Get Mystery Box with random crypto!

PEDIATR SHIFOKOR

Telegram kanalining logotibi pediatr_shifokor — PEDIATR SHIFOKOR P
Telegram kanalining logotibi pediatr_shifokor — PEDIATR SHIFOKOR
Kanal manzili: @pediatr_shifokor
Toifalar: Sogʻlom
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 9.55K
Kanalning ta’rifi

Bolalar salomatligi bo‘yicha eng ishonchli ma’lumotlar beriladigan O‘zbekistondagi yagona kanal!
Farzandlarimiz sog‘ligi dunyodagi eng bebaho ne'matdir.
@yosh_onalar_bola_tarbiyasi
@Rahmonberganim 👈Admin

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 15

2023-04-07 15:48:01
Baxt bor va u hozir:

Maza qilib beshikda uxlayapti;
Tishi qichib, injiqlanib yig'layapti;
Hamma tortmalarni tityapti;
Hamma joyini kir qilib, qum o'ynayapti;
O'yinchoqlarini to'zitib, o'ynayapti;
Endi yig'ishtirgan joyingizni ushoq qilyapti;
Kashasini ichyapti;
Ishini bajarib, kulib o'tiribdi;
Bog'chada;
Maktabda.

Uyingizni quvonchga to'ldirib turgan shirin ne'matingiz — sizning eng katta baxtingiz!

Sizning baxtingiz qayerda va nima bilan band?

  @PEDIATR_SHIFOKOR
544 viewsedited  12:48
Ochish/sharhlash
2023-04-07 15:47:58
Onasiz yetim qolgan va
Otasiz yetim qolgan bolalarni hayoti qizqa videoda toʻliq yoritib berilgan

@PEDIATR_SHIFOKOR
469 views12:47
Ochish/sharhlash
2023-04-07 15:45:48
Yaponiyada

Bizdaham boʻlishini hohlarmidingiz?

@PEDIATR_SHIFOKOR
794 views12:45
Ochish/sharhlash
2023-04-07 15:43:54
Alloh asradi

@PEDIATR_SHIFOKOR
584 views12:43
Ochish/sharhlash
2023-04-06 12:28:57
Videoni koʻrish majburiy!

Hayotingizga yaxshilab nazar soling, shukr qiling va butun vujudingiz bilan Alhamdulillah deyishni unutmang!

@PEDIATR_SHIFOKOR
363 viewsedited  09:28
Ochish/sharhlash
2023-04-03 18:34:55 https://t.me/yosh_onajonlar_bola_tarbiyasi
667 views15:34
Ochish/sharhlash
2023-04-03 18:32:39 Farzandingizga har kuni 15 daqiqa kitob o‘qib berishning 15 foydasi
Amerika Pediatrlari Uyushmasi tadqiqotlarining natijasiga ko‘ra, bola bilan har kuni 15 daqiqa davomida kitob mutolaa qilishning foydasi katta ekan.
1. Bola miyasining 90% uning 3 yoshiga qadar rivojlanib bo‘ladi. Shu davrda bolaga kitob o‘qish miya rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
2. Uch yoshlik bolaning so‘z boyligiga qarab u 3 sinfda «o‘qish»dan necha baho olishini oldindan bilsa bo‘ladi.
3. Kuniga 15 daqiqa davomida bolaga kitob o‘qib berilsa, u 1 yil mobaynida 1 millionga yaqin yangi so‘zni eshitgan bo‘ladi.
4. Birinchi sinf kitoblarini o‘qiy olmagan bola, keyinchalik 4 sinf kitoblarini ham o‘qiy olmaydi.
5. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ko‘p kitob o‘qilgan bo‘lsa, ular 1-sinfga qadar boshqalarga nisbatan tezroq alifbeni o‘rganadi, 20 gacha sanay oladi va o‘z ismlarini yoza oladi.
6. Bolaning maktab yoshigacha bo‘lgan davrida ota-onasi bilan kitob o‘qishi, uni maktab davrida kitobga qiziquvchanligi oshishiga olib keladi.
7. Yoshligidan kitob o‘qishga odatlangan bolada til nuqsonlari, gapirishda qiyinchiliklar bo‘lishi kam namoyon bo‘ladi.
8. O‘qish boshqalarning hissiyotlarini tushunishga yordam beradi.
9. O‘qish bolaning bilimlari asosidir.
10. Kitobdan olingan ma’lumot televizor, internet va radiodagi qabul qilingan ma’lumotdan ko‘ra ko‘proq miyaga ijobiy ta’sir qiladi. Undan tashqari kitob o‘qish zehnni charxlab, bola diqqatini bir joyda uzoq vaqt ushlay olish qobiliyatini kuchaytiradi.
11. Statistikani ko‘rsatishicha, maktabgacha yoshdagi bolalarga ota-ona kitob o‘qib bersa, kitobga bo‘lgan qiziqish 100% bo‘ladi. To‘rtinchi sinfga kelib kitobga bo‘lgan qiziqish 54%gacha tushib ketadi. Buning sababi, bola bilan ota-ona birga o‘qimasligida ekan.
12. Kitob tili adabiy va chiroylidir.
13. Kitobni qiziqish va ishtiyoq bilan bolaga o‘qib berish, keyinchalik unda kitobga mehr uyg‘onishiga olib keladi.
14. Televizordagi berilayotgan «lug‘at»dan ko‘ra kitobda berilayotgan matndagi «lug‘at» ikki barobar ko‘pdir.
15. Uyda 6-8 yoshli bolalarga ota-onasi kitob o‘qib berish davrini bolalarning biri kitobni sevganlari uchun xush ko‘rsalar, biri ota-onasi bilan ajoyib vaqt o‘tkazayotganlari uchun yaxshi ko‘rar ekanlar.

