Get Mystery Box with random crypto!

Oylik Qancha?

Telegram kanalining logotibi oylikqancha — Oylik Qancha? O
Telegram kanalining logotibi oylikqancha — Oylik Qancha?
Kanal manzili: @oylikqancha
Toifalar: Iqtisodiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 10.73K
Kanalning ta’rifi

Bizning asosiy maqsad — taqdim etilayotgan ma’lumotlar sizga foydali bo‘lishidir.
Savol, taklif va reklamalar uchun: @media_adsx

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 15

2023-01-15 17:12:41
Qor kurovchilarning oylik maoshi qancha?

Qish kunlari koʻchalarni qordan tozalash asosiy vazifalardan biri boʻlib qoladi. Dunyo mamlakatlarida bu uchun alohida insonlar mavjud.

Masalan:
— Yevropada €1500 dan €4000 gacha;
— Rossiyada oʻrtacha ish grafigi va hududlarga qarab $400 atrofida

Oʻzbekistonda bu kasb bilan asosan obodonlashtirish boshqarmasi hodimlari shugʻullanishadi va ularning oylik daromadi 2 mln soʻmdan sal oshiqroq.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
1.7K views14:12
Ochish/sharhlash
2023-01-15 11:48:46
#Biznes reja: Fudtrak

Fudtrak — bu arzon 10 000 so‘mdan 60 000 so‘mgacha bo‘lgan mahsulotlar sotiladigan avtomoshina ichidagi doʻkondir.

Foodtruckning dizayni va tashqi ko‘rinishi muvaffaqiyat garovidir. Joyni tanlashda, yaqin atrofda kerakli fazadagi elektr energiyasi, kanalizatsiya va hojatxona mavjudligini hisobga olish kerak.

Boshlang‘ich investitsiya: $15−20 ming.

O‘zini-o‘zi qoplash davri: 2 yildan boshlab.

Startap uchun xarajatlar: furgon, kofemashina, muzlatgich, bir martalik idishlar.

Aylanma: 15−60 mln so‘mgacha boʻlib, daromad 40% gacha chiqishi mumkin.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
819 views08:48
Ochish/sharhlash
2023-01-15 06:14:58
Dunyodagi eng kambag‘al Prezidentning daromad va xarajatlari qancha?

Bolalikdan og’ir mehnat va nochorlikda katta bo’lgan Muxika maktabda a’lo baholarga o’qib, 2010-2015-yillarda Urugvay Prezidenti bo’lgan.

U saroy hamda xizmatchilardan umuman voz kechib, kamtarona hayotni tanlagan, prezident oylik maoshi ( $12 ming)ning 90 %ni nochorlar hamda kichik tabdirkorlikni qo’llab quvvatlash uchun hayriya qilgan.

Xose Muxika rafiqasiga tegishli bo’lgan shahar chekkasidagi kichik fermali uyda yashab, tomorqada o’stirilgan gullarni sotadi. Uning birgina boyligi esa 1987-yilda ishlab chiqarilgan $2850 turadigan Volkswagen Beetle rusumidagi avtomobil hisoblanadi.

2014-yilda Xose Muxikaga ushbu avtomobil uchun $1 millionlik taklif berilgan. Ammo u sotmagan.

2018-yilda u nafaqadan ham vos kechgan.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
2.4K viewsedited  03:14
Ochish/sharhlash
2023-01-14 12:51:29
UzAutoMotors avtomobillarining narxlar tendensiya

Internet tarmoqlarida oʻzbek monopoli boʻlmish UzAutoMotors yana narxlarni oshirishi haqida mish-mishlar tarqala boshladi va bunga kompaniya hech qanday rasmiy munosabat bildirmadi.

Dastlab ushbu avtomobillarning narxi quyidagicha boʻlgan:
1996 yil:
— Nexia 610 ming so'm;
— Tiko 378 ming so'm;
— Damas 410 ming so'm;

2012 yil:
— Matiz 0,8: 11 133 000 - 12 841 330 so'm;
— Damas 20 937 000 - 21 392 000 so'm;
— Cobalt 27 mln - 34 mln so'm;
— Lasetti 27 143 00050 624 000 so'm;

2021yil:
— Damas VAN - 75 928 000 so'm;
— Nexia 3 - 87 320 000 so'm;
— Cobalt - 95 768 000 so'm.

Mish-mishlarga koʻra 2023-yilda:
— Damas - 113 mln soʻm;
— Cobalt - 170 mln soʻm;
— Gentra - 200 mln soʻm.

Nima boʻlishini vaqt koʻrsatadi, biz esa kuzatamiz.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
2.0K viewsedited  09:51
Ochish/sharhlash
2023-01-14 06:08:53
Vatan himoyachilarining oylik maoshlari qancha?

Mamlakat osoyishtaligi va tinchligini saqlashni kasb sifatida tanlagan insonlarning oylik maoshlari asosan o'rta daromadli hisoblanadi.

