Get Mystery Box with random crypto!

Oylik Qancha?

Telegram kanalining logotibi oylikqancha — Oylik Qancha? O
Telegram kanalining logotibi oylikqancha — Oylik Qancha?
Kanal manzili: @oylikqancha
Toifalar: Iqtisodiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 10.73K
Kanalning ta’rifi

Bizning asosiy maqsad — taqdim etilayotgan ma’lumotlar sizga foydali bo‘lishidir.
Savol, taklif va reklamalar uchun: @media_adsx

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 11

2023-02-04 06:08:08
O'zbekistonda yuristlarning oylik maoshi qancha?

O'zbekistondagi yuristlarning oylik maoshi ularning huquqiy bilimi, ish tajribasi va natijalariga bog'liq bo'lib quyidagicha ekan:

— Yurist yordamchisi: 2 mln so'mdan 3,5 mln so'mgacha.
— Yurist 5 mln so'mdan 15 mln so'mgacha.

Yuqoridagi maoshlardan eng yuqorisini xususiy sektor kompaniyalari tomonidan to'lanmoqda ekan.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
5.3K views03:08
Ochish/sharhlash
2023-02-03 19:31:34
O'zbekistonliklar oylik ish haqining qanchasini oziq-ovqatga sarflaydi?

Oʼzbekistonda eng kam ish haqining 97 foizi bir kishi uchun eng zarur oziq-ovqatlarni sotib olishga yetadi.

Buyuk Britaniyada bu ko'rsatgich 6,5%, AQSH da 12,5% va qo'shnimiz Qozog'istonda 51,9% ekan.

Eslatib o'tamiz, bugungi kunda yurtimizda mehnatga haq to'lashning eng kam miqdori — oyiga 920 000 so'm.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
6.2K views16:31
Ochish/sharhlash
2023-02-03 16:18:01
2020 yildan 2023 yilgacha dunyodagi eng boy 10 ayol.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
5.6K views13:18
Ochish/sharhlash
2023-02-03 10:46:41
Dunyodagi eng boy sportchilarning 2022-yildagi daromadi qancha?

Quyida eng boy sportchilar 3 ligi bilan tanishamiz:

— Maykl Jordan daromadi $2,2 mlrd:
Maykl Jordan amerikalik iste'fodagi professional basketbolchi. uning daromadi $2,2 mlrd bo'lgan.

— Vince McMahon $1,6 mlrd:
Vins Makmaxon amerikalik sobiq professional kurashchi.

— Ion Tiriac $1,2 mlrd:
Ion Tiriac ruminiyalik sobiq professional tennis va xokkeychi.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
5.4K views07:46
Ochish/sharhlash
2023-02-03 06:28:09
Alisher Usmonovning boyligi 2023-yilda 1 mlrd dollarga ko‘paydi

Bloomberg agentligi e’lon qilgan milliarderlari indeksiga ko‘ra, joriy yilda rossiyalik milliarderlarning boyligi $16,1 mlrdga oshdi.

Hisob-kitoblar milliarderlarga tegishli bo‘lgan kompaniyalar aksiyalarining qiymati asosida amalga oshiriladi.

Yanvar oyida Wildberries egasi Tatyana Bakalchuk (+$1,16 mlrd), “Novatek” hammuallifi va boshqaruv raisi Leonid Mixelson (+$1,12 mlrd) va USM xolding asoschisi Alisher Usmonov (+$1,06 mlrd) $1 mlrddan ortiq daromad oldi.

2022-yilning 24-fevralida Rossiya va Ukraina o‘rtasida urush boshlangan paytda asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan Alisher Usmonovning boyligi $20 mlrddan ko‘proq edi.

Urush oqibatida milliarder egalik qiluvchi kompaniyalarning aksiyalari arzonlasha boshladi va Usmonovning boyligi $17,5 mlrdgacha qisqardi.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
5.3K viewsedited  03:28
Ochish/sharhlash
2023-02-02 10:56:25
So'm haqida: kecha va bugun

1994-yilda muomalaga kiritilgan 100 so‘mgacha bo‘lgan jamiki qog‘oz pullar Germaniyaning «Giesecke & Devrient» firmasida chop etilgan. (Hozir bu yerda YeI valyutasi — yevro ham chop etiladi). 1997-yili muomalaga kiritilgan 200 so‘mlikdan boshlab, keyingi barcha kupyuralar Toshkentdagi «Davlat belgisi» DIChB davlat korxonasida bosilmoqda.

1994-yilda muomilaga kiritilgan so’m bilan birgalikda dollarning so’mga nisbatan qiymatiyam belgilangan.

1 dollarni so’mga nisbati tarixda:
• 1994 yil: 7 so’m;
• 1998 yil: 93,46 so’m;
• 2002 yil: 750,05 so’m;
• 2006 yil: 1 224,6 so’m;
• 2010 yil: 1 595 so’m;
• 2014 yil: 2 316,27 so’m;
• 2018 yil: 7 871,66 so’m;
• 2020 yil: 10 173 so’m;
• 2021 yil : 10 515 so’m.
• 2023 yil : 11 282 so’m.

