Get Mystery Box with random crypto!

️Alisher Qodirov oʻqishga kirolmagan barcha oʻgʻil bolalarni a | O'qituvchi

Alisher Qodirov oʻqishga kirolmagan barcha oʻgʻil bolalarni armiyaga majburiy joʻnatishni taklif qildi

“Maktabni tugatgan, oʻqishga kirganlardan tashqari barcha oʻgʻil bolalarni toʻlovlarsiz, bir yillik majburiy harbiy xizmatga jalb qilish lozim. Tartib va masuliyatni maktab va harbiy xizmatda oʻrgatmasak, qamoqxonada hech qachon oʻrgatib boʻlmaydi”, - deydi deputat.

Uning qayd etishicha, 124 ming oʻquvchi sababsiz maktabga kelmagani aniqlangan. Takidlanishicha, 3 ming nafar ota-ona Mamuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 47-moddasi bilan jarimaga tortilgan.

"Tarbiya masalasida keskin qarorlardan qochmaslik kerak. Oʻzbekistonni erkinlikni hadsizlik deb biladigan, atlas kostyum xunasalar emas, oʻz qadrini biladigan, tafakkur qiladigan oʻgʻil-qizlar rivojlantiradi.

Nafaqat Oʻzbekiston, balki butun Markaziy Osiyoda bogʻcha va maktab milliy xavfsizlik masalasiga aylangan. Uni nafaqat Milliy gvardiya, balki, butun jamiyat qoriqlashi kerak", - deydi u.

Oylik bot

«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling!

@oqituvchi_ga
https://telegram.me/joinchat/T7PoUfVbP1eh3Fg_