Get Mystery Box with random crypto!

PEDIATR SHIFOKOR

Telegram kanalining logotibi pediatr_shifokor — PEDIATR SHIFOKOR P
Telegram kanalining logotibi pediatr_shifokor — PEDIATR SHIFOKOR
Kanal manzili: @pediatr_shifokor
Toifalar: Sogʻlom
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 9.55K
Kanalning ta’rifi

Bolalar salomatligi bo‘yicha eng ishonchli ma’lumotlar beriladigan O‘zbekistondagi yagona kanal!
Farzandlarimiz sog‘ligi dunyodagi eng bebaho ne'matdir.
@yosh_onalar_bola_tarbiyasi
@Rahmonberganim 👈Admin

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2023-07-17 16:38:53
O'zingizni qadrlashni o'rganing!
Mehnatingizni qadrsizlantirmang!

— Ko'p ayollardan nima ish qilasiz deb so'rasam, uyda o'tiraman, ishlamayman, bekorchiman deydi.
Siz bekorchi emassiz!
Siz - ONA siz!

— Yelkangizda millat va ummat uchun foydali inson tarbiyalash vazifasi turibdi.

— Nega o'zingizni bekorchiman deysiz?

— Pul topmaganingiz uchungina o'z mehnatingizni qadrsizlantirmang.

— O'zingiz o'zingizni bekorchi deb hisoblasangiz, atrofdagilar nima desin?

— Tunlarni kunlarga ulaysiz, kuni bilan tinim bilmaysiz, yana bekorchiman deysizmi?

— Sizdan kim bo'lib ishlaysiz deb so'rashsa, aslo uy bekasiman demang.

— Men onaman, millat va ummat tarbiyachisi bo'lib ishlayman deng.

@Pediatr_shifokor
1.9K views13:38
Ochish/sharhlash
2023-07-17 16:38:02
Baxt bor va u hozir:

Maza qilib beshikda uxlayapti;
Tishi qichib, injiqlanib yig'layapti;
Hamma tortmalarni tityapti;
Hamma joyini kir qilib, qum o'ynayapti;
O'yinchoqlarini to'zitib, o'ynayapti;
Endi yig'ishtirgan joyingizni ushoq qilyapti;
Kashasini ichyapti;
Ishini bajarib, kulib o'tiribdi;
Bog'chada;
Maktabda.

Uyingizni quvonchga to'ldirib turgan shirin ne'matingiz — sizning eng katta baxtingiz!

Sizning baxtingiz qayerda va nima bilan band?

  @PEDIATR_SHIFOKOR
1.1K views13:38
Ochish/sharhlash
2023-07-17 16:37:09
Tigʻdan oʻtkir qalam

Qiz uchli qalam bilan yerga yiqilganidan keyin kasalxonaga olib kelingan va shoshilinch ravishda jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgan. Qalamning oʻtkir uchi uyqu arteriyasiga borib tekkan.

Ogoh boʻling, kichik yoshli bolalarning qalam ruchka koʻtarib olgancha yugurishlariga yoʻl qoʻymang. Bu hayot uchun xavfli boʻlishi mumkin!

@Pediatr_shifokor
1.1K views13:37
Ochish/sharhlash
2023-07-17 09:58:50 Men yaxshi ona bo'la olmadim. Harakat qildim, ammo bo'la olmadim.

5 yoshli o'g'lim bor edi. U shu yoshgacha mendan ancha dakki eshitardi. Yo'q, uni yaxshi ko'rardim, ammo urushaverardim.
Uning o'zi meni bunga majbur qilar edi: ko'chaga chiqsa ahvoliga qarab bo'lmasdi. Kiyimlari kir, oyoqlari loy...
O'yinchoq o'ynasa uyni boshiga ko'tarardi. Lego qismlari necha marta oyog'imga kirib ketdi. Jon achchig'ida yana baqirardim.
Non yoki pechenye yesa divanlarni usti ushoq bo'lib ketar edi. Odamga o'xshab ovqat yemasdi. Hamma yoqqa to'kib-sochib, kiyimlarini rasvo qilib yerdi. Uyim uning dastidan suvarakka to'ldi.
Ayni bir ish bilan mashg'ul bo'lganimda kelib, meni chalg'itaverar edi. Savol beraverib, boshimni og'ritib yuborar edi. Men esa o'zim uchun ham yashagim kelar edi.