Serjantlar tarkibining o'rtacha maoshlari :
— AQSHda $4500;
— Rossiya $650;
— Qozog'iston $425;
— Tojikiston $103;
— O'zbekiston $400;

Oylik maoshtan tashqari ularga boshqa ko'plab ijtimoiy himoyalar va to'lovlar beriladi, masalan O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylariga:

— Oziq-ovqat uchun to'lovlar;
— Uy-joy bilan ta'minlash (agar ta'minlanmasi uy joy ijarasi uchun to'lovlar);
— Farzandlarini oliy ta'lim muassasalariga imtiyozli qabul;
— Bepul tibbiy sug'urta va boshqalar.

Shu munoasabat bilan Oylik qancha jamoasi vatanimiz posponlarini va yurtimiz o'g'lonlarini bugungi bayram bilan samimiy muborakbod etib, mashaqqatli va sharafli kasbingizga ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
3.0K views03:08
Ochish/sharhlash
2023-01-13 20:09:31
Bu bot 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni bilan yaqinlaringizni ajoyib usulda tabriklashda yordam beradi.

Ko'p sonli muxlislarning talabiga binoan professionallar tomonidan mukammal ishlangan mazkur bot yaratilganiga ko‘p bo‘lmay trendga chiqib ulgurdi.

Marhamat, takrorlanmas tabriklardan siz ham foydalaning: @Tabrik14uzbot
106 views17:09
Ochish/sharhlash
2023-01-13 17:32:59
Talabalarning stipendiyalari qancha?

Turli mamlakatlarda stipendiya miqdori oliy taʼlimning iqtisodiy qobiliyatidan kelib chiqib talabaning oʻzlashtirish koʻrsatgichiga qarab belgilanadi.

Masalan:
- AQShda barcha taʼlim pullik boʻlib, stipendiyalar va grantlar oʻqish narxidan kelib chiqib 0 dan 100% gacha boʻlishi mumkin. Masalan, Ayova shtati universitetida stipendiya $10 000 gacha va bu oʻqish narxining 40% ni qoplaydi;
- Rossiya oliy taʼlimda stipendiya $32 dan boshlab turiga qarab $750 gacha;
- Oʻzbekistonda stipendiyalar $40 dan boshlanib eng yuqori nomdor stipendiyalar $200 dan oshiqroq ekan.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
1.5K viewsedited  14:32
Ochish/sharhlash
2023-01-13 13:15:22
Deputatlar va oddiy fuqarolarning oylik maoshi qancha?

Deputat bu xalq vakilidir ularning oylik maoshlari orasida qancha farq bor.

Chet el mamlakatlarida deputatlarning oylik maoshlarini koʻrib chiqamiz (qavs ichida eng kam ish xaqqi):

- Avstraliya $16 170 ($2 068) farq 7,8 barobar;
- Nigeriya $15 180 ($83) farq 182,9 barobar;
- AQSh $14 080 ($1200) farq 11,7 barobar;
- Italiya $11 479 ($1 500) farq 7,7 barobar;
- Avstriya $11 110 ($1 800) farq 6,2 barobar;
.....
- Rossiya $6 900 ($195) farq 35,4 barobar;

Yuqorida koʻrinib turibdiki Nigeriyada xalq vakili bilan oddiy xalqning oylik maoshida 182,9 barobar farq bor ekan.

P/S: Siz qaysi sohada ishlaysiz va oylik maoshingiz qancha?

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
2.3K viewsedited  10:15
Ochish/sharhlash
2023-01-13 08:12:26
Futbol ortidagi qahramonlarning daromadi qancha?

Biz ko'pchilik futbolchilarni taniymiz va ular bunday taniqlilikga faqat o'zining harakatchanligi yoki talanti orqali erishgan deb o'ylaymiz. Lekin bunday senariy ortida biz bilamagan qahramonlar ham mavjud. Ular futbolchilarning agentlaridir.

Futbolchilar agentlari, futbolchilining yulduz bo'lishiga, top klublarda o'ynashiga, yuqori maosh olishiga, reklamalarda ko'rinish berishiga juda katta yordam beradi. Demak biz bilgan yulduz futbolchilarning bizga tanilishida ularning agentlarining roli katta.

Xo'sh ular qancha pulga ishlaydi?

Odatda agentlar bir emas birnechta futbolchilar bilan shartnoma qiladi va ular maxsus litsenziyaga ega bo'ladi. Evropada agentlar o'rtacha hisobda yillik $750 000 gacha daromad qiladi. Bazi paytda ularning daromadi $1 mlndan ham oshib ketishi mumkin.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
2.7K views05:12
Ochish/sharhlash
2023-01-12 17:48:04
Futbolchilar ichida kim koʻproq maosh oladi?

Forbes jurnali ayni vaqtdagi dunyoning eng koʻp maosh oluvchi futbolchilarini eʼlon qildi.

Unga koʻra:
- Kristiano Ronaldo €200 mln;
- Kylian Mbappe €128 mln;
- Lionel Messi €120 mln;
- Neymar Jr €87 mln;
- Muhammed Saloh €53 mln;
- Erling Haaland €39 mln;
- Robert Levandovski €35 mln;
- Eden Hazard €31 mln;
- Andres Iniesta €30 mln;
- Kevin De Bruyne €29 mln;

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
1.7K views14:48
Ochish/sharhlash