Get Mystery Box with random crypto!

Oylik Qancha?

Telegram kanalining logotibi oylikqancha — Oylik Qancha? O
Telegram kanalining logotibi oylikqancha — Oylik Qancha?
Kanal manzili: @oylikqancha
Toifalar: Iqtisodiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 10.73K
Kanalning ta’rifi

Bizning asosiy maqsad — taqdim etilayotgan ma’lumotlar sizga foydali bo‘lishidir.
Savol, taklif va reklamalar uchun: @media_adsx

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 13

2023-01-26 07:09:02
Quvaytdagi o’zbekistonlik mehnat migrantlarining daromadi qancha?

Quvaytga migrantlar asosan Osiyo va Afrika mamlakatlaridan keladi. Chet ellik ishchilar mamlakatda vaqtinchalik ishchi kuchi bo'lib, ular ma'lum bir yoshga yetganda uni tark etishlari kerak.

Bugungi kunda bu mamlakatda o'rtacha ish haqi $4000 ni tashkil etadi va yiliga o'rtacha $120 dan oshib boradi.

Agar siz yuqori malakali mutaxassis bo'lsangiz oylik maoshingiz $5000 dan boshlanadi.

Lekin oddiy ishchilar o'rtacha $2500 olishadi:
— Uy xizmatkori $3000;
— Yuklovchi $2500;
— Enaga (qarovchi) $2500 - $4000;
— Farrosh $2500.

Bu yerda ish topish asosan onlayn amalga oshiriladi. Mamlakatga viza olish juda qiyin masala hisoblanadi. Buning uchun ish beruvchi yoki yaqin qarindoshingiz chaqirishi kerak bo'ladi.

Mavzuga doir:
— Janubiy Koreyadagi o’zbekistonlik mehnat migrantlarining daromadi qancha?
— Quvaytdagi ishsizlik nafaqasi

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
4.7K views04:09
Ochish/sharhlash
2023-01-25 16:18:01
Ishsizlar tomonidan toʼlanadigan aliment miqdori

Oila kodeksining 140-moddasida, agar aliment toʼlashi shart boʼlgan shaxs shu davrda ishlamagan boʼlsa yoki uning ish haqi yoki daromadini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilinmagan boʼlsa, aliment qarzi undirilayotgan vaqtda Oʼzbekiston Respublikasidagi oʼrtacha oylik ish haqi miqdori boʼyicha hisoblab chiqiladi deb koʼrsatilgan

Yuqorida keltirilgan asosga koʼra, MIBning rasmiy mib.uz sayti orqali ishsiz boʼlgan aliment toʼlovchi uchun har oylik aliment miqdori, bolalar soniga qarab;

Bir nafar bola uchun— 883 764.84 soʼm;
Ikki nafar bola uchun— 1 178 353.12 soʼm;
Uch va undan ortiq bola uchun— 1 767 529.67 soʼmdan kam boʼlmagan miqdorida undiriladi.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
4.6K views13:18
Ochish/sharhlash
2023-01-25 11:13:01
Aktyor, shoumen, rejissor Jahongir Xo‘jayevning yilik reklama narxi qancha?

“Aristokratlar” kulgi jamoasining sardori, “Real xit” ko‘rsatuvi boshlovchisi. Rejissor sifatida “Payg‘ambar oshig‘i Hasan” qisqa metrajli filmini suratga olgan Jahongir Xo‘jayev, aktyor, shoumen, rejissor hisoblanadi.

Zo'r TV telekanalining "Xafa bo'lish yo'q" dasturidagi ishtirokida u bir yillik reklama narxini $100 ming ga baholagan.

Bu pulga:
— Barcha ijtimoiy tarmoqlarda bir yil reklama;
— Konsertda reklama;
— Bannerga reklama;
— Reklama videolarini suratga olish.

Siz nima deb o'ylaysiz bu narx qimmat emasmi?

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
4.7K views08:13
Ochish/sharhlash
2023-01-25 06:08:02
Oilaviy tadbirkorlik uchun imtiyozli kredit olish

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari yagona elektron platformasi “Oilakredit.uz” orqali imtiyozli kredit olish uchun onlayn ariza qabul qilish boshlandi.

Imtiyozli kredit quyidagi maqsadlar uchun olish mumkin:

— oilaviy tadbirkorlik
— baliqchilik
— dehqon xo‘jaliklari
— hunarmandchilik

14 foizdan quyidagi miqdorda beriladi:
— jismoniy shaxslarga 33 mln so'mgacha;
— kichik tadbirkorlik subyektlariga 225 mln so‘mgacha;
— tadbirkorlik subyektlarining investitsiyaviy loyihalarini kreditlashda 225 mln so‘mdan ortiq miqdorda.

Kreditlar “Agrobank”, “Xalq banki” va “Mikrokreditbank” tomonidan ajratiladi.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
5.2K views03:08
Ochish/sharhlash
2023-01-24 12:14:03
Uenzdey rolini ijro etgan Jenna Ortega serialdan qancha daromad ko'rgan?

Netflix kompaniyasi tomonidan ishlangan “Uenzdey” serialini hamma ham bilmasligi mumkin, lekin serialdagi raqsni ko‘pchilik ko‘rgan.

