Get Mystery Box with random crypto!

PEDIATR SHIFOKOR

Telegram kanalining logotibi pediatr_shifokor — PEDIATR SHIFOKOR P
Telegram kanalining logotibi pediatr_shifokor — PEDIATR SHIFOKOR
Kanal manzili: @pediatr_shifokor
Toifalar: Sogʻlom
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 9.55K
Kanalning ta’rifi

Bolalar salomatligi bo‘yicha eng ishonchli ma’lumotlar beriladigan O‘zbekistondagi yagona kanal!
Farzandlarimiz sog‘ligi dunyodagi eng bebaho ne'matdir.
@yosh_onalar_bola_tarbiyasi
@Rahmonberganim 👈Admin

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 18

2023-04-01 18:31:38
#
Идишни она синдириб қўйса:
«Келган бало-қазо шунга урсин...».

Ота синдириб қўйса:
«Янгилангиси келиб турган эканда ўзи...».

Бола синдириб қўйса:
«Бирорта ишни эплолмайсан, лаллайган!..»

Адолатсизлик оиладан бошланади.

@PEDIATR_SHIFOKOR
459 viewsedited  15:31
Ochish/sharhlash
2023-04-01 18:30:36 BOLAGA TEZ-TEZ BAQIRSANGIZ... VAZIYATNI YUMSHATISHNING 4 USULI

Ba’zi oilalarda bolaga aytganni faqat baqirib qildirish mumkin, degan tushuncha bor. Ammo psixologlar baqirish, bola ruhiyatiga va shaxs bo‘lib shakllanishiga salbiy ta’sir qilishini ta’kidlaydi.

Muammo bor joyda yechim ham bo‘ladi

Muammoga yechim topish uchun uning kelib chiqish sabablarini bilish kerak. Birinchi navbatda ovozingizni nima uchun ko‘tarayotganingizni aniqlab oling. Ma’lum vaziyatga reaksiya bildirishingizni o‘zgartirish uchun maslahatlarga amal qiling.

Sabr yetishmasligi

Aksariyat ota-onalar bolalarining to‘g‘ri gapni tushunmasligi, quyushqondan chiqmaslikka harakat qilib, takrorlashlariga qaramay bola aytganni qilmasligini ta’kidlaydi. Aslida esa bola boshqachasiga tushunmaydi emas, ota-onalar boshqachasiga tushuntira olmaydi yoki kattalarda, bola o‘zi mustaqil ravishda vazifani bajarish. tanlov va nima qilish kerakligi borasida qaror qabul qilishiga imkon berish uchun sabr yetishmaydi.

Nima qilish kerak?

O‘z ustingizda ishlashga harakat qiling. Uy va boshqa joylarda nima va qanday omillar sizni asabiylashishga majbur qilishini bilib, shunga yarasha ish tuting. Agar boshqa odamlar bilan suhbatlashish davomida ham agressiv muloqot qilayotganingizni payqasangiz, unda muammoga bolani aybdor qilishning keragi yo‘q. Bu sizning odatiy taktikangiz va sizga xos bo‘lgan xulq-atvor. O‘zingizni nazorat qilish va tutishga o‘rganing. Hayotda har jabhada o‘zingizni boshqarishni o‘rgansangiz, bola bilan munosabatlaringiz avtomatik tarzda yaxshilanadi. O‘z ustingizda ishlaganingizdan keyin vaziyatga xolis baho berishni, g‘azabni boshqarishni va alamni boladan olmaslikni o‘rganasiz.

Bolaning noadekvat o‘zini tutishi sabab

Ba’zida bolaning o‘zini tutishi odamni quyushqondan chiqishiga sabab bo‘lishi, u aytganni teskarisini bajarishi va o‘zini eshitmagandek tutishi, xarxasha qilishi mumkin. Bunda ota-onalar ham o‘zini shunday tutishi va baqir-chaqir qilib aytganni qildirmoqchi bo‘ladi.

Nima qilish kerak?

O‘zingizni bosing va o‘zingizga vaziyatni nazorat qila olishingizni ta’kidlang. Uni tinchlantirish uchun o‘zingiz ham sokin bo‘lishingiz kerak. Unutmang, jazavaga tushgan ikki kishi hech qachon til topisha olmaydi. Adekvat, yetarlicha tajribaga ega katta odam vaziyatni nazorat qilsa, bosimsiz ham muammoni hal qila oladi. Bolangizga seni tinchlanishingga yordam beraman, o‘zingga kelganingda suhbatni davom ettiramiz, deb ayting.

Jazavaga tushgan bolaga: bor, sen bilan boshqa gaplashmayman, menga bunday bolaning keragi yo‘q, deya ko‘rmang. Chuqur nafas oling, beshgacha sanang va vazmin bo‘lishga harakat qiling.

