Get Mystery Box with random crypto!

​ Jismoniy tarbiya oʻqituvchilari uchun attestatsiya nazariy v | O'qituvchi

Jismoniy tarbiya oʻqituvchilari uchun attestatsiya nazariy va amaliy sinovlar shaklida oʻtkaziladi

Bu haqida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Matbuot kotibi Dilfuza Sobirova maʼlum qildi.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga koʻra jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari uchun attestatsiya sinovlari nazariy (ogʻzaki, yozma) va amaliy sinovlar shaklida oʻtkaziladi.

Nazariy sinovlar nazariy (ogʻzaki, yozma) sinovlar toʻrtta savoldan iborat boʻladi har bir topshiriq uchun 5 balldan, jami 20 ballik tizimda baholanadi.

amaliy sinovlar toʻrtta jismoniy mashqdan (100 metrga yugurish, joyidan turib uzunlikka sakrash, turnikda tortilish (erkaklar uchun), gimnastika oʻrindigʻiga tayanib, qoʻllarni bukish va yoyish (ayollar uchun), yotgan holda qoʻllarni bosh orqasiga qoʻyib gavdani koʻtarish) iborat boʻladi, har bir mashq uchun 15 balldan, jami 60 ballik tizimda baholanadi.

Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimida yoshiga mos keladigan ixtiyoriy talablarni muvaffaqiyatli bajargan taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari amaliy sinovlardan ozod etiladi va ularga mazkur sinovlardan maksimal 60 ball beriladi.

Oylik bot

«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling!

@oqituvchi_ga
https://telegram.me/joinchat/T7PoUfVbP1eh3Fg_