Uenzdey rolini qoyilmaqom ijro etgan va internetni “portlatgan” raqsni o‘zi o‘ylab topgan Jenna Ortega serialning har bir qismi uchun aktrisa $35 ming va umumiy 8 ta qism uchun bonus bilan birga $300 ming olgan.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
5.3K views09:14
Ochish/sharhlash
2023-01-24 10:50:12 Oylik Qancha? pinned a photo
07:50
Ochish/sharhlash
2023-01-24 06:08:04
O'zbekistonliklar oylik ish haqining qanchasini oziq-ovqatga sarflaydi?

Oʼzbekistonda eng kam ish haqining 97 foizi bir kishi uchun eng zarur oziq-ovqatlarni sotib olishga yetadi.

Buyuk Britaniyada bu ko'rsatgich 6,5%, AQSH da 12,5% va qo'shnimiz Qozog'istonda 51,9% ekan.

Eslatib o'tamiz, bugungi kunda yurtimizda mehnatga haq to'lashning eng kam miqdori — oyiga 920 000 so'm.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
6.7K views03:08
Ochish/sharhlash
2023-01-23 16:18:02
Janubiy Koreyadagi o’zbekistonlik mehnat migrantlarining daromadi qancha?

Bugungi kunga kelib Janubiy Koreyada 75 000 dan ortiq o’zbek mehnat migrantlari, 11 000 ga yaqin o’zbek talabalari istiqomat qilib kelishmoqda. Ular asosan kunlik va doimiy ishlarda faoliyat yuritishadi.

Kunlik ishlar uchun:
— yuk tushirish va ortish - $70-$200;
— bog’dorchilik - $80-$100;
— qurilish ishlari - $150;

Doimiy oylik oluvchilar:
— kimyoviy zavodlarda - $2300-$3200;
— temir quyish zavodlari -$3000-$3700;
— fabrikalar - $1800-$2400;
— oshxonalar - $1000-$1500;

Agar siz AQSh va Koreya diplomiga ega oliy ma’lumotli bo’lsangiz:
— shifokor - $3600-$4400;
— yurist - $4000-$6000;
— dengiz sohasi - $6000;

Yuqoridagi narxlardan tashqari qo’shimcha 8 soatlik ish vaqtidan keyin va dam olish kunlari ishlagani uchun ham doimgidan balandroq maosh olishlari mumkin.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
5.9K views13:18
Ochish/sharhlash
2023-01-23 11:13:01
#Biznes reja: Gilam yuvish biznesini tashkil qilish qanchaga tushadi?

Xonadonga borib, gilam yuvish xizmatini tashkil qilish uchun sizga kerakli narsalar va ularning narxi:
— Gilam yuvadigan uskuna - $5000
— Changyutgich - $200
— Qo‘shimcha uskuna - $130
— Hujjatlar - $200

Har oylik xarajatlar:
— Reklama uchun - $350
— 2 ta xodim uchun ish haqi - $500
— Mashina va yuvish vositalari uchun - $100

Boshlash uchun umumiy hisobda $7000 atrofida mablag‘ kerak bo‘larkan. Biznesning o‘z-o‘zini qoplashi taxminan 15 oyda.

Bunday xizmatlar odatda 1 kvadrat metr gilam uchun 15 -20 ming so‘m atrofida haq olishadi. Bir oyda 700 - 800 kvadrat metr gilam, ya’ni 35-40 ta o‘rtacha gilam yuvsangiz, yaxshi daromad qila olasiz.

Mavzuga doir:
— Fudtrak biznesi haqida.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
5.1K views08:13
Ochish/sharhlash
2023-01-20 11:13:02
UzAutoMotors xaridorlarga qancha pul qaytarib beradi?

Quyida biz avtomobilning eski narxi, yangi narxi va to'lov qilgan fuqarolarga qaytarilishi kerak bo'lgan summani ko'rsatamiz:

— Damas:
- D2 STYLE 86 971 000 – 84 704 000 (2 267 000);
- D3 PLUS 86 031 000 – 83 788 000 (2 243 000).

— Cobalt:
- GX/16ATB 125 795 000 – 122 517 000 (3 278 000);
- GX/14ATB 124 295 000 – 121 056 000 (3 239 000);
- GX-STYLE AT 128 645 000 – 125 294 000 (3 351 000);
- GX-OPTIMA AT 127 145 000 – 123 833 000 (3 312 000).

— Lasetti:
- L-COMFORT PLUS 128 284 000 – 124 941 000 (3 343 000);
- L-STYLE MT 131 134 000 – 127 718 000 (3 416 000);
- L-ELGT/AT PLUS 153 506 000 – 149 508 000 (3 998 000);
- L-OPTIMA AT 153 101 000 – 149 114 000 (3 987 000).

— Onix:
- LS MT 152 996 000 – 149 005 000, (3 991 000);
- 1LT MT 159 160 000 – 155 009 000, (4 151 000);
- 3LT MT 163 254 000 – 158 998 000, (4 256 000);
- LTZ Turbo AT 189 957 000 – 185 006 000, (4 951 000).

Yaqinlarga yuborib qo'ying!

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
2.4K views08:13
Ochish/sharhlash