Get Mystery Box with random crypto!

Alisher Usmonovning boyligi 2023-yilda 1 mlrd dollarga ko‘payd | Oylik Qancha?

Alisher Usmonovning boyligi 2023-yilda 1 mlrd dollarga ko‘paydi

Bloomberg agentligi e’lon qilgan milliarderlari indeksiga ko‘ra, joriy yilda rossiyalik milliarderlarning boyligi $16,1 mlrdga oshdi.

Hisob-kitoblar milliarderlarga tegishli bo‘lgan kompaniyalar aksiyalarining qiymati asosida amalga oshiriladi.

Yanvar oyida Wildberries egasi Tatyana Bakalchuk (+$1,16 mlrd), “Novatek” hammuallifi va boshqaruv raisi Leonid Mixelson (+$1,12 mlrd) va USM xolding asoschisi Alisher Usmonov (+$1,06 mlrd) $1 mlrddan ortiq daromad oldi.

2022-yilning 24-fevralida Rossiya va Ukraina o‘rtasida urush boshlangan paytda asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan Alisher Usmonovning boyligi $20 mlrddan ko‘proq edi.

Urush oqibatida milliarder egalik qiluvchi kompaniyalarning aksiyalari arzonlasha boshladi va Usmonovning boyligi $17,5 mlrdgacha qisqardi.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli