Get Mystery Box with random crypto!

O'qituvchi

Telegram kanalining logotibi oqituvchi_ga — O'qituvchi O
Telegram kanalining logotibi oqituvchi_ga — O'qituvchi
Kanal manzili: @oqituvchi_ga
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 79.24K
Kanalning ta’rifi

Xalq ta’limi sohasida faoliyat yurituvchi o‘qituvchi va murabbiylar kanali.
Maosh hisoblovchi bot: @Oylik_hisoblaydigan_bot
@videodars_fotolavhalar 👈 Videodars fotolavhalar
Batafsil reklama uchun 👉 @talimiy_reklama
Reklama murojaat: @Jabborov_Elyor

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1

Oxirgi xabar 15

2024-02-03 06:18:02 Metodbirlashmalarning hujjatlariga nimalar kiradi?

Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 5-dekabrdagi 372-sonli buyrug‘iga ko‘ra:

Metodbirlashmaning faoliyati umumta’lim maktabi direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari tomonidan nazorat qilinadi.

Metodbirlashma yig‘ilishlari har chorakda kamida bir marta o‘tkaziladi.

Metodbirlashma faoliyatiga doir quyidagi hujjatlar bo‘lishi lozim:

Metodbirlashmanin tasdiqlangan yillik ish rejasi;

yig‘ilish bayonnomasi;

yillik hisoboti.

Metodbirlashma hujjatlarining yuritilishi va saqlanishiga Metodbirlashma rahbari javobgar hisoblanadi.

Metodbirlashmaning hujjatlari 3 yil mobaynida maktabda saqlanadi va tegishli tartibda Xalq ta’limi bo‘limining idoraviy arxiviga topshiriladi.

Oylik maoshni hisoblovchi bot

«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling!

@oqituvchi_ga
https://telegram.me/joinchat/T7PoUfVbP1eh3Fg_
15.4K views03:18
Ochish/sharhlash
2024-02-02 19:05:40
Бу йил педагогларга аттестация жараёни қандай ўтказилади?

Хабарингиз бор, ўтган йили педагог кадрларнинг аттестация жараёни ўтказилмади. Бу йилги аттестация жараёнида айрим ўзгаришлар бор. Бу ҳақда вилоят мактабгача ва мактаб таълими бошқармаси бўлим бошлиғи Ғайрат БОБОХОЛОВ батафсил тушунча берди.

———-

Bu yil pedagoglarga attestatsiya jarayoni qanday oʻtkaziladi?

Xabaringiz bor, oʻtgan yili pedagog kadrlarning attestatsiya jarayoni oʻtkazilmadi. Bu yilgi attestatsiya jarayonida ayrim oʻzgarishlar bor. Bu haqda viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boʻlim boshligʻi Gʻayrat BOBOXOLOV batafsil tushuncha berdi.

zarnews.uz

Oylik maoshni hisoblovchi bot

«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling!

@oqituvchi_ga
https://telegram.me/joinchat/T7PoUfVbP1eh3Fg_
16.2K views16:05
Ochish/sharhlash
2024-02-02 15:30:21
Кимлар педагогик фаолият билан шуғулланиши мумкин эмас?

Президент Шавкат Мирзиёев “Педагогнинг мақоми тўғрисида”ги қонунни имзолади. Қонунга кўра, қуйидаги шахсларнинг педагогик фаолият билан шуғулланишига йўл қўйилмайди:

қонуний кучга кирган суд ҳукмига мувофиқ педагогик фаолият билан шуғулланиш ҳуқуқидан маҳрум этилган шахслар;

қонунчиликда белгиланган тартибда суд томонидан муомалага лаёқатсиз ёки муомала лаёқати чекланган деб топилган шахслар;

педагогик фаолиятни амалга оширишга тўсқинлик қиладиган касалликлари бўлган шахслар;

психиатрия ёки наркология муассасаларида ҳисобда турган шахслар;

қасддан содир этилган жиноят учун илгари судланган шахслар;
педагогик фаолият билан боғлиқ лавозимларга қабул қилиш ман этилади.

Oylik maoshni hisoblovchi bot

«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling!

@oqituvchi_ga
https://telegram.me/joinchat/T7PoUfVbP1eh3Fg_
13.3K views12:30
Ochish/sharhlash
2024-02-02 07:49:11 OYLIKLAR OYLIK BOTDA KO‘RINA BOSHLADI

Tez orada oyliklar ham tusha boshlaydi. Tarifikatsa jadvali ham tasdiqlandi va sizga belgilangan oylik to‘g‘ri hisoblandimi?