Baqirib, urushib katta qilgim kelmasdi, lekin o'zimni tutib tura olmasdim. Uning har bir harakati asabimga tegar edi, u men xohlaganday jim o'tirmasdi, men xohlaganday ovqatlanmasdi, men xohlaganday o'zini tutmasdi va bu menga ancha noqulayliklar tug'dirar edi.

Bir kuni Alloh O'z omonatini mendan qaytarib oldi. Bolajonim umuman kutilmaganda chin dunyoga ketdi...
Nima bo'lganiga tushunmay ham qoldim...
Uyim va qalbim bo'm-bo'sh bo'lib qoldi...

Endi bolamni kiyimlari toppa-toza. Ana, shkafda osig'liq turibdi. Ularni kiyib, kir qilib kelsayu, qayta-qayta yuvib bersam...

U kiyimlar bolam YASHAYOTGANI uchun kir bo'lar ekan...

Endi uyim tartibli. Ana, o'yinchoqlar bir chekkada yotibdi. Qani bularni yoyib, sochib o'ynaydigan Bolam tirik bo'lsa, o'zim ham qo'shilib u bilan o'ynardim.
Uyimdagi tartibsizlik uning BORLIGI sabadidan ekan...

Divanlar top-toza turibdi. Hechqayerda non ushoq, pechenye bo'lagi yo'q. Ammo o'sha betartiblik uchun hozir borimni berar edim.
Axir bu urvoqlar bolajonim nafas olayotganidan, sog'lom ekanligidan darak ekan

Hozir uyim suv quygandek jim-jit, go'yoki o'zim uchun yashashga imkon berilgandek. Ammo bu hayot menga yoqmayabdi. Bolajonim menga savol berarkan atrofni MEN orqali o'rganishni, MENI e'tiborimni, MENI mehrimni xohlagan ekan. Butun dunyosi MENDAN iborat bo'lgan bolamni o'z dunyomga sig'dirmadim.

Men jim-jitlik, tartib, tozalikni xohladim va shunga erishdim. Menga shu kerakmidi?

Qani endi imkon berilsayu, o'zim xohlagandek ona bo'lsam...

Qani endi vaqtni orqaga qaytarsagu, men butun vaqtimni, umrimni bolamga sarflasam...

Qani endi yaxshi ona bo'lish ilmini o'rganib, Bolaga eng zo'r ona bo'la olsam...

Afsus, endi bu imkonsiz...

@PEDIATR_SHIFOKOR
2.4K views06:58
Ochish/sharhlash
2023-07-15 08:49:17
Bunday otalar ikki dunyo go'zaligi saodatiga erishgan deyiladi
Jannatda qasrda yashaydi farzandiga namozni o'rgatgan OTA

@PEDIATR_SHIFOKOR
1.1K views05:49
Ochish/sharhlash
2023-07-15 08:39:52
Ona

Bu dunyoda 3 ta dunyo go'zali bor...
1 Meni onam
2 onamning ko'zgudagi aksi
3 Onamning soyasi

@PEDIATR_SHIFOKOR
2.1K views05:39
Ochish/sharhlash
2023-07-15 08:35:39
Nega nikox uzugi nomsiz barmoqga taqilishini bilasizmi?

@PEDIATR_SHIFOKOR
1.1K views05:35
Ochish/sharhlash
2023-06-09 20:34:46
Cola va Pepsi kimlarga mumkun emas

@PEDIATR_SHIFOKOR
811 views17:34
Ochish/sharhlash
2023-06-09 13:15:32
#Диққат #Долзарб

Ёз ойлари бошланиши билан чақалоқлар ва ёш болаларда иссиқлик тошишни бошлайди.

Иссиқлик тошмаларидан қутулишнинг самарали ва арзон усули

Бу маълумотлардан фойдалангандан сўнг бундай ҳолат асло бўлмайди. Агарда кўрсатмага етарлича амал қилинса!

Оналарга юборинг

  @PEDIATR_SHIFOKOR
877 viewsedited  10:15
Ochish/sharhlash
2023-06-09 13:13:45
Chaqaloqning jagʻi (iyagi) nima uchun qaltiraydi?

 @PEDIATR_SHIFOKOR
728 viewsedited  10:13
Ochish/sharhlash