Milliy valyutamiz 28 yildan oshiqroq vaqt ichida 161 000% nisbatiga AQSH dollariga nisbatan qadrsizlangan.

Mavzuga doir:
- 10 000 so’mning qadri davrlar mobaynida

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
7.6K viewsedited  07:56
Ochish/sharhlash
2023-02-01 07:10:16
Dunyoda va O’zbekistondagi o’ta qashshoqlik darajasi va ularning daromadi

BMT ma'lumotlariga ko‘ra, bugungi kunga kelib har kuni 25 ming kishi ochlikdan o‘lmoqda va ularning ko‘pchiligi bolalardir. Sayyoramizning deyarli 1 milliard aholisi kuniga $2 ga qanoat qilishga majbur, 2,5 milliard kishining daromadi esa kuniga $3 dan oshmaydi.

Dunyoda o’ta qashshoqlar ya’ni kunlik daromadi $1,90 dan kamlar soni va ummiy aholiga nisbatan foyizi quyidagicha:

— Hindiston 103 mln kishi(5-10%);
— Nigeriya 91 mln kishi (40-50%);
— Kongo DR 67,2 mln(70%);
— Tanzaniya 29,2 mln(40-50%);
— Efiopiya 27 mln(20-30%);
— Madagaskar 21,8 mln(70%);
— Mozambik 19,7 mln(50-70%);
— Yaman 19,6 mln(50-70%);
— Uganda 18,7 mln(30-40%);
— Venesuela, Angola 17,9 mln(50-70%);

Afsuski O’zbekistonda 1,4 mln aholi o’ta qashshoq va bu ummumiy aholining 3,8% ekan.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
5.9K viewsedited  04:10
Ochish/sharhlash
2023-01-31 13:55:24
Dunyodagi eng qadri baland valyuta qaysi?

1 Quvayt dinori (KWD) =$ 3.21 AQSH dollari.

• Quvayt dinori (KWD) dunyodagi eng qimmat valyuta hisoblanadi.

• Quvayt dinori Quvaytning iqtisodiy barqarorligi tufayli dunyodagi eng yuqori valyuta bo'lib qolmoqda.

• Mamlakat iqtisodiyoti birinchi navbatda neft eksportiga tayanadi, chunki u dunyodagi eng katta zaxiralardan biriga ega. Shuni ham bilishingiz kerakki, Quvayt u erda ishlaydigan odamlarga hech qanday soliq solmaydi.

Hozirgi kunda 1 Quvayt dinori = 37 018 so'mni tashkil etadi.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
6.0K viewsedited  10:55
Ochish/sharhlash
2023-01-31 12:55:14 Grafik dizaynerlarning oyligi qancha?

Avvalroq shu haqida post chiqargan edik. Shundan so'ng juda ko'pchilik insonlar sohaga nisbatan qiziqa boshlashibdi.

Bugun Grafik dizayn sohasini qayerda o'rganish mumkinligi to'g'rida o'z tavsiyamni bermoqchiman.

«Najot Ta'lim» markazida Grafik dizayn bootcamp kursiga qabul bo'layotgan ekan. U yerni bitirib chiqqan grafik dizaynerlarning 90-95%i ishli bo'lib kelmoqda. Buni o'z sahifalarida ham aniq raqamlar bilan doimiy ulashib bormoqda.

4-5-fevral kunlari Grafik dizayn bootcamp kursi uchun kirish sinovi bo'lib o'tar ekan. Imtihonda asosan sizni ranglar bilan ishlashingiz tekshiriladi xolos. Sohaga qiziqsangiz, bemalol imtihondan o'tolasiz.

Quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tib, kirish sinoviga yoziling va saralanganlar bilan birga sifatli ta'lim oling.

Grafik dizayn kursiga ro'yxatdan o'ting

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
3.3K views09:55
Ochish/sharhlash
2023-01-31 07:09:01
2022-yilda O‘zbekistonning eng yuqori va o'rtacha oylik to‘langan sohalari

Eng yuqori, o'rtacha va eng past oyliklar:

— Bank va sug‘urta (10,8 mln so‘m):
• moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish va sug‘urtalash bo‘yicha yordamchi faoliyatda (12,2 mln so‘m);
• nafaqa jamg‘armalari faoliyatida (10,3 mln so‘m).

— Axborot va aloqa (7,5 mln so'm):
• kompyuter dasturlashtirish (13,9 mln so‘m)
• noshirlik faoliyatida (6,5 mln so‘m).

— Sanoat (4,9 mln so'm):
• tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash tarmog‘i (7,1 mln so‘m);
• elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash (5,7 mln so‘m);
• ishlab chiqarish sanoatida (4,7 mln so‘m).

— Qurilish (4,6 mln so'm);

— Ta’lim (2,69 mln so'm):
• oliy ta’limda (6,1mln so‘m);
• maktabgacha ta’limda (1,5 mln so‘m);

— Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar (2,61 mln so'm).

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
1.3K views04:09
Ochish/sharhlash