Yanvar oylik maoshingizda o‘zgarishlar bor (bazaviy stavka, sinf rahbarlik, daftar tekshirish va h.k.) ba'tafsil ma'lumot olish uchun

Bazaviy tarif stavkasiga muvofiq, yuqori aniqlikda oylik hisoblovchi botni ishlab chiqdik. Marhamat, ushbu botdan foydalanib o‘z oyligingizni hisoblab chiqing.

/START
/START ni bosing

@OYLIK_HISOBLAYDIGAN_BOT

Ustozlarga ulashing!
14.6K views04:49
Ochish/sharhlash
2024-02-02 07:27:43
TOIFAGA RO‘YXATDAN O‘TISH VA MUROJAT YUBORISH BO‘YICHA VIDEO YO‘RIQNOMA.

Murojat yuborish uchun 306 ming so‘m to‘lov qilinadi. (Navbatdan tashqari qatnashadiganlar uchun.)

Shaxsiy kabinetga kirish uchun login va parol esdan chiqqan bo‘lsa, tiklash uchun video yo‘riqnoma. Ushbu ko‘k yozuvga bosing.

Oylik maoshni hisoblovchi bot

«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling!

@oqituvchi_ga
https://telegram.me/joinchat/T7PoUfVbP1eh3Fg_
17.7K views04:27
Ochish/sharhlash
2024-02-01 20:06:38 "Pedagogning maqomi to‘g‘risida"gi Qonunda nazarda tutilgan ba’zi bir normalar o‘zi shundoq ham qonunchilikda mavjud

Bugun "Pedagogning maqomi to‘g‘risida"gi Qonun imzolandi. Qonunda nazarda tutilgan ayrim bandlarni ko'zdan kechiradigan bo'lsak, ba’zi bir normalar o‘zi shundoq ham qonunchilikda mavjud ekanligini ko'rishimiz mumkin.

Misol uchun:

1. Pedagoglar mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari ustidan sudga murojaat qilganida davlat bojini to‘lashdan ozod etilishi — ushbu qoida Prezidentning 2018-yil 5-sentyabrdagi PQ-3931-sonli qarorida nazarda tutilgandi. (Faqat ijrosi ta'minlanmagandi)

2. Pedagog xodimni lavozim majburiyati va kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga, yig‘ilishlar va boshqa tadbirlarga jalb qilishni taqiqlash — bu esa Prezidentining 2018-yil 14-avgustdagi PQ-3907-son qarorida belgilangan.

3. Davlat ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarni davlat sog‘liqni saqlash muassasalarida majburiy tibbiy ko‘rikdan bepul o‘tkazish — ushbu qoida Mehnat kodeksining 360-moddasi bilan mustahkamlangan. Faqat u ishlamayotgandi xolos.

4. Pedagog xodimning kasbiy faoliyati davomida yuqumli kasalliklarga qarshi bepul profilaktik emlash davlat tomonidan ta’minlanishi — bu ham amaliyotda mavjud.

5. Ta'lim tashkiloti xodimlariga qisqartirilgan ish vaqti belgilanishi — Mehnat kodeksining 184-moddasida mavjud.

6. Pedagoglarga 56 kalendar kunidan iborat yillik haq to‘lanadigan uzaytirilgan ta’til berilishi ham Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-iyundagi 263-sonli qarori bilan tartibga solib bo'lingan.

7. Olis hududlardagi maktablarga boshqa hududdan borib ishlaydigan pedagog xodimlarga bir martalik boshlang‘ich yordam puli va uy-joylarni ijaraga olganlik uchun beriladigan qo'shimcha kompensatsiya to'lab berish tartibi Prezidentning 2021-yil 11-yanvardagi PQ-4940-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 471-sonli qarori bilan tartibga solingan.

Albatta, Qonunda hozirgi kunda amaliyotda mavjud bo‘lmagan kichik normalar ham bor. Bu haqida keyinroq...

xalqtaliminfo

Oylik maoshni hisoblovchi bot

«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling!

@oqituvchi_ga
https://telegram.me/joinchat/T7PoUfVbP1eh3Fg_
18.0K views17:06
Ochish/sharhlash
2024-01-29 06:25:17 Oʼquvchi daftar tutmagani uchun uning ota-onasini MJK ning 47-moddasiga asosan ma’muriy javobgarlikka tortish mumkin.

