Get Mystery Box with random crypto!

Oylik Qancha?

Telegram kanalining logotibi oylikqancha — Oylik Qancha? O
Telegram kanalining logotibi oylikqancha — Oylik Qancha?
Kanal manzili: @oylikqancha
Toifalar: Iqtisodiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 10.73K
Kanalning ta’rifi

Bizning asosiy maqsad — taqdim etilayotgan ma’lumotlar sizga foydali bo‘lishidir.
Savol, taklif va reklamalar uchun: @media_adsx

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 12

2023-01-30 12:14:02
Oddiy hind oilasidan Google'gacha | Google va Alphabet bosh direktori haqida

Google bosh direktori Sundar Pichai Hindistonning Chennay shahrida oʻsgan. Yoshligida unda kompyuter yoki Internet yoʻq edi — hatto oddiy telefon ham yoʻq boʻlgan.

U Hindistonda metallurgiya boʻyicha muhandislik sohasida tahsil oldi. Shundan soʻng, AQSHʼga ketadi va u yerda IT boʻyicha oʻqiydi.

Pichai 2004 yilda Googleʼga qoʻshilib, 2015 yil 2 oktyabrda Googleʼning bosh direktori boʻldi va 2019 yil 3-dekabrda Sundar Pichai Googleʼning egasi boʻlmish Alphabet kompaniyasining bosh direktori boʻldi, shu bilan birga Googleʼdagi mavqeini saqlab qoldi.

Alphabet va Google bosh direktori Sundar Pichai 2019 yil oxirida $280,6 million bonus oldi. Undan tashqari, Pichaining maoshi yiliga $2 millionga teng.

Bugungi kunda kompaniya narxi uning qo'l ostida $1,581 trln ga yetdi va 2021-yilni $257,49 mlrd savdodan $76,03 mlrd sof foyda bilan yopdi.

*Bu insonni taniydiganlar bormi?

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
2.9K views09:14
Ochish/sharhlash
2023-01-30 07:09:01
Google'ning daromadi qancha?

Bugungi kunda Google dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biridir va uning egasi Alphabet hisoblanadi.

Kompaniya dunyodagi eng yirik pochta tizimi(gmail.com)ga egalik qiladi. Shuningdek, Google boshqa koʻplab loyihalar yaratuvchisidir:

— Google Maps;
— Google Cloud;
— Google Pixel;
— Google Home;
— Google Play va boshqalar.

Kompaniya tarkibidagi Youtube asosiy daromadning atiga 10% ni olib keladi.

Daromadning koʻp qismini Wayme olib keladi. Lekin asosiy daromadni qidiruv tizimi va reklamadan oladi. Shu bilan birga kompaniya koʻplab loyihalardan yaxshigina daromad koʻradi.

Kompaniyaning bir chorakdagi daromadi $18,5 mlrdni tashkil etgan va bu butun Oʻzbekistonning daromadidan koʻpdir.

Google:
— kuniga $205,5 mln;
— daqiqasiga $142 746;
— soniyasiga $2 379 daromad koʻradi.

P/S: Bizni kuzatishda davom eting, keyingi postlarimizda "xarobadan" chiqqan Google boshqaruvchisi haqida maʼlumot beramiz.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
3.0K views04:09
Ochish/sharhlash
2023-01-29 18:02:02
Hafta dayjesti.

Hafta davomida obunachilarimizga yoqqan eng yaxshi postlar:

— O'zbekistonliklar oylik ish haqining qanchasini oziq-ovqatga sarflaydi?
— Janubiy Koreyadagi o’zbekistonlik mehnat migrantlarining daromadi qancha?
— Grossmeyster Nodirbek Abdusattorovning daromadi qancha?
— Bobur avlodi qurgan dunyo mo’jizasining narxi qancha?
— PUBGning o'zbek rasmiy homiylarining daromadi qancha?

Bizda yana qanday ma'lumotlarni o'qishni xohlaysiz, fikringizni izohlarda qoldiring.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
3.3K views15:02
Ochish/sharhlash
2023-01-29 13:46:18
O‘zbekiston viloyatlarida o‘rtacha oylik ish haqi qancha bo‘ldi?

O‘zbekistonda 2022-yil yanvar—dekabr oylarida o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 3 892 400 so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2021-yilga nisbatan 21,1 foizga ko‘p.

2022-yilda hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahriga tegishli bo‘lgan — 6,31 mln so‘m.

Keyingi eng yaxshi maoshlar Navoiyda bo‘lib, o‘rtacha ish haqi 5,12 mln so‘m bo‘lgan. Uchinchi pog‘onada Toshkent viloyati 3,94 mln so‘m bilan qayd etilgan.

Eng kam o‘rtacha oylik ish haqi Farg‘ona viloyatida 2,9 mln so‘m bilan qayd etilgan.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
4.4K views10:46
Ochish/sharhlash
2023-01-29 07:12:24
Youtube Kids kanallarining daromadi qancha

Youtube'dagi eng mashhur kanallar kattalar auditoriyasiga emas, balki bolalarga qaratilgandir.

Shundaylardin biri Viki Show kanali 10 milliondan ortiq obunachiga ega va kanal egasiga tashkil qilingandan boshlab $1 million dan ko'proq pul olib keldi.

Vlad va Nikita bolalar kanali YouTube'da eng mashhurlaridan biridir. Ularning abonentlari soni 93 milliondan ortiq va daromadi oyiga taxminan $150 ming atrofida.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
3.7K viewsedited  04:12
Ochish/sharhlash
2023-01-28 16:18:01
Toshkentdagi oshgan ijara narxlari

Eng yuqori narx 1 kv.m. uchun:
— Shayxontohur ($13,3);
— Yakkasaroy ($12,2);
— Yashnobod ($10) tumanlarida qayd etildi.