Bolangizni bo‘yi baravar o‘tiring, ko‘zlariga boqing. Bag‘ringizga bosishingiz shart emas. Shunchaki qo‘llaridan tuting, yelkasidan ushlang yoki boshini silang va shundan keyingina aytmoqchi bo‘lgan gapingizni boshlang.

Reaksiyani ko‘paytirish maqsadida

Ota-ona bolasiga dars qilishni bir necha marta takrorlasa ham bajarmaganidan va beparvoligidan keyin baqirsam, bajaradi deb ovozini ko‘tarishga o‘tadi. Bola esa darhol aytganni bajaradi. Lekin bunday vaziyatda bola nima uchun qilayotganini tushunish muhim. Bola kattalarni aytganini hurmat yuzasidan yoki natija bilan ularni quvontirish uchun emas, qo‘rquvdan bajaradi.

Nima qilish kerak?

Avvaliga o‘zingiz uchun aniqlab oling: siz uchun nima muhimroq: bolangizni hurmat qilgan holda gapingizni ikki qilmagani yaxshimi yoki hamma narsani qo‘rquv bilan bajarganimi? Agar siz hamma vaqt bolaga baqirishda davom etsangiz, unda ham shunday reaksiya bo‘ladi.

Oqibatda biror narsani ongli va kerak deb bilganidan emas, boshqa baqirmasligingiz uchungina bajaradi, bunda esa sizning iltimosingiz va vaziyatning umuman qizig‘i bo‘lmaydi. U o‘zining xatti-harakatlarini zarurligini anglay olmaydi va iltimosning muhim ekanini tushunmaydi. U aytganni shunchaki, qulog‘i tinchishi va ota-onasini o‘zini boshqara olmaydigan ahvolda ko‘rishni istamaganidan bajaradi.


@PEDIATR_SHIFOKOR
468 views15:30
Ochish/sharhlash
2023-04-01 18:27:31
Болаларга бақириб нимага эришасиз?

1. Бола ўз ўрнини тополмайди.
2. Болани қўрқув ва дудуқланишга олиб келади.
3. Бола жаҳлдор, меҳрсиз бўлиб боради.
4. Боланинг руҳияти ёмон томонга ўзгаради.

Болангизга бақирган, уни урган бўлсангиз, ҳозироқ уни хурсанд қилинг. Унутманг, ҳозир фарзандингизга нима берсангиз, қариганда шуни оласиз.

@PEDIATR_SHIFOKOR
485 viewsedited  15:27
Ochish/sharhlash
2023-04-01 18:26:34
Otalarga savol!

Oʻgʻlingiz oʻzingizga oʻxshashini xohlaysizmi?

Onalar ham javob bersa boʻladi. Yaʼni, oʻgʻlingiz otasiga oʻxshashini xohlarmidingiz?

Juda qiyin savol, toʻgʻrimi?! Siz xohlasangiz ham xohlamasangiz ham oʻxshaydi. Chunki olmani tagiga xech jahonda shaftoli tushmaydi-ku.

Xozir qanday aybingiz boʻlsa, zararli odatingiz boʻlsa, gunohingiz va yomon xarakteringiz boʻlsa barchasiga tavba qiling va yigʻishtiring. Yoʻqsa, ertadan keyin shu koʻzingizni quvonchi boʻlgan oʻgʻlingiz oʻzingizni koʻzingizga xuddi toʻngʻizdek boʻlib koʻrinish beradi. Sizga oʻxshab. Bu gap barchaga barobar tegishli emas, ba'zi insonlarga yetib borsa boʻldi.

Otalarga yuborib qoʻyadigan post.

@PEDIATR_SHIFOKOR
578 views15:26
Ochish/sharhlash
2023-03-29 10:48:38
Bola boshini orqaga otib yigʻlashi nimadan kelib chiqadi?

@PEDIATR_SHIFOKOR
741 views07:48
Ochish/sharhlash
2023-03-29 10:46:38
Koʻchada ziyofatingiz boʻlsa
Ayolingiz uchun ham bir ziyofat qilib keting ,aks xolda ayolingizga zulm qilib qoʻygan boʻlib qolasiz....

@PEDIATR_SHIFOKOR
786 views07:46
Ochish/sharhlash
2023-03-29 10:44:13
Alhamdulillah

@PEDIATR_SHIFOKOR
699 views07:44
Ochish/sharhlash
2023-03-29 10:44:01
890 gram tug'ulg'an chaqaloq
Hozir 1 kilo 100 gram boʻldi


@PEDIATR_SHIFOKOR
771 views07:44
Ochish/sharhlash
2023-03-26 14:37:41
Super tez onalar

@PEDIATR_SHIFOKOR
814 views11:37
Ochish/sharhlash
2023-03-26 14:37:21
Fransuz doktorlarni bronxitni tozalash usuli

@PEDIATR_SHIFOKOR
692 views11:37
Ochish/sharhlash