Аssalomu aleykum. Men maktabda  informatika fanidan dars beraman. Darsda oʼquvchilar umuman daftar tutmasa yoki daftarim qolib ketibdi deb har hil baxonalar topib umuman daftar tutmasa, oʼqituvchi ayibdormi bunday holatda oʼqituvchiga qonunan jazo bormi oʼqituvchi nima qilishi kerak bunday vaziyatda oʼquvchilar fandan daftar tutmasa  oʼqituvchi qonunan ayibdor hisoblanadimi?

YURIST JАVOBI:

Oʼquvchi daftar tutmagani uchun oʼqituvchini emas, ota-onani javobgarlikka tortish kerak.

Birinchidan, Taʼlim toʼgʼrisidagi qonun 51-moddasida voyaga yetmagan taʼlim oluvchilarning ota-onasi va boshqa qonuniy vakillarining bir qator majburiyatlari qayd etilgan boʼlib, unga koʼra yuqoridagi shaxslar:

oʼz bolalarini insonparvarlik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, maʼnaviy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalashi;

oʼz bolalarining intellektual, maʼnaviy va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratishi;

taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilishi shart.

Аynan mana shu majburiyatlar oʼquvchining qonuniy vakillarining oʼquvchining huquqqa hilof harakatlari uchun javobgarlikni oʼz zimmasiga olishini anglatadi.

Ikkinchidan, Xalq taʼlimi vazirligining 01.07.2021 yil 206-sonli buyrugʼiga asosan tasdiqlangan oʼqituvchilarning lavozim majburiyatlarida oʼqituvchining oʼquvchilarga daftar tuttirish majburiyati qayd etilmagan.

Bunday holatda ota-onaga Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeks 47-modddasi ikkinchi qismi bilan javobgarlik chorasi qoʼllaniladi.

Yaʼni Xuddi shunday huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʼllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʼlsa:
bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʼladi.

Yurist_Xizmati

Oylik maoshni hisoblovchi bot

«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling!

@oqituvchi_ga
https://telegram.me/joinchat/T7PoUfVbP1eh3Fg_
16.0K views03:25
Ochish/sharhlash
2024-01-28 20:25:53 Oʼquvchi daftar tutmagani uchun uning ota-onasini MJK ning 47-moddasiga asosan ma’muriy javobgarlikka tortish mumkin.

32.4K views17:25
Ochish/sharhlash
2024-01-28 20:23:02
Энди фарзандингиз сабабсиз дарс қолдирса, жарима тўлайсиз!

Жарима миқдори қанча?

Теперь, если ваш ребенок пропустит занятие без причины, вы заплатите штраф!

Сколько составляет штраф?

Oylik maoshni hisoblovchi bot

«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling!

@oqituvchi_ga
https://telegram.me/joinchat/T7PoUfVbP1eh3Fg_
13.5K views17:23
Ochish/sharhlash
2024-01-28 18:01:27 O‘qituvchining oylik maoshi qancha yuqori bo‘lsa, tizimga shunga ko‘p malakali kadrlar kirib keladi

O‘qituvchilarga yaxshi haq to‘lanadigan tizimda o‘zaro raqobat kuchayadi, maktabga ishga kirish istagida bo‘lgan malakali davogarlar soni ortadi.

O‘qituvchilarga juda oz maosh to‘laydigan tizimlar esa past malakaga ega bo‘lgan xodimlarni ishga olishga majbur bo‘ladilar.

Past malakali mutaxasislar qancha ko‘p ishga olinsa, maktablarga bu odamlarni nazorat qilish va moslashtirish uchun shuncha ko‘p mutaxasis hamda boshqarma xodimlarini jalb qilish kerak bo‘ladi.

Ilg‘or yetakchi tizimlarda, o‘qituvchilar nisbatan yuqori maosh olishadi. Shu sababli bunday tizimlarda nazorat o‘rnatish uchun mutaxasislar va boshqarma xodimlari qamroq talab qilinadi.

Qisqa qilib aytganda o‘qituvchilar maoshidan tejamoqchi bo‘lgan tizimlar hamma xarajatlarni hisobga olganda istiqbolda baribir katta moliyaviy yo‘qotishlarga uchraydilar.

Andreas Shlayayxer "Jahon miqiyosidagi ta’lim"

Oylik maoshni hisoblovchi bot

«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling!

@oqituvchi_ga
https://telegram.me/joinchat/T7PoUfVbP1eh3Fg_
13.0K views15:01
Ochish/sharhlash