Nisbatan arzon ijara narxlar:
— Uchtepa ($8);
— Sergeli ($7);
— Bektemir ($7) tumanlarida qayd etildi.

2022-yil boshidan buyon ijaraning o‘rtacha narxi 34,6 %ga oshdi.

Yil boshidan buyon eng yuqori o‘sish:
— Olmazor (57,6 %);
— Bektemir (50 %);
— Yashnobod (50 %) tumanlarida qayd etildi.

Ekspertlarga ko‘ra, “Oybek”, “Toshkent”, “Minor”, “Buyuk ipak yo‘li” metro bekatlari atrofida va Nukus ko‘chasi bo‘ylab joylashgan, yaxshi ta’mirlangan xonadonlar uchun $1 000 dan yuqori ijara narxlari taklif qilinmoqda.

Chilonzor va Yunusobod tumanlarida ijara narxlari nisbatan pastroq, aniqrog‘i ta’mirlangan xonadonlar uchun asosan $400-600 atrofida.

O‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar taklifi asosan Chilonzor va Yunusobod tumanlarida $300-800 ni tashkil etadi.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
4.1K views13:18
Ochish/sharhlash
2023-01-28 07:09:02
Maxmud Murodov shu paytgacha UFC'dagi janglaridan olgan gonorari va sof darmodi qancha bo'lgan?

Maxmud Murodov "Aldama meni" ko'rsatuvidagi ishtiroki davomida UFC'dagi janglarida qancha gonorar olganini aytib o'tdi. Unga ko'ra:

• 2019-yil 29-sentyabr kuni Alessio De Kiriki bilan bo'lib o'tgan jangdagi g'alabasi uchun $43 500;

• 2019-yil 7-dekabr kuni Trevor Smit bilan jang uchun $94 000;

• 2021-yil 24-yanvar kuni Endryu Sanches bilan texnik nakaut uchun $105 000.

Sof daromadi:
Ushbu mablag'lardan 30% soliq, har bir murabbiy (2 ta murabbiyi bor) uchun 10% dan jami 20%, 15% menejer, 10% borib kelish, Mexmonxona va boshqa xarajatlar 5-10% bo'lib, jami 80-85% xarajatlarga ketishini 15-20% o'ziga qolishini ta'kidlagan. Ya’ni umumiy $242 500 dan $206 ming (85%) sarf qilib o’ziga $36 375 (15%) qolgan.

Shuningdek, sportchi bundan tashqari boshqa daromad manbai borligini, UFC’dan ko’ra ungacha bo’lgan janglarida ko’proq daromad topganini ta’kidlagan.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
4.2K views04:09
Ochish/sharhlash
2023-01-27 12:14:02
Rektorlarning oylik maoshi qancha?

Yurtimizdagi oliy ta'lim tizimining rahbarining maoshi haqida rasmiy manbalarda biror aniq javob yo'q. Shu sababli norasmiy manbalarga yuzlandik.

Unga ko'ra ta'lim muassasi rektorlarining maoshi ta'lim muassasidagi professor o'qituvchilar va talabalar sonidan kelib chiqar ekan. Shuningdek, o'z-o'zini moliyalashtiruvchi ta'lim muassasalarining daromadi daromad miqdoriga qarab o'zgarib turishi mumkin (rag'batlantirish hisobiga). Ya'ni qancha ko'p pul topsa shuncha ko'p oylik.

Masalan ba'zi davlat ta'lim muassasalarida rektorlar 20 mln so'm atrofida oylik maosh olishadi.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
5.7K views09:14
Ochish/sharhlash
2023-01-27 07:09:03
PUBGning o'zbek rasmiy homiylarining daromadi qancha?

PUBG da shunchaki o'yin o'ynab yaxshigina daromad qilish mumkin. Dunyoda shunday o'yinchilar borki ular shunchaki o'yin o'ynab oylik daromad olishadi.

PUBG mobile bilan shartnoma tuzishning bir nechta talablari bor. Narxlar sizning obunchilaringiz soniga qarab belgilanadi. O'zbeklar ichidan ham "Senator" tahallusi bilan stream qiladigan Timur bor va u PUBG mobilening rasmiy hamkori hisoblanadi.

Timur bugungi kunda oyiga $15000 atrofida topadi va shundan PUBG mobile ning o'zi rasmiy hamkorlik uchun $1200 to'laydi.

Mavzuga doir:
— PUBG yaratuvchisining daromadi?

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
4.9K viewsedited  04:09
Ochish/sharhlash
2023-01-26 16:18:01
Bobur avlodi qurgan dunyo mo’jizasining narxi qancha?

Toj Mahal "Saroy toji" 1632-yilda Bobur avlodidan bo’lgan Shohjahon tomonidan uning sevimli rafiqasi Mumtaz Mahalning qabrini joylashtirish uchun qurilgan. Dunyoda yori uchun qurilgan eng qimmat maqbara, muhabbat ramzidir.

Maqbara qurilishi asosan 1643-yilda yakunlangan, ammo loyihaning boshqa bosqichlarida ishlar yana 10 yil davom etgan. Toj Mahal majmuasi 1653-yilda to'liq qurib bitkazilgan deb hisoblashadi va uning qiymati o'sha paytda taxminan 32 million rupiy ga baholangan, bu 2020-yilda taxminan 70 milliard rupiy ni ($956 million) tashkil etadi.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
5.3K views13:18
Ochish/sharhlash