kun #Tashkilotchilar_nima_deydi | Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#DevFest_Tashkent_2021
#2_kun
#Tashkilotchilar_nima_deydi

Dilmurod Olimjonov, DevFest tashkilotchilaridan biri

Prezident ta'lim muassasalari agentligi, Digital Generation Uzbekistan bilan hamkorlikda "Yangi O'zbekiston" universitetida Google Developer Groups dasturchilar festivalining offlayn qismi bo'lib o'tmoqda. Festivalni o'tkazishdan maqsad IT sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar uchun hamjamiyat yaratish va tajriba almashish muhitini shakllantirishdan iborat.

GDG festival butun dunyo bo'ylab o'tkazilib kelinadi va bu yil yurtimizda ushbu festival gibrid shaklda tashkil etilgan. Kecha festivalning onlayn qismiga start berilib, unda Google kompaniyasida ishlaydigan xalqaro ekspertlar bilan IT sohasidagi so'nggi texnologiyalar bo'yicha suhbatlashdik. Bugungi tadbirimizda Yevropadan tashrif buyurgan spikerlar ham bor.

Bugun kun davomida turli taqdimotlar va mahorat darslari bo'lib o'tishi rejalashtirilgan, shuningdek jonli efirda ijtimoiy tarmoqlarda streamlar tashkil qilingan.