@PEDIATR_SHIFOKOR
720 views15:32
Ochish/sharhlash
2023-04-03 18:18:27 ТУҚҚАНМАН - ИСТАГАНИМНИ ҚИЛАМАН!

Бола қаршисида ҳаётдан безган она тураркан, бола ҳар доим хавотирда яшайди.

Анормал муносабатда бўладиган она гарчи боланинг олдида қилмишларидан пушаймон бўлса-да, бундан қутула олмайди.

Кечқурун беозор ва ширин уйқуда ётган боласига қараб раҳми келади.
“Эртага боламга бақирмайман, урмайман, сўкмайман, сабр билан тилини топаман, яхши она бўламан” дейди.

Аммо эртанги кунлар ҳам шу тарзда кечаверади. Яна “жонивор” га айланаверади. 

Аслида онанинг ғазаби ва зўравонлигининг илдизи қаерда, сабаби нима?

Бола – жазо билан тарбия қилинмайди. Ҳайвонларни жазо билан тарбия қилиш мумкиндир. Аммо болаларни эмас!

Аслида онанинг бу чарчоқлари ва ҳаётга истаксиз қарашлари ортида мутлақо бошқа сабаблари бордир. Сабаблар  моддий ҳолат билан боғлиқ бўлиши мумкин. Унинг елкасидаги ташвишлар кўплигидан  ёки турмуш ўртоғининг ҳиёнати ёки бефарқлигидан бўлиши мумкин, қайнонасининг зулми, оилада унинг доимий камситилиши ва ҳоказо...

Онанинг асл муаммолари илдизи топилиб тузатилмагунча, унинг “оналик фаолияти” ана шундай давом этаверади.

Дастурхонга овқат тўккан болага бор ғазабини сочаётган ёки уни аямай ураётган онанинг ҳаракатлари остида аслида бошқа сабаб бўлиши мумкин.

Портлайдиган “манзил “ эса  афсуски, болалардир. Улар бизга исён этолмайди, қўл кўтара олмайди, ҳақорат қилолмайди. Уйимиздан кетолмайди. Жимгина бизнинг “заҳар”ларимизни ютаверадилар...  Бошини эгиб маҳзун ҳаёллари гирдобида қолаверадилар. Пиқиллаб йиғлайди... Юзларини кўз ёшлари ювган ҳолда сассиз ўтираверади. Қўлидаги айиқчасининг бағрига яширингиси келади. Бурчакларга беркиниб соатларча қолиб кетади... Улар катталарга ўхшаб иккиюзлилик қилолмайдилар... Улар дунёни соф ҳолда кўрадилар... Секин- секин улғайиб ЎЗИМИЗга ўхшашни бошлайдилар...

Бола онага оиддир. Уни она дунёга келтирди. Жонидан жон “ясади”.
Балки шунинг учундир кўпчилик оналар боласига истаганимни қила оламан, деб хато ўйлайдилар.Чунки дунёдаги ҳеч бир инсон бошқа бир инсоннинг моли ёки ашёси эмасдир.

Аллоҳнинг яратган бандалари, фарзанд- эса берилган омонатдир.
“Бу менинг болам истаганимни қиламан”, дейишга ҳаққи йўқдир.

Фарзанд ота- онаси орқали дунёга келди, аммо унинг яшашга ва истакларини билдиришга ҳаққи бор. Ҳеч бир ота- онанинг боласининг болалик ҳаётини зулматга, “жаҳаннамга” айлантиришга ҳаққи йўқдир.

У жисман сизга тегишли бўлиши мумкин. Аммо унинг руҳи сизники эмас!

@PEDIATR_SHIFOKOR
631 views15:18
Ochish/sharhlash
2023-04-03 17:58:33
Farzandiga kuch ishlatib, intizomli bo‘lishni o‘rgatishni o‘ylaydigan ota-onalar bosh qotirishi kerak bo‘lgan yana bir savol bor: Unga kuchimiz yetgan bolalik yillarida jazo beradigan bo‘lsak, kuchimiz yetmaydigan o‘smirlik vaqti uchun qandaydir rejamiz bormi?

@PEDIATR_SHIFOKOR
585 viewsedited  14:58
Ochish/sharhlash
2023-04-03 17:52:05
Orqa tarafdagi raqamlarni chizish

Bu bolalikdan ko'pchilikka tanish bo'lgan juda foydali o'yin. O'yin mushaklarning qisqichlarini olib tashlashga, taktil idrokni rivojlantirishga yordam beradi, miyaning ikkala yarim sharlari ishini rag'batlantiradi va tasavvurni rivojlantiradi.

Do'stlaringizga ham ulashing


@PEDIATR_SHIFOKOR
2.8K viewsedited  14:52
Ochish/sharhlash